Javshan
Hazrat Paygʻambar Sallollohi Alayhi Vassalamga Jabroil Alayhissalomning vahiy bilan keltirgan “Sovutni yech, buni oʻqi”, degan oʻta yuksak va juda qiymatli Paygʻambariy munojot boʻlib, Zaynal Obidin roziyallohu anhdan, tavotur bilan rivoyat qilingan.
Said Nursiy
1-bob
Allohim! Sendan ushbu Ismlaring haqqi hurmatidan istayman va yolvoraman:
1 - Ey hamma narsaning haqiqiy Maʼbudi boʻlgan Alloh,
2 - Ey ajratmasdan barcha maxluqotni rizqlantirgan Rahmon,
3 - Ey itoatkor qullariga xususiy rahmat qilgan Rahiym,
4 - Ey hamma narsani bilgan Aliym,
5 - Ey yumshoq muomala qilgan Haliym,
6 - Ey soʻngsiz buyuklik va ulugʻlik sohibi boʻlgan Aziym,
7 - Ey hamma narsani hikmat bilan yaratgan Hakiym,
8 - Ey borligining boshlangʻichi boʻlmagan Qadiym,
9 - Ey hamma narsani oyoqda tutgan Muqiym,
10 - Ey yaxshilik va ikromi koʻp boʻlgan Kariym,
Barcha nuqsonlardan poksan, Sendan boshqa iloh yoʻq. Bizga omonlik ber. Bizni Jahannamdan qutqar.
2-bob
1 - Ey sayyidlar sayyidi,
2 - Ey duolarga javob bergan Zot,
3 - Ey yaxshiliklar sohibi,
4 - Ey darajalarni yuksaltirgan Zot,
5 - Ey barakatlari azim boʻlgan Zot,
6 - Ey xatolarni kechirgan Zot,
7 - Ey balolarni daf qilgan Zot,
8 - Ey ovozlarni eshitgan Zot,
9 - Ey tilaklarni bergan Zot,
10 - Ey sir va yashirin narsalarni bilgan Zot,
Barcha nuqsonlardan poksan, Sendan boshqa iloh yoʻq. Bizga omonlik ber. Bizni Jahannamdan qutqar.
3-bob
1 - Ey kechirguvchilarning eng xayrlisi,
2 - Ey yordam berganlarning eng xayrlisi,
3 - Ey hukm qilganlarning eng xayrlisi,
4 - Ey hamma narsani ochgan va fath qilganlarning eng xayrlisi,
5 - Ey zikr qilganlarning va zikr qilganlarni mukofotlantirganlarning eng xayrlisi,
6 - Ey vorislarning eng xayrlisi,
7 - Ey hamd aytganlarning va hamd aytganlarni mukofotlantirganlarning eng xayrlisi,
8 - Ey rizq berganlarning eng xayrlisi,
9 - Ey qiyin ishlarni hal qilganlarning eng xayrlisi,
10 - Ey ehson qilganlarning eng xayrlisi,
Barcha nuqsonlardan poksan, Sendan boshqa iloh yoʻq. Bizga omonlik ber. Bizni Jahannamdan qutqar.
4-bob
1 - Ey izzat va goʻzallikning haqiqiy sohibi,
2 - Ey mulk va jalolning haqiqiy sohibi,
3 - Ey qudrat va kamolning haqiqiy sohibi,
4 - Ey buyuk va ulugʻ boʻlgan,
5 - Ey shiddatli azob sohibi boʻlgan,
6 - Ey jazosi shiddatli boʻlgan,
7 - Ey hisobni tez qilgan,
8 - Ey huzurida goʻzal mukofoti boʻlgan,
9 - Ey huzurida Ummul Kitob boʻlgan,
10 - Ey rahmat yuklangan bulutlarni yaratgan,
Barcha nuqsonlardan poksan, Sendan boshqa iloh yoʻq. Bizga omonlik ber. Bizni Jahannamdan qutqar.
5-bob
1 - Allohim! Sendan ushbu Ismlaring haqqi hurmati uchun istayman va yolvoraman: Ey soʻngsiz marhamat sohibi boʻlgan Hannon,
2 - Ey haqiqiy yaxshilik va ehson sohibi boʻlgan Mannon,
3 - Ey qullarining amallariga javob bergan Dayyon,
4 - Ey kechirishi koʻp boʻlgan Gʻufron,
5 - Ey qullariga yoʻl koʻrsatgan Burhon,
6 - Ey haqiqiy saltanat sohibi boʻlgan Sulton,
7 - Ey barcha kamchilik va nuqsonlardan uzoq boʻlgan Subhon,
8 - Ey Undan yordam istanilgan Mustaʼon,
9 - Ey neʼmat va bayon sohibi,
10 - Ey tinchlik va omon sohibi,
Barcha nuqsonlardan poksan, Sendan boshqa iloh yoʻq. Bizga omonlik ber. Bizni Jahannamdan qutqar.
6-bob
1 - Ey azamatiga hamma narsa boʻyin eggan Zot,
2 - Ey qudratiga hamma narsa taslim boʻlgan Zot,
3 - Ey izzatiga qarshi hamma narsa xor boʻlgan Zot,
4 - Ey haybatiga hamma narsa itoat qilgan Zot,
5 - Ey saltanati oldida hamma narsa taslim boʻlgan Zot,
6 - Ey xavfidan hamma narsa Unga boʻyin eggan Zot,
7 - Ey qoʻrquvidan togʻlar yorilgan va parchalangan Zot,
8 - Ey amri bilan koʻklar oyoqda turgan Zot,
9 - Ey izni bilan yer qaror topgan Zot,
10 - Ey mamlakatining aholisiga zulm qilmagan Zot,
Barcha nuqsonlardan poksan, Sendan boshqa iloh yoʻq. Bizga omonlik ber. Bizni Jahannamdan qutqar.
7-bob
1 - Ey xatolarni magʻfirat qilgan Zot,
2 - Ey balolarni koʻtargan Zot,
3 - Ey oʻzida umidlar tugagan Zot,
4 - Ey ehsonni koʻp bergan Zot,
5 - Ey hadyalari keng boʻlgan Zot,
6 - Ey maxluqotga rizq bergan Zot,
7 - Ey oʻlimlarga qaror bergan Zot,
8 - Ey shikoyatlarni eshitgan Zot,
9 - Ey askarlar yuborgan Zot,
10 - Ey asirlarni qoʻyib yuborgan Zot,
Barcha nuqsonlardan poksan, Sendan boshqa iloh yoʻq. Bizga omonlik ber. Bizni Jahannamdan qutqar.
8-bob
1 - Ey hamd va sano sohibi,
2 - Ey sharaf va ulugʻlik sohibi,
3 - Ey faxr va ehtishom sohibi,
4 - Ey ahd va vafo sohibi,
5 - Ey afv va rizo sohibi,
6 - Ey yaxshilik va ehson sohibi,
7 - Ey aniq soʻz va hukm sohibi,
8 - Ey izzat va soʻngsizlik sohibi,
9 - Ey saxiylik va neʼmatlar sohibi,
10 - Ey evazsiz yaxshilik va yashirin neʼmatlar sohibi,
Barcha nuqsonlardan poksan, Sendan boshqa iloh yoʻq. Bizga omonlik ber. Bizni Jahannamdan qutqar.
9-bob
Allohim! Sendan shu ismlaring haqqi hurmati uchun istayman va yolvoraman:
1 - Ey boʻlmasligini istagan narsasining yuzaga kelishiga toʻsiq boʻlgan Moneʼ,
2 - Ey zararli narsalarni va monelarni daf qilgan Dafiʼ,
3 - Ey foydali narsalarni yaratgan Nafiʼ,
4 - Ey barcha ovozlarni eshitgan Samiʼ,
5 - Ey istaganlarining martabasini koʻtargan Rofiʼ,
6 - Ey hamma narsani sanʼat bilan yaratgan Soneʼ,
7 - Ey qullariga shafoat qilgan Shofiʼ,
8 - Ey istaganini istagan shaklda toʻplagan Jomeʼ,
9 - Ey ilm va ehsoni hamma narsani ichiga olgan Vaseʼ,
10 - Ey istagan narsasini istagan shaklida kengaytirib toʻkin qilgan Musiʼ,
Barcha nuqsonlardan poksan, Sendan boshqa iloh yoʻq. Bizga omonlik ber. Bizni Jahannamdan qutqar.
10-bob
1 - Ey barcha sanʼatlarning sanʼatkori,
2 - Ey barcha maxluqotning yaratuvchisi,
3 - Ey barcha rizqlanganlarning rizq beruvchisi,
4 - Ey barcha sohib boʻlinganlarning sohibi,
5 - Ey barcha mashaqqatga tushganlarning farahlantiruvchisi,
6 - Ey barcha gʻamga tushganlarning sevintiruvchisi,
7 - Ey barcha marhamat qilinganlarning marhamat etuvchisi,
8 - Ey barcha yordamsiz qolganlarning yordamchisi,
9 - Ey barcha aybdorlarning ayblarini toʻsgan,
10 - Ey barcha zulmga uchraganlarning boshpanasi,
Barcha nuqsonlardan poksan, Sendan boshqa iloh yoʻq. Bizga omonlik ber. Bizni Jahannamdan qutqar.
11-bob
1 - Ey mashaqqat onimda tayanchim,
2 - Ey musibat onimda umidim,
3 - Ey yolgʻizlik onimda birodarim,
4 - Ey gʻurbatimda doʻstim,
5 - Ey neʼmatlangan onimda sohibim,
6 - Ey qaygʻu onimda yupatuvchim,
7 - Ey ehtiyoj onimda yordam beruvchim,
8 - Ey qiyin vaziyatimda boshpanam,
9 - Ey qoʻrquv onimda yordamchim,
10 - Ey sarosima paytimda yoʻl koʻrsatuvchim,
Barcha nuqsonlardan poksan, Sendan boshqa iloh yoʻq. Bizga omonlik ber. Bizni Jahannamdan qutqar.
12-bob
1 - Ey gʻayblarni bilgan Zot,
2 - Ey gunohlarni kechirgan Zot,
3 - Ey ayblarni toʻsgan Zot,
4 - Ey mashaqqatlarni koʻtargan Zot,
5 - Ey qalblarni oʻzgartirgan Zot,
6 - Ey qalblarni bezagan Zot,
7 - Ey qalblarni nurlantirgan Zot,
8 - Ey qalblarning tabibi,
9 - Ey qalblarning sevgilisi,
10 - Ey qalblarning doʻsti,
Barcha nuqsonlardan poksan, Sendan boshqa iloh yoʻq. Bizga omonlik ber. Bizni Jahannamdan qutqar.
13-bob
1 - Allohim! Sendan ushbu Ismlaring haqqi hurmati uchun istayman va yolvoraman: Ey buyuklik va ulugʻlik sohibi boʻlgan Jalil,
2 - Ey haqiqiy goʻzallik sohibi boʻlgan Jamil,
3 - Ey Unga ishongan qullarining ishini eng yaxshi yoʻliga qoʻygan Vakil,
4 - Ey qullarining toqatidan oshgan ishlarini boʻyniga olgan Kafil,
5 - Ey qullariga yoʻl koʻrsatgan Dalil,
6 - Ey qullarining xato va yanglishlarini kechirgan Muqil,
7 - Ey hamma narsadan xabardor boʻlgan Xobir,
8 - Ey lutf va karami koʻp boʻlgan Latif,
9 - Ey soʻngsiz izzat sohibi boʻlgan Aziz,
10 - Ey barcha mavjudotning haqiqiy sohibi va hukmdori boʻlgan Malik,
Barcha nuqsonlardan poksan, Sendan boshqa iloh yoʻq. Bizga omonlik ber. Bizni Jahannamdan qutqar.
14-bob
1 - Ey sarosimaga tushganlarning yoʻl koʻrsatuvchisi,
2 - Ey yordam istaganlarning yordamchisi,
3 - Ey madad istaganlarning madadkori,
4 - Ey himoyalanish istaganlarning himoyachisi,
5 - Ey osiylarning boshpanasi,
6 - Ey gunohkorlarning kechiruvchisi,
7 - Ey qoʻrqqanlarga omonlik berganuvchisi,
8 - Ey miskinlarga marhamat qiluvchisi,
9 - Ey yolgʻizlik his qilganlarning doʻsti,
10 - Ey qiyin holda boʻlganlarning duolariga javob beruvchisi,
Barcha nuqsonlardan poksan, Sendan boshqa iloh yoʻq. Bizga omonlik ber. Bizni Jahannamdan qutqar.
15-bob
1 - Ey saxiylik va ehson sohibi,
2 - Ey fazl va yaxshilik sohibi,
3 - Ey tinchlik va omon sohibi,
4 - Ey muqaddaslik va kamolot sohibi,
5 - Ey hikmat va bayon sohibi,
6 - Ey rahmat va rizvon sohibi,
7 - Ey aniq dalil va burhon sohibi,
8 - Ey azamat va saltanat sohibi,
9 - Ey afv va magʻfirat sohibi,
10 - Ey Undan yordam istanilgan shafqat sohibi,
Barcha nuqsonlardan poksan, Sendan boshqa iloh yoʻq. Bizga omonlik ber. Bizni Jahannamdan qutqar.
16-bob
1 - Ey hamma narsaning Robbi,
2 - Ey hamma narsaning Ilohi,
3 - Ey hamma narsaning Xoliqi,
4 - Ey hamma narsaning ustida boʻlgan Zot,
5 - Ey hamma narsadan oldin boʻlgan Zot,
6 - Ey hamma narsadan soʻngra boʻlgan Zot,
7 - Ey hamma narsani bilgan Zot,
8 - Ey hamma narsaga kuchi yetgan Zot,
9 - Ey hamma narsaning Soneʼi,
10 - Ey hamma narsa fano topib, U boqiy qolgan Zot
Barcha nuqsonlardan poksan, Sendan boshqa iloh yoʻq. Bizga omonlik ber. Bizni Jahannamdan qutqar.
17-bob
1 - Allohim! Sendan ushbu Ismlaring haqqi hurmati uchun istayman va yolvoraman: Ey qalblarda iymon nurini yoqqan va qullariga huzur va ishonch bergan Munʼim,
2 - Ey barcha borliqlarni ilm va nazorati ostida saqlagan Muhaymin,
3 - Ey barcha maxluqotni yoʻqdan maydonga keltirgan Mukavvin,
4 - Ey barcha yaratganlariga dunyodagi vazifalarini oʻrgatib talqin etgan Mulaqqin,
5 - Ey qullari uchun tushuntirilishi kerak boʻlgan hamma narsani bayon etgan Mubayyin,
6 - Ey musibatlarni yengillashtirgan va qiyinchiliklarni osonlashtirgan Muhavvin,
7 - Ey hamma narsani munosib shaklda bezagan Muzayyin,
8 - Ey istaganini yuksaltirgan va qullariga buyukligini koʻrsatgan Muazzim,
9 - Ey muhtojlarning yordamiga yugurgan Muʼavvin,
10 - Ey hamma narsani turli-tuman ranglar bilan bezagan Mulavvin,
Barcha nuqsonlardan poksan, Sendan boshqa iloh yoʻq. Bizga omonlik ber. Bizni Jahannamdan qutqar.
18-bob
1 - Ey mulkida doim boʻlgan Zot,
2-Ey jalolida azim boʻlgan Zot,
3 - Ey saltanatida qadim boʻlgan Zot,
4-Ey qullariga rahmat qilgan Zot,
5 - Ey hamma narsani bilgan Zot,
6 - Ey amrlariga ergashmaganga halim boʻlgan Zot,
7 - Ey Unga umid bogʻlaganga karim boʻlgan Zot,
8 - Ey oʻlchovlarida hikmatli boʻlgan Zot,
9 - Ey hukmida lutf sohibi boʻlgan Zot,
10-Ey lutfida qodir boʻlgan Zot,
Barcha nuqsonlardan poksan, Sendan boshqa iloh yoʻq. Bizga omonlik ber. Bizni Jahannamdan qutqar.
19-bob
1 - Ey fazlidan boshqa narsa umid qilinmagan Zot,
2 - Ey adolatidan boshqa narsadan qoʻrqilmagan Zot,
3 - Ey yaxshiligidan boshqa narsa kutilmagan Zot,
4 - Ey afvidan boshqa narsa istanilmagan Zot,
5 - Ey mulkidan boshqa birov davom etmagan Zot,
6 - Ey saltanatidan boshqa saltanat boʻlmagan Zot,
7 - Ey burhonlaridan boshqa burhon boʻlmagan Zot,
8 - Ey rahmati hamma narsani qamragan boʻlgan Zot,
9 - Ey rahmati gʻazabini oʻtgan Zot,
10 - Ey ilmi bilan hamma narsani qamragan Zot,
Barcha nuqsonlardan poksan, Sendan boshqa iloh yoʻq. Bizga omonlik ber. Bizni Jahannamdan qutqar.
20-bob
1 - Ey qaygʻuni koʻtaruvchi,
2 - Ey gʻamni ketkazuvchi,
3-Ey gunohni afv etuvchi,
4 - Ey tavbani qabul qiluvchi,
5 - Ey yaratilganlarning yaratuvchisi,
6 - Ey vaʼdasida sodiq boʻlgan Zot,
7 - Ey bolalarga rizq beruvchi,
8 - Ey ahdini bajaruvchi,
9 - Ey yashirin narsani biluvchi,
10 - Ey danaklarni yorib koʻkartiruvchi,
Barcha nuqsonlardan poksan, Sendan boshqa iloh yoʻq. Bizga omonlik ber. Bizni Jahannamdan qutqar.
21-bob
1 - Allohim! Sendan ushbu Ismlaring haqqi hurmati uchun istayman va yolvoraman: Ey hamma narsaci bilan buyuk boʻlgan Oliy,
2 - Ey soʻzida vafoli boʻlgan va vaʼdasidan qaytmagan Vafiy,
3 - Ey moʻminlarning doʻsti boʻlgan Valiy,
4 - Ey haqiqiy boylik sohibi va hech bir narsaga muhtoj boʻlmagan Gʻaniy,
5 - Ey soʻngsiz sarvat va tuganmas xazinalar sohibi boʻlgan Maliy,
6 - Ey har jihatdan toza va pok boʻlgan Zakiy,
7 - Ey Unga qullik qilganlardan xushnud boʻlgan Roziy,
8 - Ey asar va ehsonlari bilan borligi yaqqol koʻringan Badiy,
9 - Ey qattiq namoyon boʻlishidan yashiringan Xofiy,
10 - Ey kuch va quvvati soʻngsiz boʻlgan Qoviy,
Barcha nuqsonlardan poksan, Sendan boshqa iloh yoʻq. Bizga omonlik ber. Bizni Jahannamdan qutqar.
22-bob
1 - Ey chiroyli narsani namoyon qilgan Zot,
2 - Ey xunuklikning ustini yopgan Zot,
3 - Ey aybi sababli darhol koyimagan Zot,
4 - Ey ayblarning ustidagi pardani yirtmagan Zot,
5 - Ey afvi buyuk Zot,
6 - Ey gunohkorlarni jazolantirishdan voz kechishi goʻzal Zot,
7 - Ey magʻfirati keng Zot,
8 - Ey rahmatni koʻp Zot,
9 - Ey barcha ovozsiz yolvorishlarning sohibi,
10 - Ey barcha shikoyatlar Unda tugagan Zot,
Barcha nuqsonlardan poksan, Sendan boshqa iloh yoʻq. Bizga omonlik ber. Bizni Jahannamdan qutqar.
23-bob
1 - Ey toʻkin neʼmat sohibi,
2 - Ey keng rahmat sohibi,
3 - Ey toʻliq hikmat sohibi,
4 - Ey komil qudrat sohibi,
5 - Ey qatʼiy hujjat sohibi,
6 - Ey ochiq ikrom sohibi,
7 - Ey ulugʻ sifat sohibi,
8 - Ey doimiy izzat sohibi,
9 - Ey metin quvvat sohibi,
10-Ey sobiq minnat sohibi,
Barcha nuqsonlardan poksan, Sendan boshqa iloh yoʻq. Bizga omonlik ber. Bizni Jahannamdan qutqar.
24-bob
1 - Ey hukm qilganlarning eng hukm qiluvchisi,
2 - Ey odillarning eng adolatlisi,
3 - Ey toʻgʻrilarning eng toʻgʻrisi,
4 - Ey borligi ochiq boʻlganlarning eng ochigʻi,
5 - Ey poklarning eng poki,
6 - Ey yaratuvchilik martabalarining eng goʻzalida boʻlgan,
7 - Ey hisobga tortganlarning eng tezi,
8 - Ey eshituvchilarning eng yaxshi eshituvchisi,
9 - Ey ikrom qilganlarning eng yaxshi ikrom qiluvchisi,
10 - Ey marhamat qilganlarning eng marhamatlisi,
11 - Ey shafoat qilganlarning eng shafoat qiluvchisi,
Barcha nuqsonlardan poksan, Sendan boshqa iloh yoʻq. Bizga omonlik ber. Bizni Jahannamdan qutqar.
25-bob
1 - Ey samolarni yoʻqdan yaratuvchi,
2 - Ey qorongʻuliklarni yuzaga keltiruvchi,
3 - Ey yashirin narsalarni biluvchi,
4 - Ey ich-ichidan xafalarga achinuvchi,
5 - Ey uyatli narsalarni toʻsuvchi,
6 - Ey balolarni daf qiluvchi,
7 - Ey oʻliklarni tiriltiruvchi,
8 - Ey savoblarni qat-qat yozuvchi,
9 - Ey barakalarni tushiruvchi,
10-Ey osiylarga loyiq ulkan jazo va shiddatli azobni beruvchi,
Barcha nuqsonlardan poksan, Sendan boshqa iloh yoʻq. Bizga omonlik ber. Bizni Jahannamdan qutqar.
26-bob
1 - Allohim! Sendan ushbu Ismlaring haqqi hurmati uchun istayman va yolvoraman: Ey har borliqqa munosib shakl kiydirgan Musavvir,
2 - Ey hamma narsaning reja va dasturini oʻlchovli qilgan Muqaddir,
3 - Ey hamma narsani moddiy va maʼnaviy kirlardan tozalagan Mutohhir,
4 - Ey nuri bilan hamma narsani nurlantirgan Munavvir,
5 - Ey istaganini oldinga oʻtkazgan Muqaddim,
6 - Ey istaganini orqada qoldirgan Muaxxir,
7 - Ey xayrli ishlarni osonlashtirgan Muyassir,
8 - Ey qullarini azobi bilan qoʻrqitgan Munzir,
9 - Ey qullarini Jannat va boshqa mukofotlar bilan xushxabar bergan Mubashshir,
10-Ey barcha koinotni toʻliq bir nizom ichida idora qilgan Mudabbir,
Barcha nuqsonlardan poksan, Sendan boshqa iloh yoʻq. Bizga omonlik ber. Bizni Jahannamdan qutqar.
27-bob
1-Ey Baytul Haromning Robbi,
2 - Ey Harom oylarning Robbi,
3 - Ey Masjidul Haromning Robbi,
4-Ey muqaddas shahar boʻlgan Makkaning Robbi,
5 - Ey Rukni Hojarul-Asvad va Maqomi Ibrohimning Robbi,
6 - Ey Mashʼaril-Haromning Robbi,
7 - Ey halol va haromning Robbi,
8 - Ey nur va zulmatning Robbi,
9-Ey tahiyyot va salomning Robbi,
10 - Ey jalol va ikromning Robbi,
Barcha nuqsonlardan poksan, Sendan boshqa iloh yoʻq. Bizga omonlik ber. Bizni Jahannamdan qutqar.
28-bob
1 - Ey ustuni boʻlmaganlarning ustuni,
2-Ey tayanchi boʻlmaganlarning tayanchi,