Sunnat Darajalari va Bidʼat Hastaliklari

Badiuzzamon Said Nursiy

Sunnat Darajalari va Bidʼat Hastaliklari

(Oʻttiz birinchi Maktubning birinchi qismi, xar doim, xususan shom va xufton oʻrtasida oʻttiz uch martadan oʻqilishi juda fazilatli boʻlgan mazkur muborak kalimalarning xar birining koʻp nurlaridan bir-bir nurlarini koʻrsatgan olti Yogʻdudan iborat.)

Birinchi Yogʻdu

Hazrati Yunus Ibn Matto ala Nabiyyina va Alayxissalotu Vassalomning munojoti, eng azim munojotdiryu Hamda, duolar ijobat boʻlishining eng muxim sababidir. Hazrati Yunus Alayxissalomning mashxur qissasining xulosasi quyidagicha: Dengizga tashlanganlar, katta bir baliq u kishini yutgan. Dengiz toʻfonli, tun notinch va qorongʻu, xar tarafdan umid uzilgan xolatda لَٓا اِلٰهَ اِلَّٓا اَنْتَ سُبْحَانَكَ اِنّٖى كُنْتُ مِنَ الظَّالِمٖينَ (21:87) munojoti, u zotga juda tez najot topish vositasi boʻlgan.

Ushbu munojotning buyuk sirri quyidagicha:

Oʻsha xolatda sabablar batamomtaʼsirini yoʻqotgan edi. Chunki ushbu xolatda u kishiga najot beradigan, hukmi ham baliqqa, ham dengizga, ham tunga, ham osmonga oʻtadigan Zot lozim edi. Chunki u kishiga qarshi “tun, dengiz va baliq” birlashgan edi. Ushbu uchta sababni birdan amriga boʻysundira oladigan Zot u kishini najot sohiliga chiqara olar edi. Agar jamiki insonlar u kishiga xizmatkor va yordamchi boʻlgan taqdirda ham, bir tiyinlik foydasi boʻlmas edi. Demak, sabablarning taʼsiri yoʻq. U kishi Musabbib-ul Asbob (sabablarni yaratuvchisi boʻlgan Alloh (J.J.))dan boshqa hech qanday panox topadigan joy yoʻqligini aynalyaqiyn (koʻz bilan) koʻrganlari va tavhid nuri ichida ahadiyat siri ochilgani uchun, bu munojot birdaniga tunni, dengizni va baliqni boʻysundiradi. Tavhid nuri bilan baliqning qornini suv osti kemasiga, zilzilali, togʻdek toʻlqinlar daxshati ichidagi dengizni xavfsiz saxroga, sayrgoh va koʻngil ochish maydoniga aylantiradi, samo yuzini bulutlardan tozalab, Oyni chiroq kabi boshi ustiga qoʻyadi. U kishiga xar tarafdan tahdid va tayziq oʻtkazgan maxluqlar, hamma tomondan doʻstlik qila boshlaydi. Nihoyat, najot soxiliga chiqib, yaqtiyn daraxti ostida Rabboniy lutfni koʻradilar.

Biz Hazrati Yunus Alayhissalomning birinchi holatidan yuz daraja dahshatli xolatdamiz. Tunimiz kelajagimiz boʻlib, gʻaflat nazari bilan qaraganda u kishining tunidan yuz daraja qorongʻuroq va daxshatliroqdir. Dengizimiz shu sargardon kurrai zaminimizdir. Bu dengizning xar bir toʻlqinida minglab mayyit mavjud boʻlib, u kishining dengizidan ming daraja qoʻrqinchliroqdir. Bizning havoi-nafsimiz baligʻimiz boʻlib, abadiy hayotimizga tahdid solib, yoʻq qilishga urinmoqda. Bizning baligʻimiz u zotning baliqlaridan ming daraja zararliroqdir. Chunki u zotning baliqlari yuz yillik hayotni yoʻq qilar edi. Bizning baligʻimiz esa yuzlab million yillar hayotni yoʻq qilishga harakat qilmoqda.

Modomiki haqiqiy xolatimiz shunday ekan, biz ham Hazrati Yunus Alayhissalomga iqtido qilib, barcha sabablardan yuzimizni oʻgirib, toʻgʻridan toʻgʻri Musabbib-ul Asbob boʻlgan Rabbimizga iltijo qilib, لَٓا اِلٰهَ اِلَّٓا اَنْتَ سُبْحَانَكَ اِنّٖى كُنْتُ مِنَ الظَّالِمٖينَ (21:87) deyishimiz va aynalyaqiyn (koʻrish aniqligida) tushunishimiz kerakki,gʻaflat va zalolatimiz sababli bizga qarshi birlashgan kelajak, dunyo va havoi-nafsning zararlarini daf qiladigan faqat shunday Zotga muhtojmizki, kelajak Uning amri, dunyo hukmi, nafsimiz idorasi ostidadir.

Ajabo, qalbimizga kelgan eng nozik va eng yashirin xotiralarni biladigan, biz uchun oxiratni yaratib, kelajakni yoritadigan va dunyoning yuz ming boʻgʻuvchi toʻlqinlaridan bizlarni qutqaradigan Yer va Osmonning Yaratuvchisidan boshqa yana qanday sabab boʻlishi mumkin? Aslo, Vojibul Vujud Zotdan boshqa hech narsa, hech bir jixatdan Uning izni va idorasi boʻlmasdan yordam bera olmaydi va xaloskor boʻla olmaydi. Modomiki haqiqiy xolat shunday ekan. Oʻsha munojot natijasida baliq Hazrati Yunus Alayhissalomga ulov va suv osti kemasi, dengiz guzal saxro, tun esa oydin, latif suratga kirgan ekan, biz ham shu munojotning sirri bilanلَٓا اِلٰهَ اِلَّٓا اَنْتَ سُبْحَانَكَ اِنّٖى كُنْتُ مِنَ الظَّالِمٖينَ (21:87) deyishimiz kerak.

Iymon nuri va Qurʼonning shuʼlasi bilan kelajagimiz nurlanishi, tunimizning daxshati va qoʻrqinchi doʻstlik va sayrga aylanishi uchun لَٓا اِلٰهَ اِلَّٓا اَنْتَ jumlasi bilan kelajagimizga, سُبْحَانَكَ soʻzi bilan dunyoimizga, اِنّٖى كُنْتُ مِنَ الظَّالِمٖينَ ifodasi bilan nafsimizga Allohning marxamat nazarini jalb qilishimiz kerak. Oʻlim va hayotning bardavom almashishi orqali sanoqsiz mayyitlar yillar va asrlar toʻlqinlari ustiga minib yoʻqlikka tashlangan dunyoimiz va zaminimizda, Qurʼoni Hakimning dastgohida yasalgan maʼnaviy kema xisoblangan Islomiyat haqiqati ichiga kirib salomatlik bilan oʻsha dengizning ustida aylanib, oxiri salomatlik soxiliga chiqib, hayotimizning vazifasini tugatishimiz kerak. Dengizning toʻfonlari va zilzilalari, kino pardalari kabi sayrning manzaralarini yangilab, qoʻrquv va daxshat oʻrniga, ibrat va tafakkur koʻzini quvontirib, siylab yoritishi kerak. Shunda Qurʼonning sirri, Furqonning tarbiyasi orqali nafsimiz bizga minmaydi, balki ulovimizga aylanib, bizni unga mindirib, abadiy hayotimizni qoʻlga kiritish uchun kuchli vositamiz boʻladi.

Xulosa shuki, modomiki inson, mohiyatining qamrovli ekani eʼtibori bilan bezgakdan azob chekkani kabi yerning zilzilalaridan, silkinishlaridan va koinotning qiyomat hangomidagi ulkan, buyuk zilzilasidan ham azob chekadi. Inson mikroskopik mikrobdan qoʻrqqanidek, ulkan samoviy jismlardan chiqqan dumli yulduzdan ham qoʻrqadi.

Honadonini sevganidek, ulkan dunyoni ham sevadi.Kichik bogʻini sevgani kabi, cheksiz, abadiy Jannatni ham sogʻinib sevadi. Albatta, bu sifatlarga ega insonning Maʼbudi, Rabbi, boshpanasi, xaloskori, talabi shunday bir Zot boʻlishi mumkinki, umum koinot Uning tasarrufi ostida, zarralar va sayyoralar esa amri ostidadir. Albatta shunday bir inson doim Yunus (A.S.) kabi لَٓا اِلٰهَ اِلَّٓا اَنْتَ سُبْحَانَكَ اِنّٖى كُنْتُ مِنَ الظَّالِمٖينَ deyishga muxtojdir.

Ikkinchi Yogʻdu

Sabr qahramoni Hazrati Ayyub Alayhissalomning ushbu munojotlari ham sinalgan, ham taʼsirlidir. Biz bu oyatdan iqtibos olib munojotimizda رَبِّ اِنّٖى مَسَّنِىَ الضُّرُّ وَاَنْتَ اَرْحَمُ الرَّاحِمٖينَ deyishimiz kerak. Hazrati Ayyub Alayhissalomning mashxur qissalarining xulosasi quyidagicha:

U zot juda koʻp yara-chaqa ichida ancha muddat qolganlar. Kasallikning buyuk mukofotini oʻylab, mukammal sabr bilan bardosh berganlar. Soʻng yaralaridan paydo boʻlgan qurtlar u kishining qalb va tillariga yopishgan vaqti, Allohning zikri va maʼrifatining joyi boʻlgan qalbi va tillariga tekkani uchun, qullik vazifasiga zarar yetadi degan oʻy bilan, oʻz istirohatlari uchun emas, balki Allohga qullik uchun, “Rabbim! Menga zarar yetdi, tildagi zikrimga va qalban qulligimga zarar bermoqda”, deb munojot qiladilar. Janobi Haq u xolis va sof, gʻarazsiz, Oʻzi uchun qilingan munojotni juda ajoyib suratda qabul qiladi.Mukammal salomatlik ehson qilib, turli marxamatlariga noil aylaydi. Bu Yogʻduda “Besh Hikmat” bor.

Birinchi hikmat.

Hazrati Ayyub Alayhissalomning zoxiriy yaralari oʻrniga, bizning botiniy, ruxiy va qalbiy kasalliklarimiz bor. Ichimiz tashqariga, tashimiz ichimizga oʻgirilsa, Hazrati Ayyubdan ham battar yarali va kasalmand boʻlib chiqamiz. Chunki qilgan xar bir gunohimiz, aqlimizga kirgan xar bir shubha qalb va ruhimizda yaralar ochadi. Hazrati Ayyub Alayhissalomning yaralari qisqagina dunyoviy hayotlariga xavf solgan edi. Bizning maʼnaviy yaralarimiz esa, juda uzun abadiyhayotimizga xavf solmoqda. Hazrati Ayyubningmunojotlariga u kishidan koʻrabizlar ming marta muhtojroqmiz. Xususan, u Hazratning yaralaridan vujudga kelgan qurtlar qalb va tillariga yopishgani kabi, gunohlardan kelgan yaralar va yaralardan hosil boʻlgan vasvasalar, shubhalar (Alloh saqlasin) iymonning joyi boʻlgan qalb ichiga yopishib, insonning iymoniga ziyon yetkazadi va iymonning tarjimoni boʻlgan tilning ruhiy zavqiga yopishib, bizlarni zikrdan nafrat bilan uzoqlashtiradi.

Ha, gunoh qalbga kirib, qoraytira-qoraytira, iymon nurini chiqarguncha qattiqlashtiradi. Xar bir gunoh ichida kufrga olib boradigan yoʻl bor. Gunoh istigʻfor bilan tez yoʻq qilinmasa, qurt emas, balki kichik maʼnaviy ilon boʻlib qalbni chaqadi.

Masalan, uyaltiradigan gunohni yashirincha qilgan odam, boshqalarning xabardor boʻlishidan juda ham uyalgani uchun, farishtalar va ruhoniy borliqlarning mavjudligi unga juda ogʻir keladi. Kichik bahona bilan ularni inkor qilishni orzu qiladi.

Yana, jahannam azobiga sabab boʻladigan katta gunoh qilgan odam, Jahannamning tahdidlarini eshitganda istigʻfor bilan unga qarshi qalqon tutmasa, butun ruhi bilan Jahannamning boʻlmasgini orzu qiladi. Soʻng, kichik bahona va shubha Jahannamni inkor qilishga jasorat beradi.

Yana, kichik boshligʻidan arzimagan ishni bajarmagani uchun olgan tanbehidan ranjiydigan odam, farz boʻlgan namozini va qullik vazifasini ado qilmagani sababli Azal va Abad Sultonining farzlarni amr qilgan taʼkidlariga nisbatan qilgan tanballigi qattiq iztirob beradi. Iztirobdan maʼnan, “Koshki qullik vazifasi boʻlmasa edi” deb, orzu qiladi. Bu orzudan Allohga maʼnaviy adovatni ichiga olgan inkor istagi uygʻonadi. Qalbiga Allohning borligiga doir bitta shubha kelsa, qatʼiy dalil kabi uni mahkam tutishni istaydi va unga ulkan halokat eshigi ochiladi. U badbaxt, qullik vazifasidagi arzimas mashaqqat evaziga, inkori orqali oʻzini u qiyinchilikdan millionlab marta daxshatliroq maʼnaviy mashaqqatlarga duchor qilganini bilmaydi. Pashshaning chaqishidan qochib, ilonning chaqishini qabul qiladi va hokazo... Bu uch misolga qiyoslanib بَلْ رَانَ عَلٰى قُلُوبِهِمْ (83:14) oyatining sirri tushunilsin.

Ikkinchi hikmat.

Yigirma Oltinchi Soʻzda taqdir masalasining sirriga doir bayon qilingani kabi, musibat va kasalliklarda insonlarning shikoyat qilishga uch jihatdan haqqi yoʻq.

Birinchi Jihat: Janobi Haq, insonga kiydirgan vujud libosini Oʻz sanʼatiga noil qiladi. Insonni model qilib, vujud libosini model ustida kesadi, bichadi, almashtiradi, oʻzgartiradi, turli Ismlarining jilvasini koʻrsatadi. Shofiy Ismi kasallikni taqozo qilgani kabi, Razzoq Ismi ham ochlikni iqtizo qiladi va hokazo...مَالِكُ الْمُلْكِ يَتَصَرَّفُ فٖى مُلْكِهٖ كَيْفَ يَشَٓاءُ (Mulkning moliki (egasi) oʻz mulkida xohlaganidek tasarruf etadi.)

Ikkinchi Jihat: Inson musibatlar bilan, kasalliklar bilan poklanadi, kamol topadi, quvvatgakiradi, taraqqiy etadi, natija beradi, takomillashadi, hayot vazifasini bajaradi. Bir xil, istirohat toʻshagidagi hayot, butunlay yaxshilik hisoblangan mavjudlikdan koʻra, batamom yomonlik sanalgan yoʻqlikka yaqindir va unga olib boradi.

Uchinchi Jihat: Bu dunyo imtihon va xizmat joyidir, lazzat, maosh va mukofot joyi emas. Modomiki xizmat va qullik makoni ekan, kasalliklar va musibatlar, dinga oid musibat boʻlmasligi va sabr qilish sharti bilan, xizmatga va qullikka juda mos boʻladi va quvvat beradi. Insonning xar bir soatini bir kunlik ibodatga aylantirgani uchun, shikoyat emas, shukr qilish kerak.

Ibodat ikki qismga boʻlinadi: Biri musbat, ikkinchisi manfiy. Musbat qismi maʼlum. Manfiy qismiga kelsak, kasalliklar va musibatlar kelgan jabrdiyda inson zaifligi va ojizligini his qilib, Rabbi Rahimiga iltijo tarzida yuzlanib, Uni oʻylab, Unga yolvorib, xolis qullik qiladi. Bu qullikka riyo kira olmaydi, xolis boʻladi. Agar sabr qilsa, musibatning mukofotini oʻylasa, shukr qilsa, xar bir soati bir kun ibodatga aylanadi. Qisqagina umri uzun bir umrga aylanadi. Hatto ayrim musibatlar, bir daqiqasi bir kun ibodat hisobiga oʻtadi. Hatto bir kuni oxirat qardoshim, Muhojir Hofiz Ahmad ismli zotning mudhish kasalligi uchun koʻp xavotir oldim. Shunda qalbimga, “Uni tabrikla. Xar bir daqiqasi bir kun ibodatga aylanmoqda”, deb eslatildi. Zotan u kishi sabr ichida shukr qilar edi.

Uchinchi hikmat.

Bir-ikki Soʻzda bayon qilganimiz kabi, xar bir inson oʻtgan hayotini oʻylasa, qalbiga va tiliga yo “Eh” yoki “Oh!” keladi. Yaʼni, yo afsuslanadi yoki “Alhamdulilloh” deydi. Oʻtgan davr lazzatlarining zavol topishi va ketganidan kelib chiqqan maʼnaviy azoblar afsuslantiradi. Chunki lazzatning zavol topishi azobdir. Baʼzan vaqtinchalik bir lazzat doimiy azob beradi. Oʻylash esa oʻsha azobni kuchaytiradi, nadomat chektiradi. Avvalgi hayotida oʻtkazgan vaqtinchalik azoblar zavol topganidan kelib chiqqan maʼnaviy va doimiy lazzat “Alhamdulilloh” dediradi. Bu tabiiy holat bilan birga, musibatlarning natijasi hisoblangan savob, uxroviy mukofot va insonning qisqa umri musibat vositasida uzun umrga aylanishini oʻylasa, sabrdan koʻra koʻproq shukr qiladi. “Alhamdulillahi ala kulli hal sival kufri vazzolal” deyishni taqozo qiladi. “Musibat zamoni uzun”, maʼnosidagi mashhur soʻz bor. Ha, musibat zamoni uzundir. Ammo insonlar tushunchasiga koʻra, mashaqqatli boʻlgani uchun uzun emas, balki uzun bir umr kabi hayotiy natijalar bergani uchun uzundir.

Toʻrtinchi hikmat.

Yigirma Birinchi Soʻzning birinchi maqomida bayon qilingani kabi: Janobi Haq insonga bergan sabr kuchini vahimalar yoʻlida sarflamasa, xar musibatga kifoya qiladi. Lekin vahimaning bosimi, insonning gʻaflati bilan va foniy hayotni boqiy deb oʻylashi sababli, sabr quvvatini oʻtmish va kelajakka sarflagani uchun, sabri holi-hozirdagi musibatga kifoya qilmaydi, shikoyat qilishni boshlaydi. Goʻyo (Alloh saqlasin) Janobi Haqni insonlarga shikoyat qiladi. Juda haqsiz boʻlib, telbalarcha shikoyat qilib sabrsizlik qiladi. Chunki oʻtgan xar bir kun, musibat boʻlsa, zahmati ketgan, rohati qolgan. Azobi ketgan, zavol topganidan keyingi lazzati qolgan. Mashaqqati oʻtib ketgan, savobi qolgan. Bundan shikoyat emas, aksincha lazzatlanib shukr qilish lozim boʻladi. Ulardan ranjish emas, aksincha sevinish kerak. Uning oʻtgan foniy umri musibat vositasida boqiy va baxtiyor umrga aylanadi. Ulardagi azoblarni vahima bilan oʻylab bir qism sabrini ularga sarflash, telbalik hisoblanadi. Ammo kelasi kunlar esa modomiki hali kelmagan ekan, endi keladigan kasallik yoki musibatni hozirdan oʻylab sabrsizlik va shikoyat qilish ahmoqlikdir. “Ertaga, indinga och qolaman, suvsiz qolaman” deb, bugun suv ichish, non yeyish naqadar ahmoqona devonalik boʻlsa, kelasi kunlardagi, yaʼni hozir mavjud boʻlmagan musibat va kasalliklarni oʻylab, ulardan qaygʻuga tushish, sabrsizlik qilish, majbur boʻlmasada oʻz-oʻziga zulm qilish shunday ahmoqlik boʻlib, shafqat va marhamatga loyiq boʻlmaydi.

Xulosa. Shukr neʼmatni orttirgani kabi, shikoyat musibatni ziyodalashtiradi, yana marhamatga ham noloyiq boʻladi. Birinchi Jahon Urushining birinchi yili Erzurumda muborak bir zot daxshatli kasallikka giriftor boʻlgan edi. Yoniga bordim, menga, “Yuz kechadan beri boshimni yostiqqa qoʻyib yota olmadim”, deb achchiq shikoyat qildi. Men juda ham achindim. Birdan hayolimga, “Qardoshim, oʻtgan mashaqqatli yuz kuning hozir sevinchli yuz kunga aylangan. Ularni oʻylab shikoyat qilma, ularga qarab shukr qil. Keladigan kunlar esa, modomiki hali kelmagan ekan, Rabbing Rahmonir Rahimning rahmatiga tayanib, kaltak yemasdan yigʻlama, yoʻq narsadan qoʻrqma, yoʻqlikka mavjudlik rangini berma. Hozirgi soatni oʻyla, sendagi sabr kuchi bu soatga kifoya qiladi. Telba qoʻmondon kabi, chap qanot dushman kuchi uning oʻng qanotiga qoʻshilsa, yangi bir kuch qoʻshadi. Dushmanning oʻng qanoti hali chap qanotga kelmasdan, u kuchni olib markaz kuchini oʻngu-soʻlga tarqatib zaiflashtiradi, dushman arzimas kuch bilan markazni xarob qiladi. Qardoshim, sen bunday qilma, bor kuchingni shu soatga qarat. Allohning Rahmatini, uxroviy mukofotni, foniy va qisqa umringni uzun va boqiy hayotga aylantirganingni tushun. Bu achchiq shikoyat oʻrniga sevinchli shukr qil”, dedim. Shunda u toʻliq yengil tortib, “Alhamdulilloh, kasalligim oʻndan birga kamaydi”, dedi.