Devoni Harbiyi Oʻrfi
Yarim asr avval chop qilingan bu mudofaani hozir bu asrga muvofiqroq deb bildik. Goʻyo oʻsha vaqtdan ellik yil keyinni avvaldan sezish hissi bilan bir navʼ gʻaybiy xabar sifatida ijtimoiy hayotga oid koʻp haqiqatlarga tegishli boʻlgani uchun nashr qilindi.
Aziz, siddiq qardoshim!
Modomiki bu asar eski davrda ikki marta chop qilingan, hech kim eʼtiroz bildirmagan ayni haqiqat boʻlgan risolacha ekan, xos doʻstlari munosib koʻrsa matnning toʻgʻriligiga eʼtibor berish sharti bilan nashr qilishingiz mumkin. Bu risola eski vaqtdan koʻra xozirgi davrning toʻliq darsi boʻlishi mumkin.
Said Nursiy
Asarning qirq besh yil avvalgi nashridagi noshir Ahmad Ramz aytadiki:
323 yili (Hijriy 1323 (milodiy 1905 yil)) Sharqning tik, qattiq, va togʻlarning orqasidagi hududdan chiqqan Said Nursiy nomli nodir shaxslardan hisoblangan zakovat choʻgʻi kabi shaxsiyatning Istanbul ufqlarida chiqqani xabari tarqagan edi. Feʼli qiziquvchan baʼzi kishilar ushbu gʻaroyib fitratli insonni koʻra-koʻra Allohning tuganmas xazinasidagi sahiyligini hazm qila olmagan bir qancha kimsalar sharqiy Onadoʻli kiyimidagi yaxtak-sholvor kabi sodda kiyimlar ortida bu dohiyning yashirinishini bir turli tushunmasdan uni telba deyishgan edi.
Said Nursiy shunday yuksak darajada ediki, uning telbalik va dohiylik orasidagi chegarada ekani tahminini berar edi. Lekin bu telbalik oddiy aqliy kasallik emas edi. Uning yuksak ruhiga va mukammal aqliga ishorat qilgan yuksak xususiyat edi. Bir kishi bu holatni quyidagi misralari orqali ifoda qiladi:
Junun boshimda yonar, otashi maʼaliydir
Junun boshimda mening bir oliy zakodir.
Mening jununimga rahbar ulugʻlik ziyosi,
Mening jununimni kutar azim bir niyat…
Said Nursiy Istanbulga qurgʻoq sharqiy viloyatlar maʼorifsizlik orqali maʼnan oʻldirilishga harakat qilingan Yildiz siyosatini toʻgʻri yoʻlga solish azmi bilan kelgan edi. Istanbulga kelmay turib Vandan, Bitlisdan, Mardindan koʻp martalab surgun etilishi bois Istanbulga kelishi bilan Marhum Sulton Abdulhamid tomonidan jiddiy suratda siquvga oldirildi. Bir necha marta hibs ettirildi. Nihoyat bir kun keladi, Said Nursiyni Uskudarga Toʻptoshga yoʻllashdi. Chunki qamoqxonada uygʻonishi mumkin boʻlgan kishilar ehtimoli bor edi. Lekin jinnihonadan tezda chiqarilib, maosh, mansab beriladi. Hazrati Said, “Men yurtimga maktab-madrasa ochtirish uchun keldim, boshqa istagim yoʻq. Istagim bu, boshqa narsa xohlamayman”, der edi… Boshqa taʼbir bilan Badiuzzamon ikki narsa xohlar edi: Sharqiy viloyatlarning xar tomonida diniy maktablar, madrasalar ochtirish va boshqa narsa olmaslikni istar edi…
Qanoat arshi boʻldi behishti gʻino bizga,
Biz kelishuv shartlariga ishonch bildirmaymiz.
Mansablarning, maqomlarning eng balandidir,
Iymon xizmati bilan osoyishtalik va saodatni taʼminlash…
Shaxzodaboshida qahramonlik bilan konferensiya berilgan kecha, kamoli mahobat bilan sahnaga chiqib qilgan balogʻatli nutqi betarafcha Saidning, ilmiy qahramonligi va fidokorlikda ham ilmiy qamrovicha yuksak mavqeʼda ekanini tasdiqlaydi. Kerak boʻlsa oʻsha kecha, kerak boʻlsa ogʻir 31 mart voqeʼasida jahonbaho nasihatlari bilan chiqqan dono domlalarga bunday tahlikali onda qiymatli jonini saqlash boshqalar uchun foydali boʻlishi eslatilgan vaqti, “Insonlarga beriladigan eng buyuk dars, toʻgrilik yoʻlida oʻlimga tayyor turishdir… Bu hayot kerakli joyda oʻlish uchun lozim”, fikriga qarshi,
Oshnomiz, begonadir bizga oʻlim qoʻrquvi.
Adolatu Haq uchun nazr qilganmiz jonimizni.
U bizga obi hayot, oʻlimning oquvchi olovi.
misrasi bilan javob bergan edi.
Hushyor Saidning ruh pokligini, jasorat va shijoatini, fidokorlikdagi chegarasizligini tushunish va unga bogʻlanish uchun, qahramonlik tilidan mazkur misrani aytish kifoya qiladi. Badiuzzamonga hurmatli kishilardan biri bir kuni ilmiga yarasha kiyinish kerakligini aytadi. Hazrat javoban, “Siz Avstriyaga goʻyo boykot qilyapsiz. Lekin ular joʻnatgan qalpoqlarni kiymoqdasiz. Men esam butun Ovrupoga boykot qilayapman, (Xoshiya). Ustoz, oʻttiz yil jabru iskanjalar ostida qiyqoqqa solinsada, hech qachon Ovrupo shapkasini boshiga kiymadi. shuning uchun faqat yurtimning moddiy va maʼnaviy mahsulotini kiyaman”, deb javob beradi.
Vaqti kelib Said Nursiy yurtiga qaytadi. Qorishiq Istanbulning fitnayu fasodidan, yolgʻonlaridan, jamiyatni xabardor qiluvchisi boʻlishi kerak boʻlgan jurnalistlarning baʼzilarining butun yomonliklarga yoʻl ochgan va barcha falokatlarning onasi boʻlishganini koʻrib, bu daraja ochiq jinoyatlarga chiday olmasdan umidsiz va qaygʻuli, qoʻrqituvchi lekin doʻst, vafoli va sharaf va nomusini saqlagan togʻlariga qaytdi. Toʻgʻri qildi. Kim biladi balki eng katta ijrootidan biri bu boʻlsa kerak.
Noshir
Ahmad Ramiz (Rahmatullohi Alayh)
Qirq olti yil (*) Bu tarix 1954 yilga oid. avval chop qilingan
IKKI MUSIBAT MAKTABI SHAHODATNOMASI
yoki Devoni Harbiyi Oʻrfiy va Said Nursiy nomli asardan boʻlimlar
MUQADDIMA
Hurriyat devonalik deyilgan paytda zaif istibdod jinnihonani menga maktab qildi.
Meʼyor va istiqomat isyon bilan aralashtirilganda, mashrutiyatda qattiq istibdod qamoqxonani maktab qildi.
Ey shahodatnomamni oʻqigan kishilar! Marhamat, notoʻgʻri hisoblab xato qilmasligingiz uchun ruh va hayolingizni yangi madaniyatga aralashgan eski qarashlarga ega badaviy talabaning hozirgi toʻntarishdagi jasad va aqliga musofir qilib joʻnating. 31 mart hodisasida Devoni Harbiyi Oʻrfiyda aytgan edim:
- Men talabaman, shuning uchun hamma narsani Shariat mezoni bilan tortaman. Men millatingizni, faqat Islomiyat deb bilaman. Shuning uchun hamma narsani Islomiyat nuqtai nazaridan muhokama qilaman.
Bu, men qamoqxona deyilgan barzoh olamining eshigida turib, doryogʻoch deyilgan stansiyada oxiratga ketadigan poyezdni kutayotib, bashariyat jamiyatining ayyor holatlarini tanqid qilib, nafaqat sizga, balki bu davrdagi bani basharga qarata aytgan nutqimdir. Shuning uchun يَوْمَ تُبْلَى السَّرَٓائِرُ sirriga asosan qalb qabridan ochiq haqiqat chiqdi. Nomahram kimsalar nazar solmasin. Oxiratga kamoli ishtiyoq bilan muhayyoman. Osilgan kishilar bilan birga ketishga tayyorman. Bir badaviy gʻayritabiiy narsalarga qiziqqan kishi sifatida Istanbulning ajoyib narsalari va yaxshi tomonlarini eshitganman, lekin koʻrmaganman. Buni qattiq qiziqish bilan koʻrish istagidagi odamdek ajoyb, gʻaroyib oxirat olamini oʻsha xohish bilan koʻrishni istayman. Hozir ham oʻsha holatdaman. Meni u yerga surgun qilish – menga jazo emas. Qoʻlingizdan kelsa menga vijdoniy azob bering! Illoki boshqa suratdagi azob, azob emas ekan men uchun bu bir sharaf boʻladi!
Ushbu hukumat istibdod davrida aqlga xusumat qilar edi, hozir esa hayotga adovat qilyapti. Agar hukumat bunday boʻlsa, yashasin jinnilik, yashasin oʻlim!.. Zolimlar uchun esa yashasin Jahannam!.. Men zotan fikrlarimni bayon qilishga zamin istayotgan edim. Hozir ushbu Devoni Harbiyi Oʻrfi yaxshi zamin boʻldi.
Eskida hammadan savol soʻralgan kabi Devoni Harbda menga shunday savol berishdi, “Sen ham shariatni xohlabsan?!”
Javoban aytdimki, “Shariatning bir haqiqatiga ming jonim boʻlsa fido qilishga tayyorman! Chunki shariat baxtiyorlik sababi, toʻliq adolat va fazilatdir. Lekin isyonchilarning istaganidek emas”.
Yana, “Ittihodi Muhammadiyaga (A.S.M.)ga kirganmisan?” deyishdi.
Javoban, “Iftihor bilan! Eng kichik aʼzolaridanman. Lekin mening taʼriflagan tomonimdan… U ittihoddan boʻlmagan kimsa, dinsiz boʻlmay kim? Menga koʻrsating!” dedim.
Mashrutiyatni kirlardan va shariat ahlini umidsizlikdan, davr insonlarini tarix nazarida jaholat va telbalikdan, haqiqatni uydirma va shubhadan qutqarish uchun oʻsha nutqni endi nashr qilyapman.
Boshlayman.
Aytdimki, ey Posholar, zobitlar! Qamalishni taqozo qilgan jinoyatlarning qisqachasi quyidagicha:
Yaʼni, faxrlanadigan yaxshi tomonlarim, hozir gunoh hisoblanadi. Endi qanday qilib uzr soʻray, xayratdaman.
Muqaddima sifatida aytamanki, mard kishi jinoyat tubanligiga tushmaydi. Agar boʻyniga qoʻyilsa jazodan qoʻrqmaydi. Hamda nohaq qatl qilinsam, ikki shahid savobini qozonaman. Agar qamalsam, bunday hurriyat faqat gapdan iborat ayyor hukumatning eng tinch joyi qamoqxona boʻlsa kerak. Mazlum boʻlib oʻlish, zolim holda yashashdan yaxshiroq.
Shuni ham aytamanki, siyosatni dinsizlikka vosita qilgan baʼzi kimsalar, ayblarini yopish uchun boshqa kishilarni isyon bilan va dinini siyosatga vosita qilishda ayblashadi. Hozirgi xabarchilar eskilardan battardir. Bularning sadoqatiga qanday ishonish mumkin? Ularning soʻzlariga qanday qilib adolat bino qilinadi? Yana inson ayyorlik bilan adolat qilaman deb zulm qiladi. Chunki inson kamchiliksiz boʻlmaydi. Lekin uzoq vaqtda, koʻpchilik ichida, yaxshiliklar aralashib oʻzgargan koʻp kamchilikarni ayyorlik bilan birlashtirib, oʻsha onda bir kishi sodir etganini faraz qilib qattiq jazoga loyiq deb koʻradi. Xolbuki bu tarz qattiq zulm hisoblanadi.
Endi oʻn bir yarimta jinoyatlarimni aytib oʻtsak. (Xoshiya). Muallifning yoʻl va yoʻnalishiga oid qismlar olinib, tafsilotini bilishga qiziqqanlar mazkur asarga murojaat qilishsin.
BIRINCHI JINOYAT. Oʻtgan yili hurriyatning boshlarida umum sharq ashiratlariga bosh vazirlik vositasida ellik oltmish telegraf joʻnatdim. Unda aytilishicha:
“Mashrutiyat va asosiy qonun deb eshitgan narsamiz, haqiqiy adolat va sharʼiy mashvaratdan iborat. Toʻgʻri tushuninglar. Muhofaza qilishga harakat qilish kerak. Chunki dunyoviy bahtiyorligingiz mashrutiyatdadir. Istibdoddan hammadan koʻra koʻproq bir zarar koʻramiz.”
Hamma joydan unga musbat va chiroyli javob keldi. Yangi istibdod ularning gʻaflatidan foydalanmasin deb, sharqiy viloyatlarni tanbeh etdim, gʻofil holda qoldirmadim. Men nima demaganim uchun jinoyat qilib ushbu mahkamaga keldim...
IKKINCHI JINOYAT. Ayasofiyada, Boyazidda, Fotihda, Sulaymoniyada barcha ulamolar va talabalarga qarata turli nutqlar bilan shariatning va mashrutiyat nomi berilishining haqiqiy sababini izoh va sharh qildim. Va bosim qiladigan istibdodning shariat bilan hech qanday munosabati yoʻqligini aytdim. U quyidagicha:
سَيِّدُ الْقَوْمِ خَادِمُهُمْ hadisining sirriga asosan shariat istibdod va zolimona bosimni yoʻqotsin deb olamga kelgan. Nima aytgan boʻlsam, xar bir soʻziga kimning eʼtirozi boʻlsa burhon bilan isbotlashga tayyorman. Aytdimki, “Asl shariatning haqiqiy yoʻli shariat doirasidagi haqiqiy mashrutiyatdir.” Demak mashrututiyatni sharʼiy dalillar bilan qabul qildim. Boshqa madaniyatparastlar kabi taqlidiy va shariatga xilof deb faraz qilmadim. Shariatni pora sifatida bermadim. Ulamolar va shariatni Ovruponing buzuq shubhalaridan iqtidorim yetganicha qutqarishga urinib jinoyat qildim. Natijada bu tarzdagi muomalangizni koʻrdim...
UCHINCHI JINOYAT. Istanbulda yigirma mingga yaqin hamshaharlarimni (hammol, gʻofil va sofdil boʻlishgani uchun) baʼzi partiyachilardek aldab sharqiy viloyatlarni bulgʻashlaridan qoʻrqdim. Hammollarning barcha joylarini va qahvaxonalarini aylandim. Oʻtgan yili ular tushunadigan tilda mashrutiyatni quyidagicha tushuntirdim:
“Istibdod – zulm va majburlovdir. Mashrutiyat – adolat va shariatdir. Podshoh – Paygʻambarimizning amriga itoat qilsa va yoʻlidan yursa xalifa hisoblanadi. Biz ham unga itoat qilamiz. Paygʻambrga tobeʼ boʻlmay zulm qilganlar, podshoh boʻlsada qaroqchidir.
Bizning dushmanlarimiz jaholat, zarurat va ixtilofdir. Bu uch dushmanga qarshi – hunar, maʼrifat va ittifoq quroli bilan jihod qilamiz. Bizni bir jihatdan uygʻonish va taraqqiyotga undagan haqiqiy qardoshlarimiz turklar va qoʻshnilarimiz bilan doʻst boʻlib qoʻlni qoʻlga beramiz. Chunki xusumatda yomonlik bor, xusumatga vaqtimiz yoʻq. Hukumatning ishiga arlashmaymiz. Chunki hukumatning hikmatini bilmaymiz...”
Hammollarning Avstraliyaga qarshi (mendek) Ovrupoga qarshi
boykotlar, eng aralash va hayajonli davrlarda oqilona harakatlarida bu nasihatning taʼsiri boʻlgan. Podshohga nisbatan bogʻliqliklarini toʻgʻrilashga va boykotlar bilan Ovrupoga qarshi iqtisodiy urush boshlashga sabab boʻlganim uchun jinoyat qildimki, bu baloga tushdim...
TOʻRTINCHI JINOYAT. Ovrupo bizdagi jaholat va taassub sababli shariatni (Hudo saqlasin va aslo) istibdodga mos deb oʻylaganlari uchun qalbdan oʻta qattiq xafa boʻlgan edim. Ularning tasavvurini yolgʻonga chiqarish uchun mashrutiyatni hammadan koʻra koʻproq shariat uchun olqishladim. Lekin yana boshqa istibdod oʻsha tushunchani tasdiqlaydi deb qoʻrqdim. Qancha kuchim boʻlsa Ayasofiya Jomeʼida deputatlarga qarata faryod etdim. Aytdimki, “Bu muborak mashrutiyatni, yangi va dinsiz istibdod iflos qoʻli bilan gʻarazlariga qalqon qilib kir qilmasin deb mashrutiyat nomi bilan tasavvur qiling va tushuntiring. Hurriyatni shariat odobi bilan quvvatlang. Chunki bilimsiz avom cheklovlarsiz toʻliq hur boʻlsa kayf-safoga mukkasidan ketib, itoatsiz boʻladi.
Adolat namozi sahih boʻlishi uchun qiblangiz toʻrt mazhab boʻlsin. Chunki mashrutiyat haqiqatlarining ochiq oydin, yashirin va ruhsatli toʻrt mazhabdan istihroji mumkinligini (fiqh ilmida - matnda oshkora aytilmagan hukm yoki maʼnoni qiyos, dalil va ilmiy tahlil orqali chiqarib olish usuli) daʼvo qildim. Men oddiy talabaman. Ulamolarga farz boʻlgan vazifani yelkamga oldim, demak jinoyat qildimki bu taʼzirni yedim.
BESHINCHI JINOYAT. Gazetalar ikki buzuq qiyos va obroʻsizlantiruvchi nashrlari bilan Islomiy axloqni buzishdi va omma fikrini darbadar qildi. Men gazetalar vositasida ularni rad etgan maqolalar nashr qildim. Aytdimki:
Ey jurnalistlar! Adiblar adabli boʻlishi kerak. Hamda Islomiy odob bilan odoblanishi kerak. Ularning soʻzlari oʻrtoq millatlardan tashkil topgan omma qalbidan betaraf chiqishi kerak. Matbuot qonun qoidalarini vijdoningizdagi diyonat hissi va xolis niyat tartibga solishi kerak. Xolbuki siz ikki buzuq qiyos bilan yaʼni chet viloyatlarni Istanbulga va Istanbulni Ovrupoga qiyoslab omma fikrini botqoqlikka tushirdinglar. Shaxsiy gʻarazlar va qasos fikrini uygʻotdingiz.
Alifbe oʻqimagan bolaga tabiatparastlik falsafasi darsi berilmaydi. Erkakka teatrdagi ayol kiyimi yarashmaydi. Ovruponing hissiyoti Istanbulda tatbiq qilinmaydi. Qavmlar ixtilofi, joy va tomonlarning bir-biriga zidligi, davrlar va asrlarning ixtilofiga oʻxshaydi. Bittasining libosi boshqa birovning oʻlchoviga tushmaydi. Demak katta fransuz isyoni bizga toʻliq harakat dasturi boʻla olmaydi. Xato, nazariy tatbiq va holi hozir shartlarini oʻylamaslikdan kelib chiqadi.
Men ummiy qishloqlikman, bunday yolgʻon, gʻalati va gʻarazli muharrirlarga nasihat qilib, jinoyat qildim...
OLTINCHI JINOYAT. Necha marta katta yigʻinlarda insonlarning noroziligini his qildim. Avom xalq siyosatga aralashib osoyishtalikni buzishadi deb qoʻrqdim. Turk tilini endi oʻrgangan qishloqlik talabaning tiliga yarashadigan soʻzlar bilan hayajonni tinchlantirdim. Jumladan, Boyazidda talabalarim yigʻini bilan va Ayasofiya mavludida va Faroh teatridagi xalqning oyoqqa turishiga yetishdim.
Bir daraja ularning bosh koʻtarishlarini bostirdim. Yoʻqsa yana bir toʻfon boʻlar edi. Men bir badaviy odamman. Madaniylarning oʻyinlarini bilib ishlariga aralashdim. Demak jinoyat qildim...
YETTINCHI JINOYAT. Ittihodi Muhammadiy (A.S.M.) nomli bir jamiyat tashkil etilganini eshitdim. Bu muborak ism nomidan baʼzi kimsalarning xato harakati yuzaga kelishidan qattiq qoʻrqdim.
Keyin, bu muborak ismni baʼzi muborak zotlar (Suhayl Posho va Shayh Sodiq kabi zotlar) oddiyroq va faqat ibodatga va Sunnati Saniyyaga tobeʼlikka olib borishganini eshitdim. Keyin esa siyosiy jamiyatdan aloqalarini kesishdi. Siyosatga aralashmas ekanlar. Lekin yana qoʻrqib, “Bu nom umumning haqqi, xoslash va chegaralashni qabul qilmaydi, dedim. Men bir qancha dindor jamiyatga bir jihatda mansub boʻlganim uchun ularning maqsadini koʻrdim va unga binoan u muborak ismga bogʻlandim. Lekin taʼrif qilganimdek va kirgan Ittihodi Muhammadiy (A.S.M.)ning taʼrifi quyidagicha: