SAKKIZINCHI MAKTUB
اَلرَّحْمٰنِ الرَّحٖيمِ Ismlari بِسْمِ اللّٰهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحٖيمِ ga kirganining va xar bir muborak narsaning boshida zikr qilinishlarining koʻp hikmatlari bor. Ularning bayonini boshqa vaqtga qoldirib, hozircha oʻzimning bir hissimni aytaman.
Qardoshim, men اَلرَّحْمٰنِ الرَّحٖيمِ Ismlarini shunday bir nuri aʼzam tarzida koʻryapmanki, butun koinotni ihota etgan va xar ruhning butun abadiy ehtiyojlarini qondiradigan va hadsiz dushmanlaridan saqlaydigan, nurli va quvvatli koʻrindi. Bu ikki nuri aʼzam boʻlgan Ismlarga yetishish uchun topgan eng muhim vositam – faqr bilan shukr, ojizlik bilan shafqatdir. Yaʼni, qullik va katta ehtiyojdir.
Bu masala munosabati bilan xotirga kelgan va muhaqqiqiyn olimlarga, hatto bir ustozim boʻlgan Imom Rabboniyga muxolif oʻlaroq aytaman: Hazrat Yoqub Alayhissalomning Yusuf Alayhissalomga qarshi qattiq va porloq hissiyoti, muhabbat va ishq emas, balki shafqatdir. Chunki shafqat, ishq va muhabbatdan koʻra gʻoyat keskin va porloq, oliy va pokdir, maqomi nubuvvatga loyiqdir. Lekin muhabbat va ishq majoziy mahbublarga va maxluqlarga nisbatan haddan ortsa, oliy nubuvvat maqomiga loyiq boʻlmaydi. Demak, Qurʼoni Hakiymning porloq iʼjozi bilan, ochiq-ravshan koʻrsatgan va Rahiym Ismiga yetishga vosita boʻlgan Yoqub (A.S.) hissiyoti shafqatning yuksak darajasidir. Vadud Ismiga yetishga vosita boʻlgan ishq esa, Zulayhoning Yusuf Alayhissalomga qarshi boʻlgan muhabbati masalasidadir.
Demak, Qurʼoni Moʻjiz-ul Bayon Hazrat Yoqub Alayhissalomning hissiyotini qay daraja Zulayhoning hissiyotidan yuksak koʻrsatgan boʻlsa, shafqat ham shu daraja ishqdan yanada yuksakdir. Ustozim Imom Rabboniy majoziy ishqni nubuvvat maqomiga uncha munosib koʻrmagani uchun, "Yusuf (A.S.)ga oid goʻzal sifatlar uxraviy goʻzallik navʼidan boʻlgani uchun, kamchilik hisoblanishi u kishiga muhabbat majoziy muhabbatlar turidan emas", deganlar. Men esa, "Ey Ustoz! Bu takallufli sharhdir. Haqiqat shuki, u muhabbat emas, balki muhabbatdan yuz marta porloqroq, kengroq, yuksakroq shafqat martabasidir", deyman. Ha, shafqat butun navʼlari bilan latif va nazihdir. Ishq va muhabbat esa, koʻp turlarga boʻlinmaydi.
Shafqat juda keng hamdir. Bir kishi, shafqat koʻrsatgan avlodi bois butun bolalarga, hatto ruh sohiblariga shafqatini qamra ydi va Rahiym Ismining ihotasiga bir navʼ oynalik qiladi. Xolbuki ishq mahbubiga qaray-qaray, hamma narsani unga fido qiladi yoki mahbubini ulugʻlaydi va sano etish uchun boshqalarini pastga uradi va maʼnan ayblaydi va hurmatlarini ketkazadi. Masalan, bir kishi, "Quyosh mahbubimning husnini koʻrib uyaladi, koʻrmaslik uchun bulut pardasini boshiga tortadi", degan. Ey oshiq afandi! Nima sening sakkiz Ismi Aʼzamning bir nuroniy sahifasi boʻlgan Quyoshni bu shaklda uyaltirishiga nima haqqing bor?
Shafqat xolis hamdir, evaz istamaydi. Sof va begʻarazdir. Hatto eng oddiy martabada hayvonotning bolalariga fidokorona, begʻaraz shafqati bunga dalildir. Lekin ishq haq istaydi va evaz talab qiladi. Ishqning yigʻilari bir navʼ talabdir, evaz soʻrashdir.
Demak, Qurʼon suralarining eng porlogʻi boʻlgan Yusuf surasining eng porloq nuri boʻlgan Hazrat Yoqubning (A.S.) shafqati, Rahmon va Rahiym Ismini koʻrsatadi va shafqat yoʻli, rahmat yoʻli ekanini bildiradi va shafqat azobiga davo sifatida فَاللّٰهُ خَيْرٌ حَافِظًا وَهُوَ اَرْحَمُ الرَّاحِمٖينَ dediradi.
Said Nursiy
Uchinchi Yogʻdu
(Bu Yogʻduga bir daraja his va zavq qoʻshilgan. His va zavqning joʻshqinliklari aqlning dasturlarini, fikr mezonlariga quloq solmagani va rioya qilmagani sababli, bu Yogʻdu mantiq mezonlari bilan oʻlchanmasligi kerak.)
oyatining mazmunini ifoda qilgan ikki يَا بَاقٖى اَنْتَ الْبَاقٖى ۞ يَا بَاقٖى اَنْتَ الْبَاقٖى jumlasi ikkita muhim haqiqatni ifoda qiladi. Shuning uchun Naqshbandiy raislaridan bir qismi oʻzlari uchun bu ikki jumladan iborat maxsus Naqshbandiy xatmini joriy etganlar. Modomiki bu ikki jumla ushbu buyuk oyatning mazmunini ifoda etar ekan, bu ikki muhim haqiqatning bir nechta hikmatini bayon qilamiz.
BIRINCHI HIKMAT.
Birinchi يَا بَاقٖى اَنْتَ الْبَاقٖى jumlasi jarrohlik amaliyoti hisoblanib, qalbni mosivo (Allohdan boshqa barcha narsalar)dan ajratadi, kesadi. Maʼlumki, inson mohiyati qamrovlidir. Shuning uchun aksar mavjudot bilan aloqadordir. Hamda insonning umum mohiyatida cheksiz muhabbat isteʼdodi joylashtirilgan. Shuning uchun inson umum mavjudotni sevadi. Ulkan dunyoni oʻz uyi, abadiy Jannatni bogʻi kabi sevadi. Xolbuki u sevgan mavjudot oʻtkinchi boʻlgani uchun firoqdan doim azob chekadi. Uning bu cheksiz muhabbati cheksiz maʼnaviy azobga sabab boʻladi. Azob chekishiga sabab boʻlgan ayb, nuqson insonning oʻziga oid boʻladi. Chunki uning qalbidagi cheksiz muhabbat isteʼdodi cheksiz boqiy jamolga ega boʻlgan Zotga yuzlanish uchun berilgan. Inson esa suiisteʼmol qilib, oʻsha muhabbatni foniy mavjudotga sarflab kamchilikka yoʻl qoʻyadi va jazosi sifatida ayriliq azobi tortadi.
Birinchi يَا بَاقٖى اَنْتَ الْبَاقٖى jumlasi, “Haqiqiy Boqiy faqat Sensan” qusurdan uzoqlashib foniy mahbublardan aloqani uzish, mahbublar uni tark qilmasdan avval ularni tark etib, muhabbatini faqat Boqiy Mahbubga qaratishini ifoda qiladi. Mosivo foniydir. Foniy narsalar albatta boqiy muhabbatga, azaliy va abadiy ishqqa, abad uchun yaratilgan qalbning aloqasiga arzimaydi”, maʼnosini ifoda qiladi. “Modomiki cheksiz mahbublar foniydir, meni tashlab ketmoqda, يَا بَاقٖى اَنْتَ الْبَاقٖى deb, ular meni tashlamasdan avval men ularni tashlayman, Yolgʻiz Sen boqiysan va Sening boqiylashtirishing orqali mavjudot abadiylashishiga eʼtiqod qilaman. Shunday ekan, Sening muhabbating bilan ular seviladi. Aks holda, qalban bogʻlanishga loyiq emas!” deganidir.
Bu holatda qalb cheksiz mahbublaridan voz kechadi. Husn va jamoli ustidagi foniylik tamgʻasini koʻrib, qalbning aloqasini uzadi. Agar uzmasa, mahbublari sanogʻicha maʼnaviy jarohat oladi.
Ikkinchi يَا بَاقٖى اَنْتَ الْبَاقٖى jumlasi oʻsha sanoqsiz yaralarga ham malham, ham darmon boʻladi. Yaʼni, يَا بَاقٖى “Modomiki Sen boqiy ekansan, bu menga kifoya. Hamma narsaga badalsan. Modomiki Sen borsan, hamma narsa bor.” Darhaqiqat, mavjudotda muhabbatga sabab boʻlgan husn, ehson va kamol, Haqiqiy Boqiyning husn, ehson va kamolotining ishoratlari hisoblanadi. Koʻplab pardalardan oʻtgan zaif soyalaridir, balki, Asmo-i Husna jilvalarining soyalarining soyalaridir.
IKKINCHI HIKMAT.
Insonning fitratida boqiylikka nisbatan bagʻoyat shiddatli ishtiyoq mavjud. Hatto xar bir sevgan narsasini tasavvur hissi orqali boqiy deb faraz qiladi, keyin sevadi. Zavol topishini oʻylasa yoki koʻrsa, ich-ichidan faryod qiladi. Barcha ayriliqlardan kelgan faryodlar, boqiylikka boʻlgan muhabbatdan kelgan yigʻilarining tarjimonlaridir. Agar boqiylik tasavvuri boʻlmasa, sevmaydi. Hatto, abadiy olamning va Jannatning mavjudligining sababi, inson mohiyatidagi shiddatli abad ishqidan kelib chiqqan juda kuchli abadiylik orzusi uchun umumiy fitriy duo boʻlib, Boqiyi Zuljalol bu shiddatli, mustahkam, fitriy orzuni, taʼsirli, kuchli, umumiy duoni qabul qilgan deyish mumkin. Foniy insonlar uchun boqiy olamni yaratgan. Fotiri Kariym, Xoliqi Rahiym kichik meʼdaning arzimas orzusi va vaqtinchalik abad uchun holat tili bilan qilgan duosini cheksiz, turli lazzatli taomlarni yaratib qabul qilsin-da, umum insoniyatning juda buyuk tabiiy ehtiyojidan kelib chiqqan juda qattiq orzusini va umumiy, doimiy, haqli va haqiqatli, soʻz bilan, holat bilan, abadiyatga oid juda kuchli duosini qabul qilmasligi mumkinmi hech? Aslo! Yuz ming marta yoʻq! Qabul qilmasligi mumkin emas! Yana hikmat va adolatiga, hamda rahmat va qudratiga hech bir jihatdan yarashmaydi.
Modomiki inson abadiylikka oshiq ekan, albatta butun kamoloti, lazzatlari abadga tegishlidir. Va modomiki abadiylik Boqiyi Zuljalolga xos, Boqiyning Ismlari boqiy ekan, Boqiyning oynalari Boqiyning rangini, hukmini olar va bir navʼ abadiyatga noil boʻlar ekan, albatta inson uchun eng zarur ish, eng muhim vazifa, Boqiyga nisbatan aloqa paydo qilish va Ismlarini mahkam tutishdir. Chunki Boqiyning yoʻliga sarflangan hamma narsa, bir jihatdan abadga sazovor boʻladi. Demak ikkinchi يَا بَاقٖى اَنْتَ الْبَاقٖى jumlasi bu haqiqatni ifoda qiladi va insonning cheksiz maʼnaviy yaralarini davolash bilan birga, fitratidagi oʻta shiddatli boqiylik orzusini qondiradi.
UCHINCHI HIKMAT.
Bu dunyoda zamonning, narsalarning foniyligi va zavolidagi taʼsirlari juda farqlidir. Mavjudot esa ichma-ich doiralar kabi bir-biri ichida boʻlib, zavol topishidagi taʼsiri turlicha boʻladi. Soatning soniyalarini sanagan doirasi bilan, daqiqani, soatni va kunlarni sanagan doiralari zohiran bir-biriga oʻxshaydi, lekin tezlikda bir-biridan farq qiladi. Xuddi shuning kabi, insondagi jism, nafs, qalb, ruh doiralari ham bir-biridan farqlidir. Masalan, jismning borligi, hayoti, vujudi – hozirgi kun, balki bir soat boʻlib, oʻtmish va kelajagi yoʻq va oʻlik hisoblanadi. Lekin qalbning vujud doirasi va hayoti bugundan boshlab koʻp kunlar avvalgi va koʻp kunlar keyingi davrlar qadar kengdir. Ruhning hayot va vujud doirasi esa hozirgi kundan yillar avvalgi va yillar keyingi keng doirani qamraydi.
Demak, bu isteʼdodga binoan qalb va ruhning hayotiga sabab boʻlgan Allohning maʼrifati, Rabboniy muhabbat, Subhoniy qullik va Rahmoniy rizolik jihatidan bu dunyodagi foniy umr, boqiy bir umrni oʻz ichiga oladi. Natijada abadiy va boqiy umrga noil qiladi, boqiy va oʻlmaydigan umr hisobiga oʻtadi. Ha, Boqiyi Haqiqiyning muhabbati, maʼrifati, roziligi yoʻlida bir soniya bir yil hisoblanadi. Agar Uning yoʻlida boʻlmasa, bir yil bir soniyadir. Aslida Uning yoʻlida bir soniya barhayot, koʻp yillardir. Va dunyo jihatidan gʻaflatdagi kimsalarning yuz yili, bir soniya hisoblanadi. سِنَةُ الْفِرَاقِ سَنَةٌ وَ سَنَةُ الْوِصَالِ سِنَةٌ degan mashxur soʻz bor. Yaʼni, “Firoqning bir soniyasi, bir yilchalik uzun va visolning bir yili, bir soniya qadar qisqadir”. Men bu jumlaning tamoman aksiga aytamanki, “Visol, yaʼni Boqiyi Zuljalolning roziligi doirasida Alloh uchun bir soniya visol, nafaqat bir yil, aslida boqiy visol derazasi hisoblanadi. Gʻaflat va zalolat firogʻi ichida nafaqat bir yil, balki ming yil ham bir soniya sanaladi. Mazkur soʻzdan yanada mashhurroq اَرْضُ الْفَلَاتِ مَعَ الْاَعْدَاءِ فِنْجَانٌ سَمُّ الْخِيَاطِ مَعَ الْاَحْبَابِ مَيْدَانٌsoʻzi hulosamizni quvvatlaydi.
Avvalgi mashhur soʻzning sahih maʼnosi quyidagicha. Modomiki foniy mavjudotning visoli foniy ekan, naqadar uzun boʻlsa ham, qisqadir. Bir yili bir soniya kabi oʻtadi. Sogʻinchli orzu va nadomatdagi tush boʻladi. Boqiylik istagan inson qalbi bir yil visolda boʻlsa ham bir onda faqat zarradek zavq oladi. Ayriliqning esa soniyasi bir yil emas, yillardir. Chunki firoqning maydoni kengdir. Boqiylik istagan qalbga, garchi ayriliq bir soniya boʻlsa ham, yillardek ozor beradi. Chunki cheksiz firoqlarni eslatadi. Moddiy va tuban muhabbatlar uchun butun oʻtmish va kelajak firoqqa toʻladir.
Shu masala munosabati bilan, “Ey insonlar! Foniy, qisqa, foydasiz umringizni boqiy, uzun, foydali, unumdor qilishni istaysizmi? Modomiki insoniylik istashni taqozo qilar ekan, umringizni Haqiqiy Boqiyning yoʻlida sarflanglar”, deymiz.Chunki Boqiyga yuzlangan narsa abadiyatning jilvasiga sazovor boʻladi. Albatta xar bir inson uzun umrni juda qattiq istaydi, baqoga oshiqdir. Modomiki bu foniy umrni boqiy va maʼnan juda uzun umrga aylantirish yoʻli bor ekan, albatta, odamgarchiligi yoʻqolmagan inson ushbu yoʻlni qidiradi va bu imkoniyatni amalga oshirishga urinadi, shunga muvofiq harakat qiladi. Bu yoʻl quyidagicha: Alloh(ning roziligini topish) uchun ishlang, Alloh uchun koʻrishing, Alloh uchun harakat qiling. “Lilloh, livajhilloh, liajlilloh” roziligi doirasida harakat qiling. Shunda umringiz daqiqalari yillar hisobiga oʻtadi.
Laylatul Qadr kabi bir tun, sakson yildan ortiq ming oydan iborat ekanini Qurʼonda ochiq-oydin ifoda etilishi bu haqiqatga ishorat qiladi. Hamda valiylar va haqiqat ahli orasida “basti zamon” (zamonning kengayishi) qatʼiy dasturining sirri bilan koʻp yillar hisobidagi bir necha daqiqalik Meʼroj vaqti bu haqiqatning mavjudligini isbotlaydi va sodir boʻlganini koʻrsatadi. Meʼrojning bir necha soat muddati minglab yillardek keng, qamrovli va uzundir. Chunki u Zot Meʼroj yoʻli bilan boqiy olamga kirganlar. Boqiy olamining bir necha daqiqasi bu dunyoning minglab yilini oʻz ichiga oladi. Valiylar ichida juda koʻp sodir boʻlgan “basti zamon” hodisalari ham shu haqiqat asosiga bino qilingan. Baʼzi valiylar bir daqiqada bir kunlik ishni qilishgan. Baʼzilari bir soatda bir yillik vazifalarni bajarganlar. Baʼzilari bir daqiqada bir marta Qurʼonni xatm qilganlarini rivoyat qilib xabar beradilar. Ular haq va sidq ahllari yolgʻon gapirish darajasiga albatta tushmaydilar. Bu daraja cheksiz va koʻplab tavotur bilan “basti zamon” haqiqatini aynan koʻrganlari shubhaga oʻrin qoldirmaydi. Yana “Basti zamon”ning butunlay tasdiqlangan holati tushda koʻrinadi. Inson baʼzan bir daqiqada koʻrgan tushini, kechirgan holatlarini, gapirgan gaplarini, totgan lazzatlarini yoki chekkan azoblarini koʻrish uchun uygʻoqlik olamida bir kun, balki kunlar kerak boʻladi.
Xullas kalom, inson bu dunyoda foniy, oʻtkinchi boʻlsa ham, abadiy hayot uchun va boqiy Zotning oynasi qilib yaratilgan va boqiy samaralar beradigan ishlarni bajarishga buyurilgan. Hamda unga boqiy bir Zotning boqiy Ismlarining jilvalariga va naqshlariga sazovor boʻladigan surat berilgan. Shunday ekan, barcha aʼzo va isteʼdodlari bilan Boqiyi Sarmadiyning roziligi doirasida Uning Ismlariga intilib, abad yoʻlida Boqiyga yuzlanish insonning haqiqiy vazifasi va saodatidir. Tili يَا بَاقٖى اَنْتَ الْبَاقٖى degani kabi, qalbi, ruhi, aqli, barcha latifa(his)lari “Huval Boqiy, Huval Azaliyyul Abadiy, Huvas Sarmadiy, Huvad Doim, Huval Matlub, Huval-Mahbub, Huval-Maqsud, Huva-l Maʼbud” deyishi lozim.
Toʻrtinchi Yogʻdu
“Sunnat Yoʻli” bu risolaga loyiq koʻrilgan.
(“Imomat Masalasi” ikkinchi darajali masala boʻlsa ham, koʻp ahamiyat berilgani uchun, iymoniy masalalar qatoriga kirib, Ilmi Kalom va Usul-ud Dinda eʼtiborga sabab boʻlgan. Shuningdek, Qurʼon va iymonga oid asosiy xizmatimizga munosabati boʻlgani uchun, qisman bahs yuritildi.)
mazkur buyuk oyatning koʻplab haqiqatlaridan bir-ikki haqiqatiga “Ikki Maqom” orqali ishora qilamiz.
Birinchi Maqom
Toʻrt Hikmatdan iborat.
Birinchi Hikmat.
Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalomning ummatlariga nisbatan mukammal shafqat va marhamatini ifoda qiladi. Sahih rivoyatga koʻra mahsharning dahshatidan hamma, hatto paygʻambarlar ham “nafsim, nafsim” deydigan vaqtda, Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalom “ummatim, ummatim” deb marhamat va shafqatini koʻrsatganlari kabi, ahli kashfning tasdigʻi bilan dunyoga kelgan vaqti volidalari u Zotning munojotidan “ummatim, ummatim” deganlarini eshitganlar. Yana, butun hayoti va joriy etgan shafqatli, goʻzal axloqlari mukammal shafqat va marhamatini koʻrsatgani kabi, ummatlarining behisob salavotlariga cheksiz ehtiyoj va ummatlarining saodati bilan aloqador ekanlarini bildirish bilan, cheksiz, mukammal shafqatlarini koʻrsatganlar. Bunday shafqatli va marhamatli rahbarning sunnati saniyasiga rioya qilmaslik, qanchalar nonkoʻrlik va vijdonsizlik boʻlishini qiyos qil.
Ikkinchi Hikmat.
Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalom keng va umumiy nubuvvat vazifasi davomida baʼzi xususiy, juzʼiy shaxslarga nisbatan buyuk shafqat koʻrsatganlar. Zohiran qaraganda u maxsus, juzʼiy shaxslarga buyuk shafqat koʻrsatishlari, nubuvvat vazifasining haddan ziyod ahamiyatiga mos kelmaydi. Lekin oʻsha juzʼiy shaxslar haqiqatda keng, umumiy nubuvvat vazifasining asosi boʻladigan silsilaning boshi va namoyandasi boʻlgani sababli, u buyuk silsila va uning namoyandasiga favqulodda ahamiyat berilgan. Masalan, Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalomning, Hazrat Hasan va Husaynlarga bolaliklarida haddan ziyod shafqat koʻrsatishlari va katta ahamiyat berishlari, faqat fitriy shafqat va qarindoshlik hissi natijasidagi muhabbat emas, balki nubuvvat vazifasining nuroniy ipining bir uchi va paygʻambar vorislarining juda ahamiyatli jamoatining manbai, namoyandasi, mundarijasi ekanlari sabab boʻlgan. Darhaqiqat, Hazrat Hasandan (R.A.) silsila boʻlib kelgan nuroniy, muborak nasldan Gʻavsi Aʼzam hisoblangan Shohi Jiyloniy kabi koʻplab mahdiy-misol nubuvvat vorislari va shariati Ahmadiyaning (S.A.V.) tashuvchilari boʻlgan zotlar chiqqanlar. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalom u zotlarning kelajakda qiladigan muqaddas xizmatlarini nubuvvat nazari bilan koʻrib, taqdir qilganlar va hush koʻrganlari sabab Hazrat Hasanni (R.A.) mukammal shafqat bilan quchoqlariga olib, boshini oʻpganlar. Hazrat Husaynga koʻrsatgan haddan ortiq ahamiyat va shafqatlari esa, Hazrat Husaynning (R.A.) nuroniy silsilasidan kelgan Zaynalobidin, Jaʼfari Sodiq kabi oliyshon imomlar va haqiqiy Paygʻambar vorislari boʻlgan juda koʻp mahdiy-misol nuroniy zotlar uchun, Islom Dini va risolat vazifasi hisobiga boʻynidan oʻpib, kamoli shafqat va ahamiyatini koʻrsatganlar.