Al Hujjatuz Zahro

Badiuzzamon Said Nursiy

Oʻn Beshinchi Shuʼla

Ikki Maqomdan Iborat

Bu dars zohiran kichik boʻlsada haqiqatdan gʻoyat buyuk, oʻta kuchli va juda keng risoladir. Ham mening tafakkuriy hayotim ham Nurning tahqiqiy maʼnaviy hayotining ilmal yaqiyn, aynal yaqiyn jihatlardan birlashishidan chiqqan iymoniy meva va firdavsiy Qurʼon samarasidir.

Said Nursiy

Birinchi Maqom

Uch qismdan iborat

Yigirmanchi Maktubning Xulosasining Xulosasi

Uchinchi Yusufiy Madrasada berilgan darsning Birinchi Qismi.

Afyon qamogʻida bir oy yakka hujrada boʻlganimda doir Oliy Sudga yozgan ariza bahonasi bilan oʻttiz besh yil yakkalangan holda, xususan tunlari dunyoni unutgan va gʻaraz bilan qiynoqlarda yigirma uch yil azob chekkani uchun odamlardan chekinib yolgʻiz oʻzi qolib, xizmatchisi va Nur darsini ishtiyoqi bilan kutganlardan boshqa hech kim bilan bir soat boʻlsa ham bir joyda turishdan qattiq siqilgan mendek bir bechorani beshinchi hujraga majburan oʻtkazgan va qardoshlarimning oldimga kelishini manʼ qilishdi. Koʻpchilik ichida yashay olmayman deb qattiq xavotir olayotgan paytimda jahl va gʻazab alomati sifatida havoning sovuqligi shunchalik shiddatlandiki, agar eski joyimda qolganimda umuman chiday olmas edim. Zahmat men uchun rahmatga aylandi. Tasbehot qilar ekanman qalbimga, “Nur talabalari garchi xar bir hujrada ham oʻzlari uchun ham siz uchun Nur darslari bilan toʻliq shugʻullanishayapti. Faqat ushbu beshinchi hujra bir jihatdan yakkalanish boʻlgani uchun yangilanyapti, oʻzgaryapti. Shuning uchun Nur darsiga koʻproq muhtoj. Yana Ruslarning daxshatli inkor orqali va Allohni tanimaslik bilan hujumini nashr qilgan gazetalarni oʻqigan yoshu qarilar, albatta Allohga iymon keltirishdagi mavjudiyat va Allohning yagonaligiga doir juda qatʼiy va quvvatli darslarga qattiq ehtiyoji bor”, degan fikr keldi.

Bomdod namozidan keyin eskidan beri oʻn marta oʻqigan va katta Yigirmanchi Maktub Risolasining oʻn bir kalimasida ham Allohning borligining vojibligining va Robbimizning yagonaligini oʻn bir burhoni ham oʻn bir hushxabar juda porloq va quyoshdek tafsilotlar orqali koʻrsatgan va bir rivoyatda Ismi Aʼzamga ega boʻlgan ushbu muazzam tahlil va tavhid, muazzam,

jumlasi tafakkur bilan takrorlab Yigirmanchi Maktubning qisqa xulosasining xulosasini birgalikda oʻyladim.

Shunda qalbga, “Ushbu qisqagina xulosani Nodir domlaga va bu yerdagi yoshlarga dars ber”, degan fikr keldi. Men ham Bismillah deb boshladim.

Ushbu tavhid kalomida oʻn bir hushxabar, oʻn bir iymoniy hujjat bor. Hozir hujjatlarga juda qisqa ishorat qilib izohi va hushxabarlarini Yigirmanchi maktub va Nur risolalariga havola qilaman. Hozir u darsni yozgan paytim ularga aytmagan baʼzi kalimalar va hikmatlarni ham yozishni munosib koʻrdim. Oʻsha tavhid kalomining oʻn bir kalimasidan

Birinchi Kalima. لَا اِلٰهَ اِلَّا اللّٰهُ dir. Bundagi hujjat chop etilgan Oyatul Kubro Risolasidir. Oʻsha tengi yoʻq hujjatning gʻaroyibligi uchun Imom Ali (R.A.) Nurning risolalaridan xabar bergan paytda وَ بِالْاٰيَةِ الْكُبْرٰى اَمِنّٖى مِنَ الْفَجَتْ deb Oyatul Kubroni shafoatchi qilib Nur shogirdlarining Dengizli qamogʻida, u risolaning ham Anqara ham Dengizli Mahkamalarida gʻalaba qozonishi va parda ostida taʼsirli yoyilishi bois talabalariga oqlanishni qozonishga sabab boʻldi. Uning yashirin chop etilishi esa shogirdlarining toʻqqiz oy hibsiga sabab boʻlishi sabab Imom Alining (R.A.) ham gʻaybiy karomatini ham Nur shogirdlari oʻrniga duosini juda zohiriy suratda tasdiqladi. Oyatul Kubro Shuʼlasi oʻttiz uch azim ijmoʻni va kulliy hujjatlarini mavjudot hayʼatida koʻrsatib xar bir kulliy hujjatda sanoqsiz burhonlarga ishorat qiladi. Boshda mavjudot, soʻngra yulduzlar kalimalari bilan yer, hayvonot va nabotot kalomlari va jumlalari bilan tobora koinot majmuasi va ichidagi narsalar, mavjudot va yaratiqlar, imkon va oʻzgarish haqiqatlarining kalimalari orqali Vojibul Vujudning mavjudligini va yagonaligini quyoshdek zohir va kundek qatʼiyatda isbotlaydi. \Mahkam iymonni qoʻlga kiritishni xohlaganlar va dinsiz anarxistlikka qarshi sinmas qilich qidirganlar Oyatul Kubroga murojaat qilsin.

Ikkinchi Kalima. وَحْدَهُ dir. Undagi hujjatga juda qisqa ishorat quyidagicha:

Bu koinotda xar jihatdan birlik, birdamlik koʻrinmoqda. Masalan, koinot bir intizomli shahar, muhtasham saroy, mujassam maʼnodor kitob, jismoniy va xar bir oyati hatto xar bir harfi va xar bir nuqtasi muʼjizali Qurʼon hisoblanib, birdamlik va birlikni koʻrsatmoqda. Saroy chirogʻi bir, taqvimchi qandili bir. Olovli oshpazi bir va emuvchi shimgichi bir, bir bir bir to minglab birliklarni va birdamliklarni koʻrsatib mazkur saroyning va shaharning, u kitobning, oʻsha jismoniy Qurʼoni Kabirning sohibi, hokimi, kotibi, musannifi oshkora mavjud, yagona va bitta deb, katʼiy isbotlaydi.

Uchinchi Kalima. لَا شَرٖيكَ لَهُ dir. Undagi hujjatga juda qisqa ishorat quyidagicha:

Yaʼni, agar sherigi boʻlsa va boshqa qoʻllar ijod qilish va rububiyatga aralashganda, koinotning intizomi buzilgan boʻlar edi. Xolbuki kichik pashshaning qanotidan va koʻz qorachigʻidagi hujayrachadan havo tayyorasi boʻlgan sanoqsiz qushlargacha, quyosh tizimigacha hamma narsada juzʼiy kulliy va katta kichik narsalarda eng mukammal intizomning borligi, shaksiz va qatʼiy suratla sheriklarning imkonsizligiga va yoʻqligiga dalolat qiladi. Shuning kabi Vojibul Vujudning mavjudligiga va yagonaligiga ochiq oydin shahodat qiladi.

Toʻrtinchi Kalima. لَهُ الْمُلْكُ dir. Undagi uzun hujjatga juda qisqa ishorat quyidagicha:

Zamin yuzini ekinzor qilib, xar bahorda yuz ming sinf nabototning urugʻlarini birgalikda, aralash holda ekayotganini koʻz bilan koʻrmoqdamiz.

Parda ortida mahsulotlarini alohida alohida, umuman aralashtirmasdan, adashmasdan mukammal intizom bilan olib, ulardan ikki yuz ming sinf hayvonlarga ozuqa va tirikchilik ehtiyojlarini, rahmat va hikmat qoʻli bilan ehtiyojiga koʻra bergan cheksiz qudrat va ilm Sohibi boʻlgan mutasarrif borki, bu keng va boy mulkida, xususan zamin ekinzorida bu tasarrufni qilmoqda. Ushbu Mutasarrifi Hakimni va Moliki Rahimni tanimagan, bu zaminni ahmoq sofistlardek mahsuloti bilan inkor qilishga majbur boʻladi.

Beshinchi Kalima. وَ لَهُ الْحَمْدُ dir. Bundagi juda keng hujjatga juda qisqa ishorat quyidagicha:

Bu koinot shahrida, zamin mahallasida, inson va hayvonot manzilida shunday bir Razzoqi Rahim va Muhsini Karim tasarruf, nazorat va tarbiya qiladi. Bergan neʼmatlari evaziga hamd va shukr ettirish uchun zaminni tijorat kemasi, ozuqa olib kelgan poyezd va yuzidagi bahor mavsumini bir vagon tarzida yuz ming sinfdagi taomlarga va emizish uchun konserva haltalari bilan toʻldirib qishning oxirida rizqlari tugagan muhtoj jonzotlarga yetkazgan Razzoqi Rahimning ishlari ekanini zarracha aqli boʻlgan kishi tasdiqlaydi. Tasdiqlamay inkor yoʻlini tanlagan kimsa albatta zamin yuzida hamd va shukronga vosita boʻlgan barcha intizomli neʼmatlarni va muayyan rizqlarni inkor qilishga majbur boʻlib ahmoq bir zararli hayvon boʻladi.

Oltinchi Kalima. يُحْيٖى dir. Hujjatiga juda qisqa ishorat quyidagicha:

Oʻninchi Soʻz va Nur risolalarida burhonlari bilan isbotlanganki, roʻyi zaminda xar bahorda uch yuz ming turdagi jonzotlar turli tuman tarzlarda va sanoqsiz aʼzolari boʻlgan Subhoniy qoʻshin tiriltirilmoqda. Ularga hayot va ehtiyojlari mukammal intizom bilan berilmoqda. Buyuk hashrning yuz ming namunalarini, balki belgilarini koʻrsatib oʻsha sanoqsiz ayri ayri maxluqotni birgalikda, bir-biri ichida adashmay, yanglishsiz, nuqsonsiz, umuman xatosiz, qorishiq boʻlishiga qaramay umuman adashtirmasdan, unutmay mukammal oʻlchov va nizom bilan tiriltirgan, hayot bergan va nutfa deyilgan bir-biriga oʻxshagan suv tomchilaridan, tuproqda bir-biriga oʻxshash urugʻlardan, oz farqli urugʻchalardan va pashshalarning bir-birining oʻzi boʻlgan tuxumchalaridan va qushlarning ayni havodan, bir-birining oʻz nutfalaridan ham bir-birining misli yoki biroz farqli tuxumlaridan sanoqsiz aʼzolari boʻlgan, bir-biridan suratan, sanʼat jihatidan va tirikchilikda boshqa-boshqa yuz minglab jonzotlarni tiriltirgan, zamin va bahor sahifasida yuz ming turdagi kitoblarni birgalikda, bir-biri ichida, xatosiz, mukammal yozgan, cheksiz eʼtibor va tuganmas hikmat bilan bajargan, tasarruf qilgan Zoti Hayi Qayyum va Muhyi Xalloqi Alim ekaniga qanoat hosil qilmagan kimsa albatta ham oʻzini ham butun zamin va zamon silsilasiga osilgan barcha oʻtgan bahorlarda va tirik zamin yuzi va fazodagi barcha jonzotlarni inkor qilishga va eng ahmoq va badbaxt jonzot boʻlishga majburdir.

Yettinchi Kalima. وَ يُمٖيتُ dir. Buning hujjatiga quyida juda qisqa bir ishorat qilamiz. Kuz mavsumida uch yuz ming sinf jonzotlar vafot degan nafaqaga chiqarilayotganini koʻrayapmiz. Xar bir sinfning va aʼzoning amal daftarining qutichalari va ishlarining mundarijalari, keladigan bahorda bajaradigan ishlarining roʻyhati va bir jihatda bir tur ruhi boʻlgan urugʻlarini ularning oʻrniga Hafizi Zuljalolning hikmat qoʻliga omonat qilingan. Anjirning urugʻ va danaklari kabi zarrachalik kichik urugʻlarni boqiy ruh kabi anjir daraxtining barcha hayot qonunlarini oʻzida mujassam qilgan va bir kitobchalik xotirada yozuv misoli daraxtning hayotini taqdir qalami bilan yozgan, katta kitobga aylantirgan Xalloqi Hakim, Hayyi Loyamutni tanimagan kimsa, albatta nafaqat ahmoq inson va telba bir hayvon balki jahannam olovini qalagan bebosh shaytondan ham badbaxt va abadiy oʻlimga mahkum boʻladi.

Bu soʻzlarning hujjatlariga ishorat qilgan umumiy, qamrovli va sanoqsiz gʻaroyib va tuganmas narsalarni, moʻjizalarni ichiga olgan mazkur hikmatli ishlarning bajaruvchisisiz boʻlishi yuz daraja imkonsiz va botildir. Buning kabi koʻr, ojiz, shuursiz, sagʻir, jonsiz, aralash, tartibsiz, qorishiq va istilo qiluvchi sabablarga mansub qilish ming daraja imkonsiz, asossizdir.

Aks holda, tuproqning har bir zarrasida cheksiz qudrat va hikmat, butun oʻt va gullarning tuzilishiga doir juda ham ajoyib va keng koʻlamli sanʼatkorlik mavjud boʻlishi, havoning xar bir zarrasida (Yoshlarga Rahnamodagi “Huva nuqtasi”da aytilganidek) butun suhbatlarni, telefon va radiolarning soʻzlarini biladigan va boshqa zarralarga dars beradigan bir qobiliyat boʻlishi kerak boʻladi. Bu gʻalati fikrni esa hech bir shayton hech kimga qabul ettira olmaydi. Bu darajada aqldan, haqiqatdan yiroq boʻlgan hamda butun mavjudotga nisbatan tahqir va tajovuz hisoblangan kufr va inkorning jazosi faqatgina dahshatli jahannam boʻlishi mumkin va bu Allohning adolatining ayni oʻzidir. Albatta, bunday inkor etuvchilar uchun “Yashasin jahannam!” deyishimiz lozim.

Sakkizinchi Kalima. وَ هُوَ حَىٌّ لَا يَمُوتُ dir. Bundagi hujjatga juda qisqa ishorat quyidagicha:

Masalan, kunduzi mavjlanib turgan dengizda va oqayotgan daryo ustidagi koʻpikchalarda koʻringan mitti quyoshchalar oʻtib ketib, ularning ortidan kelgan yangi koʻpikchalar xuddi ketganlardek mitti quyoshchalarni aks ettirib, osmondagi Quyoshga ishora qiladi va guvohlik beradilar. Shuningdek, ularning zavol topishi va vafot etishi boqiy bir Quyoshning mavjudligiga va davomiyligiga dalolat qiladi. Aynan shuningdek, xar lahza oʻzgarib turuvchi koinot dengizining yuzida, yangilanib turuvchi cheksiz fazosida va zarralar dalasida hamda butun hodisalarni va foniy mavjudotlarni quchogʻiga olib, birgalikda mavjlanayotgan zamon daryosi ichida mahluqotlar tinimsiz tezlik bilan oqib ketmoqda, zohiriy sabablari bilan birga vafot etmoqda. Xar yil, xar kun bir koinot oʻladi va oʻrniga yangisi keladi. Va zarralar ekinzorida tinimsiz ravishda sayyor dunyolar va oquvchi olamlarning hosillari olingani bois, albatta, koʻpikchalar va mitti quyoshchalar zavol topishi orqali doimiy bir quyoshni koʻrsatgani kabi, cheksiz mahluqot va mahsulotlarning vafot etishi hamda zohiriy sabablari bilan birga mukammal bir intizom ichida xizmatdan nafaqaga chiqarilishi (xuddi kundek shubhasiz va quyoshdek ayon qatʼiyatda) Hayyi Loyamutning, Shamsi Sarmadiyning, Xalloqi Boqiyning va Qoʻmondoni Aqdasning mavjudligining vojibligiga, Uning birligi va borligiga, koinotning mavjudligidan ming daraja ayonroq va qatʼiy ravishda, butun mavjudot alohida-alohida va birgalikda guvohlik beradi.

Koinotni toʻldirgan bu yuksak ovozlarni va kuchli guvohliklarni eshitmaydigan va ularga quloq solmaydigan kimsa naqadar kar, ahmoq va jinoyatchi ekanligini, albatta, angladingiz.

Toʻqqizinchi Kalima. بِيَدِهِ الْخَيْرُ dir. Bu hujjatga juda qisqa ishorat quyidagicha:

Koinotda xar bir doira, xar bir tur, xar bir tabaqa, hatto xar bir shaxs, xar bir aʼzo va hatto xar bir tanadagi har bir hujayraning ehtiyoji boʻlgan rizqini tashiydigan ombori, mahzani hamda kerakli ehtiyojlarini yetkazgan va muhofaza qiladigan bir dalasi va xazinasi borligini, ular oʻta intizom va mezon ichida, tuganmas hikmat va inoyat bilan, vaqti-vaqtida (muhtojlarning iqtidori va ixtiyori xorijida) gʻayb qoʻli tomonidan berilayotganini koʻrib turibmiz.

Masalan, togʻlar jonzotlar va insonga kerakli barcha maʼdanlarni, dori-darmonlarni va hayot uchun zarur boʻlgan narsalarni tashiydi va Bir Zotning amri hamda tadbiri bilan oʻta mukammal bir xazina, ombordir. Yer yuzi ham barcha jonzotlarning rizqlarini Razzoqi Hakimning quvvati bilan yetishtirgan, mukammal oʻlchov va intizomdagi bir ekinzor, xirmon va oshxonadir.

Hatto xar bir inson va uning jismidagi xar bir aʼzoning bir ombori va mahzani, hatto bir hujayraning ham bir ehtiyot omborchasi boʻlgani kabi, oxirat diyorining mahzani – dunyodir, jannatning ekinzori va ombori – bu olamdagi goʻzalliklar, hasanotlar va nurlarni mahsul qilib beruvchi Islomiyat olami va haqiqiy insoniylikdir. Jahannamning bir ombori esa – yomonliklarni, xunuk ishlarni va kufrlarni mahsul qilib beruvchi hamda yomonlik boʻlmish yoʻqlikdan kelib, xayr hisoblangan vujud olamlarini bulgʻaydigan iflos moddalar va toifalardir. Yulduzlarning harorat mahzani – jahannam, nurlar xazinasi esa – jannatdir. بِيَدِهِ الْخَيْرُ kalimasi mazkur cheksiz xazinalarni ishora orqali juda porloq hujjatni koʻrsatmoqda.

Ha, bu kalima va بِيَدِهٖ مَقَالٖيدُ كُلِّ شَىْءٍ yaʼni “Har bir narsaning kalitlari Uning qoʻlidadir” jumlasi orqali – cheksiz keng va tuganmas darajada Allohning ajoyib rububiyati va yagonaligining hujjatini butunlay koʻr boʻlmagan xar bir kishiga koʻrsatadi. Masalan, oʻsha tuganmas xazina va omborlardan faqat quyidagiga qara:

Xar biri katta bir daraxtning yoki porloq bir gulning jihozlarini va taqdirining dasturini tashuvchi kichik omborchalar boʻlgan danak va urugʻlarning kalitlari qoʻlida boʻlgan Mutasarrifi Hakim, bir danakning eshikchasini “Uygʻon!” amri va iroda kaliti bilan toʻla intizom oʻlchovida ochadi. Shuning kabi yer xazinasini ham yomgʻir kaliti bilan ochib, oʻsimliklarning nutfalari boʻlmish barcha donlarni hamda hayvonotning manbaʼlari, qushlar va pashshalarning suv va havodan iborat nutfalarini “Ochil!” amrini olgan butun tomchilar omborchalari bir vaqtda, xatosiz ochiladi. Oʻsha vaqtda, koinotdagi katta va kichik, moddiy va maʼnaviy butun xazina va omborlarni hikmati, irodasi, rahmati va xohish qoʻli bilan, har biriga xos kalitda ochganini bilish va koʻrishni istasang, sening omborchalaring boʻlgan oʻz qalbingga, aqlingga, jasadingga, meʼdangga, bogʻingga hamda zaminning guli boʻlgan bahorga va undagi gullaru mevalarga qara. Ularni mukammal intizom, oʻlchov, rahmat va hikmat bilan gʻayb qoʻli tomonidan “Kun fayakun!” dastgohidan kelgan alohida-alohida kalitlar bilan ochmoqda. Bir dirham keladigan kichik bir qutichadan bir botmon, balki baʼzan yuz botmon taomlarni mukammal intizom bilan chiqarib, jonzotlarga ziyofat bermoqda.