YIGIRMANCHI YOGʻDU
Ixlos haqida
(Oʻn Yettinchi Yogʻduning Oʻn Yettinchi Mulohazasining yetti masalasidan, besh nuqtadan iborat ikkinchi masalasining birinchi nuqtasi boʻlsada, ahamiyatiga binoan Yigirmanchi Yogʻdu boʻldi.)
oyati va
hadisi sharifi Islomiyatda ixlosning qanchalik muhim bir asos ekanini koʻrsatadi. Ixlos masalasining cheksiz hikmatlaridan faqat "Besh Hikmat"ni qisqacha bayon qilamiz.
Tanbeh. Bu muborak Ispartadagi taqvo, tariqat va ilm ahllarining (boshqa joylarga nisbatan) raqobatli ixtiloflari koʻrinmasligi shukrga sabab goʻzal qismatidir. Garchi bu yerda lozim boʻlgan haqiqiy muhabbat va ittifoq boʻlmasa ham, boshqa yerlarga nisbatan zararli muxoliflik va raqobat ham yoʻq.
BIRINCHI HIKMAT.
Muhim va mudhish bir savol:
Nima uchun dunyo ahli, gʻaflat ahli, hatto zalolat va nifoq ahli hech bir raqobatsiz ittifoq qilayotgan bir paytda, haq va vifoq (hamjihatlik) ahli boʻlgan diyonat, ilm va tariqat ahllari nima uchun raqobatli ravishda ixtilof qilmoqdalar? Ittifoq – hamjihatlikda yashayotganlarning haqqi, ixtilof esa – nifoq ahlining lozim sifati boʻlgani holda, nima uchun bu haq u tomonga va u haqsizlik bu tomonga oʻtib qoldi?
Javob. Bu alamli, fojiali hamda hamiyatli moʻminlarni yigʻlatadigan mudhish hodisaning juda koʻp sabablaridan yettitasini bayon qilamiz.
BIRINCHISI.
Ahli haqning ixtilofi haqiqatsizlikdan kelib chiqmagani kabi, gʻaflatdagilarning birdamligi ham haqiqatparvarlikdan emas. Dunyo, siyosat va maktab namoyondalari kabi ijtimoiy hayotning tabaqalariga tegishli muayyan vazifa va maxsus xizmat bilan mashgʻul toifalarning, jamoatlarning va jamiyatlarning vazifalari tayin qilinib, bir-biridan ajralgan. Ushbu vazifalar evaziga oladigan tirikchilik uchun moddiy haqlari hamda mansabsevarlik va shon-sharaf nuqtai nazaridan odamlarning eʼtiboridan oladigan
maʼnaviy haqlari ham ajratilib, aniq belgilab qoʻyilgan. Bir-biriga aziyat berish, tortishish va raqobatni keltirib chiqaradigan darajada sheriklik yoʻq. Shuning uchun ular qanchalik yomon yoʻlda yursalar ham, bir-birlari bilan birlasha oladilar.
Ammo din ahli, ilm egalari va tariqat arboblari esa, xar birining vazifasi umumga qaragani kabi, naqd beriladigan haqlari aniq va maxsus tayinlanmagan. Xar birining ijtimoiy maqom, odamlarning eʼtibori va goʻzal qabul qilinishdagi hissalari maxsus belgilanmagan. Bir maqomga koʻpchilik nomzod boʻladi. Moddiy va maʼnaviy xar bir ajrga koʻp qoʻllar uzatilishi mumkin. Shu nuqtadan bir-biriga aziyat berish va raqobat paydo boʻlib, hamjihatlikni nifoqqa, ittifoqni esa ixtilofga aylantiradi.
Bu mudhish kasallikning malhami va dorisi – ixlosdir.
Yaʼni, haqparastlikni nafsparastlikdan ustun qoʻyish, Haqning xurmatini nafs va xudbinlik ustidan gʻolib kelish bilan
(10:72, 11:29, 34:47) oyatining sirriga sazovor boʻlib, odamlardan keladigan moddiy va maʼnaviy mukofotlardan extiyojsiz holda {(Xoshiya). Sahobalarning Qurʼonning madhiga sazovor boʻlgan "iysor" xislatini inson oʻziga rahbar qilishi kerak. Yaʼni, hadya va sadaqani qabul qilishda boshqalarni oʻzidan ustun qoʻyish va din xizmati evaziga keladigan moddiy manfaatni istamasdan va qalban talab qilmasdan, faqat Allohning ehsoni deb bilish, odamlarning minnatiga qolmasdan, xizmat evazini ham olmaslikdir. Chunki ixlos qochmasligi uchun diniy xizmat evaziga dunyoda hech narsa istamaslik lozim. Garchi, ummat ularning tirikchiliklarini taʼminlashi kerak va zakotga ham loyiq boʻlsalarda, bu soʻralmaydi, balki beriladi. Berilgan vaqtda, "bu xizmatimning ajri", deyilmaydi. Imkon qadar qanoat bilan, boshqa loyiq va haqliroq kishilarni nafsini oʻz nafsidan ustun qoʻyish bilan, وَ يُؤْثِرُونَ عَلٰى اَنْفُسِهِمْ وَلَوْ كَانَ بِهِمْ خَصَاصَةٌ
(59:9) sirriga sazovor boʻlish orqali, bu mudhish tahlikadan qutulib ixlosni qozonishi mumkin.}
(24:54) sirriga sazovor boʻlib, goʻzal qabul qilinish, kuchli taʼsir koʻrsatish va odamlar eʼtiborini qozonish Janobi Haqning vazifasi va ehsoni ekanini hamda oʻz vazifasi boʻlgan tabligʻga taalluqli emasligini va bu kerak ham va bunga masʼul ham emasligini bilish orqali ixlosga muvaffaq boʻladi. Aks holda ixlosni boy beradi.
IKKINCHI SABAB.
Zalolatdagi kimsalar xorligidan birlashadi va ahli hidoyat izzatidan ixtilof qiladi. Yaʼni, gʻaflatdagi kimsalar hisoblangan dunyo ahli va zalolat yoʻlidagilar, haq va haqiqatga tayanmagani uchun, zaif va xor hisoblanadi. Xor boʻlgani uchun, boshqalardan kuch olishga muhtoj boʻladi. Bu ehtiyojdan, boshqa kishining yordam va ittifoqini mahkam tutadi. Hatto tutgan yoʻli zalolat boʻlsa ham, yana ittifoqni muhofaza qiladi. Goʻyo oʻsha haqsizlikda haqni tutish, zalolatda bir ixlos, dinsizlikda dinsizlarcha mutaassiblik va boʻlinishda birlashadi, muvaffaq boʻladilar. Chunki samimiy ixlos, yomonlikda boʻlsa ham natijasiz qolmaydi. Ha, kim ixlos bilan nima istasa, Alloh beradi. {(1-Xoshiya). Ha,
bir haqiqat dasturidir. Qamrovliligi va kengligi yoʻlimizni ham ichiga olishi mumkin.}
Ammo hidoyat va diyonat ahli hamda ilm va tariqat ahli haq va haqiqatga tayangani uchun va xar biri shaxsan haq yoʻlida faqat Rabbini oʻylab, yordamiga ishonishgani uchun, maʼnan shu yoʻldan keladigan izzatga ega boʻladi. Zaiflik his qilgan vaqti, insonlarning oʻrniga Rabbiga murojaat qiladi, Undan madad istaydi. Zohiran oʻz yoʻliga muxolif kishiga nisbatan yordam ehtiyojini toʻliq his qilmaydi, ittifoqqa boʻlgan ehtiyojni koʻra olmaydi. Agar u kishida xudbinlik va manmanlik boʻlsa, oʻzini haqli va muxolifini haqsiz deb oʻylab, ittifoq va muhabbat oʻrniga, oraga ixtilof va raqobat kiradi. Ixlosni qochiradi, vazifasi chil-parchin boʻladi.
Bu mudhish sababning dahshatli natijalarini koʻrmaslikning yagona chorasi toʻqqiz amaldan iborat:
1. Musbat harakat qilish. Yaʼni oʻz yoʻlining muhabbati bilan harakat qilish. Boshqa yoʻllarga adovat qilmaslik, boshqalarni kamsitish uning fikri va ilmiga kirmasligi, ular bilan mashgʻul boʻlmasligi lozim.
2. Balki Islomiyat doirasi ichida qaysi yoʻnalishda boʻlishidan qatʼiy nazar, muhabbat, qardoshlik va ittifoqqa sabab boʻladigan koʻplab birdamlik rishtalari borligini oʻylagan holda ittifoq qilib...
3. Xar bir haqli yoʻl sohibi boshqalarning yoʻliga qarshi chiqmasdan "Yoʻlim haq yoki yaxshiroqdir", deyishga haqqi bor. Ammo boshqalarning tutgan yoʻlining haqsizligini yoki xunukligiga shama qilib, "Faqat mening yoʻlim haq" yoxud "faqat mening yoʻnalishim yaxshidir", demaslikdan iborat boʻlgan insof dasturini oʻziga rahbar qilish.
4. Haq ahli bilan ittifoq - Ilohiy tavfiqning sababi va diyonatdagi izzatning asosi ekanini oʻylash bilan...
5. Hamda zalolat va haqsizlik ahli (bir-biriga tayangan holda) jamoat suratidagi kuchli shaxsi maʼnaviyning dahosi bilan hujum qilgan vaqtda, ushbu maʼnaviy shaxsga qarshi, eng kuchli boʻlsa ham yakka holda qarshilik koʻrsatishning oxiri magʻlubiyat ekanini anglab yetib, haq ahli tarafidagi ittifoq bilan maʼnaviy shaxsni maydonga chiqarib, ushbu mudhish zalolatning maʼnaviy shaxsiga qarshi haqqoniyatni muhofaza ettirish.
6. Haqni botilning hujumidan qutqarish uchun...
7. Nafsini va manmanligini...
8. Notoʻgʻri tushungan izzatini...
9. Arzimas, raqobatkor hissiyotini tark etish bilan ixlosni qozonadi, vazifasini loyigʻidek ado qiladi.
UCHINCHI SABAB.
Haq yoʻlidagilarning ixtilofi, himmatsizlikdan va tubanlikdan emas. Hamda zalolatdagilarning birdamligi oliyhimmatlikdan kelib chiqmaydi. Balki ahli hidoyatning ixtilofi, oliyhimmatlikning suiisteʼmolidan va ahli zalolatning ittifoqi, himmatsizlikdan kelgan zaiflik va ojizlikdandir. Ahli hidoyatni oliyhimmatlikdan suiisteʼmolga, bu orqali ixtilofga va raqobatga chorlagan, oxirat nuqtai nazarida maqtalgan xislat sanalgan savob xirsi va oxiratga oid vazifada qanoatsizlik jihatidan kelib chiqadi. Yaʼni, "Bu savobni men qozonay, bu insonlarga men toʻgʻri yoʻlni koʻrsatay, mening soʻzimga quloq solsin" deb, oldidagi haqiqiy qardoshi, haqiqatdan muhabbat va yordamiga, samimiy doʻstligiga va yordamiga muhtoj kishiga nisbatan raqobat qiladigan holatga oʻtadi. Manmanligi "Shogirdlarim nima uchun uning yoniga ketishyapti? Nima uchun unikichalik shogirdlarim yoʻq?" degan joydan fursat topib, xunuk xislat boʻlgan mansabsevarlikka mayl uygʻotadi, ixlosni qochiradi, riyo eshigini ochadi.
Bu xato va yaraning, bu mudhish ruhiy kasallikning davosi quyidagicha. Janobi Haqning roziligi ixlos bilan qozoniladi. Ergashuvchilarning koʻpligi yoki xar ishida muvaffaqiyat qozonish bilan emas. Chunki ular Allohning vazifasiga oid boʻlgani uchun istanilmaydi, balki baʼzan beriladi. Ha, baʼzan bir soʻz najot topishga asos va Allohning roziligiga sabab boʻladi. Miqdorga unchalik ham ahamiyat berilmasligi kerak. Chunki baʼzan bitta odamning toʻgʻri yoʻlga kirishi, mingta odamning toʻgʻri yoʻlga kirgani kabi Allohning roziligiga sabab boʻladi.
Ixlos va faqat haq tomonda turish esa, musulmonlarning qayerdan va kimdan boʻlsa ham foyda koʻrishlariga tarafdor boʻlishdir. Aksincha, "Mendan dars olib savob qozontirsinlar" degan tushuncha nafs va manmanlikning hiylasidir.
Ey savobga hirsli va oxirat ishlariga qanoatsiz inson! Baʼzi paygʻambarlar kelganki, sanoqli bir necha kishidan boshqa ergashuvchilari boʻlmasa ham muqaddas paygʻambarlik vazifasining cheksiz ajrini olganlar. Demak, mahorat – ergashuvchilarning koʻpligida emas, balki Allohning roziligini qozonish orqali boʻladi. Sen kimsanki, hirs bilan: "Hamma menga quloq solsin" deb, vazifangni unutib, Allohning ishiga aralashyapsan? Qabul qildirish, atrofingga xalqni toʻplash Janobi Haqning vazifasidir. Vazifangni bajar, Allohning vazifasiga aralashma.
Shuningdek, haq va haqiqatni eshitadigan va gapirganga savob qozontiradiganlar faqat insonlar emas. Janobi Haqning ongli maxluqlari, ruhoniy borliqlari va farishtalari koinotni toʻldirgan, xar tarafni jonlantirgan. Modomiki koʻp savob istar ekansan, ogʻzingdan chiqqan havodagi muborak soʻzlar ixlos va samimiy niyat bilan tirilishi, jonlanishi, cheksiz ongli maxluqlarning quloqlariga kirib, ularni nurlantirishi, senga ham savob qozontirishi uchun ixlosni asos tut va faqat Allohning roziligini oʻyla. Masalan, sen "Alhamdulilloh" deding. Allohning izni bilan havoda millionlab katta-kichik "Alhamdulilloh" kalimalari yoziladi. Naqqoshi Hakiym behuda va isrof qilmagani uchun, juda koʻp muborak kalimalarni tinglaydigan cheksiz quloqlarni yaratgan. Agar ixlos bilan, samimiy niyat bilan havodagi kalimalar jonlansa, lazzatli mevalar kabi ruhoniy borliqlarning qulogʻiga kiradi. Agar Allohning roziligi va ixlos havodagi soʻzlarga hayot bermasa, quloq solinmaydi. Savob ham faqat ogʻizdagi kalima bilan chegaralanib qoladi. Ovozlari uncha chiroyli boʻlmagani uchun tinglovchilarning kamligidan siqilgan qorilarning quloqlari chinlasin!..
TOʻRTINCHI SABAB.
Hidoyatdagilarning raqobatli ixtilofi – oqibatni oʻylamaslik va kaltafahmlikdan boʻlmagani kabi, zalolatdagilarning samimiy ittifoqi ham – oqibatni oʻylab ish tutishlaridan va yuksak nazarlaridan emas. Balki ahli hidoyat – haq va haqiqatning taʼsiri bilan nafsning koʻr hissiyotlariga berilmasdan, qalb va aqlning uzoqni koʻzlovchi mayllariga ergashganlari holda, istiqomat va ixlosni saqlay olmaganlari sababli, oʻsha yuksak maqomni muhofaza qila olmasdan, ixtilofga tushadilar.
Zalolatdagilar esa – nafs va havasning taʼsirida koʻr va oqibatni koʻrmaydigan hamda bir dirham naqd lazzatni kelajakdagi bir botmon lazzatdan ustun qoʻyadigan hissiyotga ergashib, naqd bir manfaat va tayyor lazzat uchun bir-birlari bilan samimiy ravishda, shiddat bilan ittifoq qiladilar.
Ha, dunyoviy va tayyor lazzat hamda manfaat atrofida tuban, qalbsiz va nafsparastlar samimiy ittifoq bilan birlashadilar. Ahli hidoyat esa – oxiratga oid va kelajakka taalluqli oxirat mevalariga hamda kamolotga, qalb va aqlning yuksak dasturlari bilan yuzlanganlari uchun, mustahkam bir istiqomat, chinakam ixlos va gʻoyat fidokorona birdamlik va ittifoq qilish mumkin boʻlsada, manmanlikdan voz kecha olmaganlari uchun, ifrot (haddan oshish) va tafrit (meʼyorga yetkazmaslik) sababli, yuksak quvvat manbai boʻlgan ittifoqni boy berib, ixlos ham ketadi. Va oxiratga oid vazifada ham ziyon koʻradi. Allohning roziligi ham osonlikcha qoʻlga kiritilmaydi.
Bu jiddiy kasallikning malhami va dorisi,
(Alloh uchun yaxshi koʻrish) sirri bilan, haq yoʻlidagilar bilan hamroh boʻlgani uchun faxrlanish va ularning ortidan ergashish hamda imomlik sharafini ularga topshirish va oʻsha Haq yoʻlida kim boʻlishidan qatʼiy nazar, oʻzidan koʻra yaxshi degan ehtimol bilan manmanligidan voz kechib, ixlosni qoʻlga kiritish va ixlos bilan ajarilgan bir dirham amal – ixlossiz bajarilgan botmonlarcha amallardan ustun ekanini bilib, masʼuliyatli hamda xatarli boʻlgan yoʻlboshchilikdan ergashishni afzal koʻrish bilan ushbu kasallikdan qutuladi va ixlosni qozonadi, oxiratga oid vazifasini aytilganidek ado qila oladi.
BESHINCHI SABAB.
Ahli hidoyatning ixtilofi va ittifoq qilmasligi zaifliklaridan boʻlmagani kabi, ahli zalolatning kuchli ittifoqi ham kuchli ekanliklaridan emas. Balki ahli hidoyatning ittifoqsizligi, komil iymondan kelgan tayanch nuqtasi va tayanch nuqtadan chiqqan quvvatdan hamda gʻaflat va zalolatdagilarning birlashishi esa qalban tayanch nuqta topa olmaganlari sababli zaiflik va ojizliklaridan kelib chiqqan. Chunki zaiflar ittifoqqa muhtoj boʻlgani uchun, kuchli ittifoq qiladilar. Kuchlilar ehtiyojni toʻliq his qilmaganlari uchun ittifoqlari zaifdir. Arslonlar tulkilar kabi ittifoqqa muhtoj boʻlmagani uchun, yakka yashaydi. Yovvoyi echkilar boʻrilardan himoyalanish uchun, poda tashkil qiladilar. Demak, zaiflarning jamiyati va maʼnaviy shaxsi kuchli boʻlgani kabi,\ kuchlilarning jamiyati va maʼnaviy shaxsi ham zaifdir.
Bu sirga nozik ishora va zarif Qurʼoniy bir nuqtada shunday marhamat qilingan,
ayollarning jamoasiga – ikkitalik muannas (ayol) boʻlsada – muzakkar (erkak) feʼli boʻlgan قَالَ deb buyurilishi, va قَالَتِ اْلاَعْرَابُ (49:14) deb buyurish bilan erkaklar jamoatiga muannas (ayol) feʼli قَالَتِ taʼbirini qoʻllash bilan latif tarzda ishora qiladiki, zaif, halim va yumshoq ayollarning jamiyati kuchayib, qattiqlik va shiddat kasb etib, bir navi erkaklik qozonadi. Bu holat erkaklik feʼlini taqozo qilgani uchun, وَ قَالَ نِسْوَةٌ taʼbiri bilan, juda chiroyli boʻlgan.
Kuchli erkaklar esa, xususan badaviy arab boʻlsa, oʻz kuchiga ishonganlari uchun, jamiyati zaif boʻlib, ham ehtiyotkorlik, ham yumshoqlik va bir navi ayollik xususiyatini olgani sababli ayol feʼlini taqozo qilganidan قَالَتِ اْلاَعْرَابُ ayol feʼli bilan taʼbir qilinishi juda oʻrinli boʻlgan.
Haq yoʻldagilar juda kuchli bir tayanch nuqtasi boʻlgan Allohga iymondan kelgan tavakkal va taslim bilan boshqalarga ehtiyojini bildirib, ulardan koʻmak va yordam istamaydi. Istasa ham, gʻoyat fidokorlik bilan mahkam tutmaydi. Ahli dunyo esa dunyo ishlarida haqiqiy tayanch nuqtasidan gʻaflatda qolganlari sababli zaif va ojiz boʻlib, yordamchilarga qattiq ehtiyoj his qiladi. Samimiy tarzda, balki fidokorlik bilan birlashadilar.
Ahli haq – ittifoqdagi haqiqiy kuchni oʻylamagani va izlamagani uchun, haqsiz va zararli natija boʻlgan ixtilofga tushadilar. Haqsiz zalolatdagilar esa – ojizliklari sababli birdamlikdagi kuchni his qilgani uchun, maqsadlariga erishish vositasi boʻlgan ittifoqni qoʻlga kiritganlar.
Ahli haqning ushbu haqsiz ixtilof kasalligining malhami va dorisi: