Xizmat Rahbari

Badiuzzamon Said Nursiy

MUQADDIMA

Risola-i Nur maʼnaviy shaxsiyatining muhtaram namoyandasi, abadiy Qurʼon haqiqatlarining jarchisi, yetkazuvchisi va nashr etuvchisi boʻlgan hamda butun shaxsiyatini Risola-i Nur vositasida (Allohning izni bilan) abadiyatga qadar foydalanish va fayz olishga xizmat qiladigan shaklda davom ettirgan Ustozimiz Badiuzzamon Said Nursiy Hazratlarining yoʻli va yoʻnalishiga doir Qurʼondan dars olgan juda muazzam baʼzi haqiqatlarini, iymon xizmatida boʻlgan Nur Shogirdlari uchun doimo yangilanib turadigan darsimiz va xar doim mahkam tutadigan oʻzgarmas dasturimiz, moddiy-maʼnaviy xar qanday toʻsiqlar qarshisida muvaffaqiyatga, Allohning rizosiga eltuvchi eng ahamiyatli rahbarimiz maʼnosida nashr etmoqdamiz.

Chunki Risola-i Nurning doirasi juda kengaydi. Koʻp hilma-hil fikr va mijoz sohiblari bu xizmat safidan joy oldilar. Albatta,

Nur xizmatida boʻladigan Qurʼon shogirdlari qiyomatga qadar bu dasturlar roʻparasida harakat qilishi va muvaffaqiyatga va Allohning rizosiga erishishning faqat bu suratdagina mumkin boʻlishiga qatʼiy ishonch hosil qilishlari uchun butun fikr, xulosa, yoʻl va yoʻnalishlar ustida rostgoʻylik maqomidan joy olgan va Ahli baytning maʼnaviy shaxsiyatining namoyandasi sifatida Qurʼon xizmatining boshiga oʻtgan Ustoz Badiuzzamonning yuksak ixlos, yuksak sadoqat va yuksak fidokorlik maʼnosini oʻz ichiga olgan, koʻrsatgan va ishorat qilgan yoʻnalishiga eʼtibor qaratmoq lozim.

Hozirda butun Islom jomeʼasi Risola-i Nurda tajalliy etgan Qurʼon haqiqatini mahkam tutgan holatdadir. Inson naslining ham jozibador siyosat hodisalarining toʻxtashi natijasida, Allohning rahmati bilan Qurʼon haqiqatlarini mahkam tutishi alomatlari koʻrinmoqda. Ham Qurʼonning haq va haqiqatga, aql va mantiqqa tayanadigan dalil va hujjatga asoslangan va butun masalalarini aqlga tasdiqlatgan bir Muqaddas Kitob ekanligini yer yuzining xar tomonida va koinot sahifalarida nashr etadigan, eʼlon va isbot qiladigan Risola-i Nur bugun Islom va insoniyat olamining taqdir hamda tahsin eʼtiborini jalb etgan vaziyatdadir. Bu eʼtibor bilan Risola-i

Nur noil boʻlgan umumiy muvaffaqiyat va mohiyatining hamda Hazrat Ustoz sazovor boʻlishining asoslarini ifodalash lozim.

Risola-i Nur xizmatida tajalliy etgan Allohning rizosi va tavfiq nurlarining ortidan kelishi va davom etishi uchun, Hazrat Ustoz Badiuzzamonning izidan borgan yoʻl va yoʻnalishi yarim asrga yaqinlashgan uzun xizmat davrida hilma-hil hodisalar, shiddatli tazyiqlar va hujumlar qarshisida moddiy va maʼnaviy toʻsiqlarga nisbatan holati, Allohga niyozi va yashagan ruhiy holati hamda koʻrsatgan azmu sadoqati kabi holatlari "siddiqiyat yoʻnalishi" Nur talabalari uchun ahamiyat bilan tanilishi, anglashilishi va tatbiq qilinishi lozim.

Juda katta eʼtibor bilan diqqat qaratish, tafakkur qilinishi kerak boʻlgan ochiq-oydin bir haqiqat bor. Risolalarda, Maktublarda, Ilovalarda dafʼalarcha yozilganidek, muborak Ustozimizga murojaat qilganlar va ziyoratga kelgan butun ziyoratchilar deyarli umuman, doimo koʻrar edilarki:

Ustozimiz ularning eʼtiborini Risola-i Nurga qaratar edi. Ajabo, buning hikmatining siri nimada? Toʻxtovsiz ravishda nima uchun bu nuqtada urgʻu berar edilar?

Ha, bu muazzam bir haqiqatdir va Hazrat Badiuzzamonga

kafil boʻlgan bir muazzam haqiqatning ifodasi boʻlib, darsimizni Qurʼon haqiqatlari va iymon nurlari xazinasi boʻlgan Risola-i Nurdan olganimizdek, bir-birimiz bilan maʼnaviy munosabat, aloqa, qardoshlik va muhabbat dasturlarimizni ham faqat oʻsha Risola-i Nurdan dars olamiz.

Ha, hozirgi davrda, bu dahshatli va jahonshumul hodisalar zamonida Qurʼon Shogirdlari xususiy va umumiy, shaxsiy va ijtimoiy butun dars va ogohlantirishlarni Risola-i Nur bilan tahsil etajaklar. Chunki Qurʼonning bu asrga boquvchi yuzini va Rasuli Akram Alayhissolatu Vassalomning bu zamondagi diniy vazifadorlik pozitsiyasini kulliy bir maʼno bilan endi bu suratda Risola-i Nur bilan koʻrgan, tushungan holatdamiz.

Ushbu Xizmat Rahbaridagi maqolalar, mavzular Risola-i Nurning “Maktubot”, “Lamʼalar”, “Shuʼlalar”, “Mudofaalar” va “Ilova maktublari”dan olindi va Nur xizmatiga, qisman Nur yoʻnalishiga tegishli mavzularning faqat bir qismidir. Risola-i Nur boshdan-oyoq bor haqiqat va bahslari bilan, Maktubot va Mudofaalar barchasi bu asrda bir ulugʻ Qurʼon shohkoʻchasi boʻlgan siroti mustaqimning jilolangan oynasini bayon qiladi va ifoda etadi. Risola-i Nur muallifi, muazzaz Ustozimiz

uzun yillar davomida Nur xizmatining hilma-hil sahfalarida talabalari bilan birgalikda duchor qilingan turli holatlarda zamon va vaziyatga munosib hamda u holatlarga muvofiq dars berganlar, ogohlantirganlar va irshod qilganlar. Risola-i Nurdagi haqiqatlar, toʻgʻridan-toʻgʻri Qurʼon fayzidan ilhomlangan iymon haqiqatlari boʻlib, zamon va vaziyatga koʻra oʻzgarmas abadiy haqiqatlardir. Ushbu muqaddas haqiqatlarni dars va taʼlim berishda, nashr va eʼlon qilishda xizmatga taalluqli irshod, ogohlantirish, ragʻbatlantirish va qiziqtirishni oʻz ichiga olgan bahs yuritiladigan masalalar oʻzgarmas darslar va asoslar hisoblanib, Nur Talabalari hayotning va xizmatning turli hil soha va sahifalarida ulardan foydalanadi, qiyinchiliklarini yengib oʻtadi. Kengroq foydalanish uchun bu Xizmat Rahbarining manbaʼi boʻlgan Nur Koʻlliyoti va maktubotini mutolaa etishlari lozim. Bu Xizmat Rahbari faqat oʻsha kulliy va muazzam haqiqatning bir kichik namunasidir.

Ushbu Rahbardagi baʼzi qisqa bahslar va jumlalardan tegishli mavzu va jumlalar olingan risolalarga murojaat qilish orqali masalalarni keng isbot va izohlar bilan qoʻlga kiritish, tushinish lozimdir.

Xizmat Rahbarida asosiy tamoyil va haqiqat “Ixlos Risolalari” bilan “Qardoshlik Risolalari”dir.

Ixlos Risolasining oʻn besh kunda bir marta oʻqilishi buyurilishi orqali, ixlos siri va qardoshlikning Nur Talabalari orasida amalda qoʻllanilishining ulugʻvorligi va ahamiyati anglashilmoqda. Bu Xizmat Rahbari Nur Koʻlliyotidan va maktublardan Ixlos va Qardoshlik Risolalaridagi dasturlarni va asoslarni tasdiqlaydigan hamda quvvatlaydigan mavzulardan tashkil topgan.

Janobi Arhamur Rohimiynning butun Asmoi Husnasini shafoatchi qilib bizlarni ixlos siriga muvaffaq aylashini niyoz qilamiz. Omin.

Nur Talabalari

Ey qardoshlarim! Siz, bizning yoʻnalishimizda menlik, anoniyat, shon va sharaf pardasi ostida maqom sohibi boʻlishdan, oʻldiruvchi zahardan qochgandek qochishimizni bilasiz. Uni his ettiradigan ruhiy holatlardan shiddat bilan tiyilamiz. Albatta bu yerda, olti-etti yil koʻzingiz bilan va yirma yildan beri tajribangiz bilan anglagansizlarki, men shaxsimga nisbatan hurmat koʻrsatilishini va maqom berilishini istamayman. Sizlarni oʻsha nuqtada shiddat bilan koyiganman. Menga haddimdan ortiq mavqeʼ bermangiz, deb sizdan xafa boʻlyapman... (Hayot Yoʻli, 302 b.)

Risolatun-Nurga soya solmasligi, taʼsirini ketkazmasligi uchun Said xuddi tuproq kabi kamtarlik, menlikni tark etish va mutlaq tavozeʼda boʻlishi shartdir.... (Kastamonu Ilovasi, 18 b.)

Soʻng insonning eng zaif hissi boʻlgan shon-sharaf va martaba nuqtasida menga juda azob beradigan tarzda uni tutish uchun

buyurilgan haqoratlar, tahqirlar, ogʻir botadigan qiynoqlar qilishdi, lekin hech narsaga muvaffaq boʻla olmadilar. Va ular sigʻinadigan dunyoning shon-sharafini riyokorlik va zararli xudbinlik deb bilishimizni, ular favqulodda ahamiyat beradigan maqom sevgisiga, dunyoviy shon va sharafga bir tiyinchalik ahamiyat bermasligimizni, balki ularni bu jihatdan devona deb bilishimizni qatʼiy ravishda tushunishdi... (Hayot Yoʻli, 515 b.)

Bundan oʻttiz yil avval, Janobi Haqning inoyati bilan dunyoning vaqtinchalik shon va sharafining hamda menlikka asoslangan xudbinlik va shuhratparastlikning naqadar zararli va naqadar foydasiz hamda maʼnosiz ekanini (hadsiz shukrlar boʻlsinki) Qurʼonning fayzi bilan tushungan edim. Oʻshandan beri bor kuchim bilan nafsi ammoram bilan kurashib kelaman. Kamtarlik bilan menlikni tashlash, soxtalik hamda riyokorlik qilmaslik uchun qoʻlimdan kelganicha harakat qilaman. Menga xizmat yoki hamrohlik qilganlar buni qatʼiy bilishadi va guvohlik berishadi.

Xar kim oʻzi haqida boshqalarning goʻzal tasavvur qilishlarini xush koʻradi. Odamlarning eʼtiboridan va shaxsini madhu sano etishlaridan hamda oʻzini maʼnaviy maqom sohibi deb bilishdan, barchaning aksiga yigirma yildan beri bor kuchim bilan qochaman. Xos qardoshlarimning

men haqimdagi goʻzal tasavvurlarini rad etib, xolis qardoshlarining koʻngillarini ogʻritganman. Yozgan javob xatlarimda ularning men haqimdagi madhlarini va haddan ortiq goʻzal tasavvurlarini qabul qilmaganman. Oʻzimni fazilatdan mahrum koʻrsatib, butun fazilatni Qurʼonning tafsiri boʻlgan Risola-i Nurga va bilvosita Nur shogirdlarining maʼnaviy shaxsiyatiga yuklaganman. Oʻzimni oddiy xizmatkor deb bilishim, hurmat olishga harakat qilmaganim, istamaganim va rad etishim qatʼiy isbot qiladiki... (Hayot Yoʻli, 526 b.)

Yangi Said, Eski Said kabi oʻziga hurmat va eʼtibor qozonishni hamda shon va sharaf topishga qatʼiyan qarshidir, qabul qilmaydi... (Hayot Yoʻli, 495 b.)

Men nafsimni oqlamayman, nafsim xar yomonlikni istaydi. Bu foniy dunyoda, shu vaqtinchalik musofirxonada, keksalik davrida, qisqa umrda, ozgina lazzat uchun boqiy, doimiy hayotini va abadiy saodatini barbod qilish aql egalarining ishi emas. Aql va shuur egalarining ishi boʻlmagani uchun, nafsi ammoram istar-istamas aqlga tobeʼ boʻldi... (Maktubot, 68 b.)

Ha, nafsini xush koʻridagan va nafsiga tayangan kishi badbaxt kimsadir. Nafsining aybini koʻradigan kishi baxtiyor kishidir... (Maktubot, 329 b.)

Sharaf manbai deb bilgan butun ajdodini va iftixor manbaʼi deb bilgan butun oʻtganlarini hamda ruhan tayanch nuqtasi deb qabul qilgan salafi solihiynning nurli yoʻllarini tark etib, havasga berilib, havoyi nafsga qullik qilib, riyokorlik bilan, shuhratparastlik bilan, bidʼatchilik bilan ishlar va harakatlar qilsa maʼnan butun haqiqat va iymon ahlining eʼtiborida eng tuban mavqega tushadi... (Maktubot, 414 b.)

Toʻrtinchi qadamda:

(28:88) darsini bergani kabi, nafs oʻzini erkin, mustaqil va oʻz-oʻzidan mavjud deb biladi. Undan bir navi rububiyatni, (parvardigorlikni) daʼvo qiladi. Ichida maʼbudiga adovatli isyonga ega. Undan quyidagi haqiqatni tushunish orqali qutuladi. Haqiqat shundan iboratki:

Hamma narsa oʻz nafsida ismiy maʼnosi bilan (shaxsan oʻzi) foniy, yoʻq, keyindan paydo boʻlgan, mavjud emasdir. Lekin harfiy maʼnosi bilan (Allohga tegishli yuzi) va Soneʼi Zuljalolning Ismlariga oyna boʻlish jihati hamda vazifa yuklanganlik eʼtibori bilan koʻrgan, koʻringan, bor boʻlgan va mavjuddir. Bu maqomda nafsning poklanishi va tozalanishi shuki, mavjudligida yoʻqlik, yoʻqligida esa mavjudligi bor. Yaʼni, oʻzini mustaqil deb bilsa, oʻziga mustaqil vujud nisbat qilsa, koinotchalik yoʻqlik zulmatlari ichida boʻladi.

Yaʼni, oʻz vujudiga tayanib Haqiqiy Mujiddan gʻaflatda boʻlsa, xuddi yaltiroq qoʻngʻiz kabi shaxsiy vujud yogʻdusi, cheksiz yoʻqlik zulmatlari va ayriliqlar ichida qoladi, boʻgʻiladi. Lekin menlikni tashlab, nafsining oʻzi hech ekanligini va Haqiqiy Mujidning tajalliy oynasi ekanligini koʻrgan vaqtda, butun mavjudotni va nihoyasiz mavjudlikni qoʻlga kiritadi. Chunki, butun mavjudot Ismlarining jilvalariga noil boʻlgan Vojibu-l Vujud Zotni topgan qalb, hamma narsani topadi... (Maktubot, 460 b.)

Oliy maqsad boʻlmasa yo unutilsa yoki unutilganga solinsa, odamlar menlarga aylanib, uning atrofida aylanishni boshlaydi... (Maktubot, 472 b.)

Bir fikrga chaqirish, jumhur ulamolarning qabul qilishiga bogʻliq. Aks holda u daʼvat bidʼat boʻladi, rad etiladi... (Maktubot, 470 b.)

Allohning ehsonidan ortiq ehson, ehson emas. Hamma narsani boricha taʼriflamoq kerak... (Maktubot, 473 b.)

Jamoatda haqiqiy birdamlik va butunlik boʻlmasa, jamlash va qoʻshish, kasr sonlarni bir-biriga koʻpaytirish kabi kichraytiradi... Insonlarda sogʻlom va istiqomatli birlik boʻlmasa, koʻpayish bilan kichrayadi, buzuq chiqadi, qiymatsiz boʻladi... (Maktubot, 475 b.)

Aziz, siddiq qardoshlarim! Biz ham sizning Ramazoningizni tabriklaymiz. Koʻrgan tushlaringiz juda ham muborakdir. Inshoalloh, Alloh taolo sizni katta ehsonlarga noil qiladi, degan bir ishoratdir.

Menimcha, hozirgi davrda eng katta ehson va vazifa – iymonni qutqarish, boshqalarning iymoniga quvvat berishga harakat qilishdir. Menlik va gʻururga sabab boʻladigan narsalardan chekining. Tavozeʼ, kamtarlik va menlikni tark etish hozirgi davrda haqiqat ahliga lozim va zarur. Chunki bu asrda eng katta xatar menlikdan va xudbinlikdan kelib chiqadi. Shu bois haq va haqiqat ahli doim kamtarlik bilan aybini koʻrishi va nafsini ayblashi kerak.

Siz kabi ogʻir sharoitlar ichida qahramonlarcha iymonini va qulligini muhofaza qilish, katta maqomdir... Modomiki sizda katta himmat va quvvatli iymon bor ekan, minglar, balki yuz minglar shogirdlarning oxiratdagi maʼnaviy shirkatlariga hissador boʻlish uchuye toʻliq ixlos va tom kamtarlik, sabot bilan Risola-i Nurga shogird boʻling.

Shunda xayrli, yaxshi ishlaring shaxsiylikdan chiqib umumiylashadi, oxiratga toʻliq foydali tijoratga aylanadi.

Said Nursiy

(Hayot Yoʻli, 482 b.)

(Bir qardoshimiz aybini koʻrmagani munosabati bilan, uni ogohlantirish uchun yozilgan nozik bir masaladir. Balki sizga foydasi boʻlar deb yozdik.)

Bir vaqtlar ulugʻ avliyolardan, nafsi ammorasidan qutulganlardan bir necha zotlarning shiddatli nafs mujohada etganlarini va nafsi ammoradan shikoyat qilganlarini koʻrdim. Juda hayratda qodim. Ancha vaqtdan keyin, nafsi ammoraning oʻz hiylalaridan tashqari,

yanada shiddatli va yanada koʻproq gapga quloq solmaydigan,

yanada ziyoda yomon axloqlarni davom ettiradigan,

hamda havas, his, asab, tabiat va hissiyot qorishmasidan chiqadigan,

nafsi ammoraning soʻnggi panohgohi boʻlgan,

hamda nafsi ammorani poklagandan keyin uning eski yomon vazifasini bajaradigan,

kurashni umrning oxirigacha davom ettiradigan bir maʼnaviy nafsi ammorani koʻrdim.

U muborak zotlar haqiqiy nafsi ammoradan emas, balki majoziy bir nafsi ammoradan shikoyat qilganlarini koʻrdim. Soʻng, Imom Rabboniy ham ushbu

majoziy nafsi ammoradan xabar berganini koʻrdim. Ushbu ikkinchi nafsi ammorada shuursiz, koʻr hissiyotlar boʻlgani uchun, tuzalishi va aybini tushunishi uchun, tarsakilar va azoblar bilan nafratlanib yoki toʻliq fidoiylik bilan barcha hissini maqsadiga fido qilishi uchun, Risola-i Nurning ustunlari kabi barcha narsasini, menligini tashlashi uchun aql va qalbning gapini tushunmaydi va tinglamaydi.

Bu ajab asrda dahshatli emlash va shprits bilan ham haqiqiy, ham majoziy ikki nafsi ammora birlashib, shunday yomonliklarga, gunohlarga sevib kirmoqdaki, koinotni gʻazabga keltirmoqda. Hatto oʻzim, bir daqiqa ichida (yirma pullik) arzimas bir siqilishni, (oltmish soʻmlik) hasanadan afzal koʻrishga harakat qildim.

Yana oʻn daqiqada, katta maʼnaviy kurashda, men tomonda qirq ikkilik toʻpdek dushmanlarimga otilib yoʻl ochganiga qaramay, ikki nafsi ammoraning vaqtinchalik gʻaflat fursatida, xudbinlik va ustunlikka moyillik kabi juda zulmli va zulmatli hissi bilan, shukr va tashakkur oʻrniga, "Nega men otmadim" deb, eng xunuk riyo va raqobat hissini bildirdi. Alloh taologa yuz ming shukrlar qilamanki, Risola-i Nur va xususan “Ixlos Risolalari” oʻsha ikki nafsning butun hiylalarini yoʻqotdi