Yigirma Oltinchi Soʻz
Qadar Risolasi
Ikki Muhim Masala – Qadar bilan Juzʼiy Ixtiyordan iborat.
Unga doir Toʻrt Qismda bir qancha sirlarini ochishga harakat qilamiz.
BIRINCHI BOʻLIM. Taqdir va juzʼiy ixtiyor – Islomiyatning va iymonning eng soʻnggi chegarasini koʻrsatgan, iymonning holatga oid va vijdoniy shoʻʼbalaridandir. Ilmiy va nazariy emas. Yaʼni, moʻʼmin hamma narsani, hatto ishini, nafsini Janobi Haqdan deb bila-bila, mukallaf boʻlgan narsalari va javobgarlikdan qutulmasligi uchun oldiga "Juzʼiy ixtiyor" chiqadi. Unga, "Masʼul va mukallafsan", deydi. Soʻng, qilgan yaxshiliklari va komilligi bilan magʻrur boʻlmasligi uchun qarshisiga "Qadar" keladi. "Haddingni bil, qilgan sen emassan", deydi.
Qadar va juzʼiy ixtiyor iymon va Islomiyatning soʻnggi martabalaridadir. Qadar nafsni gʻururdan, juzʼiy ixtiyor esa javobgarlikdan qochishdan qutqarish uchun, iymoniy masalalarga kirgan. Qaysar nafsi ammora qilgan yomonliklarning javobgarligidan oʻzini qutqarish uchun qadarga yopishishi, inʼom qilingan yaxshiliklar bilan faxlanishi, gʻururlanishi, juzʼiy ixtiyorga tayanishi qadar siriga va juzʼiy ixtiyor hikmatiga batamom zid harakatga sabab boʻlgan ilmiy masalalar emas.
Maʼnan taraqqiy etmagan avom ichida qadarning ishlatilish joyi bor. U oʻtgan zamon va musibatlar uchun umidsizlik va huznning davosidir. Kayf safo va tanballikka sabab boʻlishi uchun gunohlar va kelajakka oid emas. Demak, taqdir masalasi taklif va javobgarlikdan qutqarish uchun emas, balki faxr va gʻururdan qutqarish uchun iymonga kirgan. Juzʼiy ixtiyor yomonlikka manbaʼ boʻlgani uchun, aqidaga doxil qilingan. Yaxshilikka asos boʻlib firʼavnlashish uchun emas.
Qurʼon aytganidek, inson qilgan yomonligiga toʻliq javobgardir. Chunki yomonlikni istagan u. Yomonlik buzgʻunchilik turidan boʻlgani uchun, inson bir yomonlik bilan koʻp buzgʻunchilik qilishi mumkin. Daxshatli jazoga loyiq boʻladi. Bir gugurt bilan uyni yoqishi kabi.
Ammo yaxshi amallarda faxrlanishga haqqi yoʻq. Unda uning hissasi juda oz. Chunki yaxshi amallarni Allohning cheksiz rahmati istagan, Allohning qudrati taqozo qilgan va ijod qilgan. Istagan va javob bergan, chaqirgan va sabab boʻlgan, ikkisi ham Haqdan. Inson faqat duo, iymon, idrok, rizo bilan ularga sohib boʻladi.
Oq, chiroyli quyoshning ziyosidan baʼzi moddalar qoralik va yomon hid olsada yo isteʼdod bilan, yo ixtiyor bilan yomonlikni istagan insonning oʻzidir. Qoralik uning isteʼdodiga oid. Lekin yomonlikning koʻp foydalarni ichiga olgan Allohning bir qonuni bilan ijod qilgan yana Haqdir. Demak, sabab boʻlish va istash nafsdan boʻlib, javobgar hisoblanadi. Haqqa oid boʻlgan yaratish va ijod esa, yana boshqa goʻzal natija va mevalari boʻlgani uchun goʻzal, xayr hisoblanadi.
Ushbu sirga asosan, yomonlik qilish yomonlik, yomonlikni yaratish yomonlik emas. Juda koʻp foydalarni ichiga olgan yomgʻirdan zarar koʻrgan tanbal odam, "Yomgʻir rahmat emas", deya olmaydi. Yaratish va ijodda bir oz yomonlik bilan koʻp xayr bor. Bir oz yomonlik uchun koʻp yaxshilikni tark etish yanada kattaroq yomonlik boʻladi. Shuning uchun oz yomonlik yaxshilik hisoblanadi.
Janobi Haqning ijodida yomonlik va xunuklik yoʻq. Yomonlik qulning ishiga va isteʼdodiga oid. Allohning qadari natija va mevalar eʼtibori bilan shardan va xunuklikdan munazzahdir. Huddi shuning kabi, maqsad va sabab eʼtibori bilan ham zulm va xunuklikdan muqaddasdir. Chunki qadar xaqiqiy maqsadga qaraydi, adolat qiladi. Insonlar koʻrgan zohiriy sabablarga asoslanadi. Qadarning ayni adolatida zulmga tushadi. Masalan, sudya seni oʻgʻirlik bilan mahkum qilib, qamadi. Lekin sen oʻgʻri emassan. Faqat xech kim bilmaydigan yashirin odam oʻldirgansan. Allohning qadari esa seni qamoqqa mahkum qiladi. Qadar yashirin qatling uchun mahkum qilib adolat qildi. Sudʼya sen qilmagan oʻgʻrilikka binoan mahkum qilgani uchun zulm qilgan boʻladi.
Bir narsada ikki jihatda qadar va Alloh ijodining adolati va inson amalining zulmi koʻrinadi. Boshqa narsalarni bunga qiyosla. Demak, qadar va Allohning ijodi boshlangʻich va tugash, asos va tafsilot, maqsad va natijalar eʼtibori bilan yomonlik, xunuklik va zulmdan munazzah, pokdir.
Agar, "Modomiki juzʼiy ixtiyorning ijod qilishga qobiliyati yoʻq. Insonning qoʻlida haqiqatda boʻlmasada, bor deb hisoblanadigan ishdan boshqa narsa yoʻq. Qanday qilib Qurʼoni Moʻʼjizul Bayonda Samovot va Arzning Xoliqiga qarshi insonga osiy va dushman holati berilgan. Yer va Samovot Xoliqi undan azim shikoyat qiladi. Osiy insonga qarshi moʻʼmin qulga Oʻzi va farishtalari yordam beradi. Unga katta ahamiyat beradi", deb soʻralsa,
Javob, chunki kufr, isyon va yomonlik buzgʻunchilikdir, yoʻqlikdir. Katta buzgʻunchilik va cheksiz yoʻqliklar bir haqiqatda boʻlmasada bor deb hisoblanadigan ishga va yoʻqlikka bogʻlangan holda maydonga keladi. Katta kemaning rul boshqaruvchisi vazifasini bajarmasa kema gʻarq boʻlib butun xodimlar ishining natijalari yoʻqqa chiqadi. Buzgʻunchilik harakatsizlikka, yoʻqlikka bogʻlangan holda yuzaga keladi. Xuddi shuning kabi, kufr va maʼsiyat – yoʻqlik va buzgʻunchilik sinfiga kirgani uchun juzʼiy ixtiyor haqiqatda boʻlmasada, bor deb hisoblanadigan ish bilan ularni harakatlantirib daxshatli natijalarga sabab boʻlishi mumkin. Kufr yomonlik hisoblansada, butun koinotni qiymatsizlik bilan va maqsadsizlik bilan haqorat qilgani uchun, vahdoniyat dalillarini koʻrsatgan butun mavjudotni yolgʻonga chiqarish, butun Asmoning tajalliylarini kamsitish hisoblangani uchun, butun koinot, mavjudot va Allohning Ismlari uchun Janobi Haq kofirdan qattiq shikoyat qiladi. Daxshatli qoʻrqitishlari ayni hikmatdir va abadiy azob berish adolatning oʻzidir.
Inson kufr va isyon bilan buzgʻunchiliklar tomon yuradi. Kichik xizmat bilan juda koʻp ishlarni qiladi. Shuning uchun iymon ahli ularga qarshi Janobi Haqning azim inoyatiga muhtojdir. Chunki oʻnta quvvatli odam bir uyni muhofaza qilish va taʼmirlashni boʻyniga olsa, yaramas bir bolaning oʻsha uyni olov qoʻyishiga qarshi bolaning hokimiga, balki podshohiga murojaat qilish, yolvorishga majbur boʻlgani kabi, moʻʼminlar ham adabsiz isyonchilarga qarshi tayanish uchun Janobi Haqning koʻp inoyatiga muhtojdir.
Natija. Agar taqdir va juzʼiy ixtiyordan gapirgan odam huzur va mukammal iymon sohibi boʻlsa, koinot va nafsini Janobi Haqdan deb biladi, uning tasarrufida deb biladi. Oʻshandagina qadardan va juzʼiy ixtiyordan gapirishga haqqi boʻladi. Chunki, nafsi va hamma narsani Janobi Haqdan bilib, juzʼiy ixtiyorga tayanib javobgarlikni boʻyniga oladi. Yomonlikka manbaʼ ekanini qabul qilib, Rabbini taqdis etadi, poklaydi. Qullik doirasida qolib, Allohning yuklagan vazifalarini zimmasiga oladi. Yetgan komilligi va yaxshiliklari bilan gʻururlanmaslik uchun qadarga qaraydi, faxrlanish oʻrniga shukr qiladi. Boshiga kelgan musibatlarda qadarni koʻradi, sabr qiladi.
Agar qadar va juzʼiy ixtiyordan gapirgan odam gʻaflat ichida boʻlsa, qadar va juzʼiy ixtiyordan gapirishga haqqi boʻlmaydi. Chunki nafsi ammorasi gʻaflat yoki zalolat sabab koinotni sabablar yaratgan deb tasavvur qilib, Allohning mulkini ularga taqsimlaydi, oʻzini oʻziga sohib deb biladi. Amalini oʻzidan va sabablardan deb biladi. Javobgarlik va kamchilikni qadarga yuklaydi. Janobi Xaqqa beriladigan juzʼiy ixtiyor va soʻnggi eʼtibor markazida boʻladigan qadar mavzui maʼnosizdir. Bu faqat ularning hikmatiga batamom zid va javobgarlikdan qutulish uchun qilingan nafsning hiylalaridir.
IKKINCHI BOʻLIM. Ilm sohiblariga maxsus, nozik ilmiy bir tadqiqdir.
Agar, "Qadar bilan juzʼiy ixtiyor qanday bogʻlanishi mumkin?" deb soʻrasang,
Javob: Yetti jihat bilan...
BIRINCHISI: Albatta koinotning intizom va mezon tili bilan hikmat va adolatiga guvohlik qilgan Odili Hakiym insonga, savob va qattiq azobga sabab boʻladigan, mohiyati majhul juzʼiy ixtiyor bergan. Odili Hakiymning juda koʻp hikmatini bilmaganimiz kabi, juzʼiy ixtiyorning taqdirga qanday bogʻlanganini bilmasligimiz, uning yoʻqligiga dalolat qilmaydi.
IKKINCHISI: Xar kim oʻzida ixtiyor his qilishi aniq. Ixtiyorning borligini vijdonan biladi. Mavjudotning mohiyatini bilish ayri, vujudini bilish boshqadir. Koʻp narsalar borki, bizning tasavvurimizda borligi yaqqol boʻlsada, mohiyati majhul... Bu juzʼiy ixtiyor oʻsha narsalar qatoriga kiradi. Hamma narsa maʼlumotimiz doirasida bilan chegaralanmagan. Bizning bilmasligimiz, uning yoʻqligiga dalolat qilmaydi.
UCHINCHISI: Juzʼiy ixtiyor qadarga zid emas. Balki qadar ixtiyorni quvvatlaydi. Chunki qadar Allohning ilmining bir turidir. Allohning ilmi ixtiyorimizga taalluq qilgan. Shu bois ixtiyorni quvvatlaydi, yoʻq qilmaydi.
TOʻRTINCHISI: Qadar ilm turiga kiradi. Ilm maʼlumga tobeʼdir. Yaʼni qanday boʻlsa, shunday taalluq etadi. Aksincha maʼlum ilmga tobeʼ emas. Yaʼni ilm dasturlari maʼlumni moddiy vujudni boshqarish uchun asos emas. Chunki maʼlumning oʻzi va moddiy vujudi boshqarishga qaraydi va qudratga tayanadi.
Azal ashyolarning vujudida asos tutilib unga koʻra bir majburiyat tasavvur qilish uchun moziy silsilasining bir uchi emas. Balki azal – moziy, hol va istiqbolni birdan tutadi, yuksakdan qaragan oyna kabi. Shunday ekan mumkinot doirasi (yaratilganlar olami) ichida uzanib ketgan zamonning moziy tarafida bir uchni tasavvur qilib, unga azal deb, azal ilmiga ashyoning tartib bilan kirishini va oʻzini uning tashqarisida deb oʻylashi, unga koʻra muhokama qilishi haqiqat emas.
Bu sirni kashfi qilish uchun ushbu misolga qarayu. Qoʻlingda bir oyna boʻlsa, oʻng tomoningdagi masofa – moziy, chap tomoningdagi masofa – kelajak deb faraz qilinsa, u oyna faqat oʻziga tengini tutadi. Soʻng ikki tarafni bitta tartib bilan tutadi, koʻpini tuta olmaydi. U oyna qanchalik past boʻlsa, shunchalik oz koʻradi. Agar u oyna bilan yuksakka chiqsa oynaning toʻgʻrisidagi doira kengayadi. Bora bora, ikki taraf ham masofani birdan, bir onda tutadi.
Bu holatda oynada koʻringan masofalarda jarayon etgan holatlar bir-biriga avval boʻlgan, keyin boʻladigan, muvofiq, zid deyilmaydi. Qadar, ilmi azaliydan boʻlgani uchun, ilmi azaliy hadisning taʼbiri bilan kuzatiladigan eng yuqori joydan azaldan abadgacha hamma narsa, boʻlgan va boʻladiganni birdan tutadigan, qamraydigan yuksak maqomidir. Biz va bizning muhokamalarimiz moziy masofasida oyna tarzida boʻlishi uchun undan xorijda boʻlmaydi.
BESHINCHISI: Qadar sabab bilan natijaga taalluqlidir. Yaʼni, natija shu sabab bilan sodir boʻladi. Shunday ekan "Modomiki falon odamning oʻlishi falon vaqtda belgilangan. Juzʼiy ixtiyor bilan miltiq otgan odamning nima aybi bor, otmaganida ham oʻlar edi", deyilmasligi kerak.
Savol: Nima uchun deyilmasligi kerak?
Javob: Chunki qadar uning oʻlishini narigining miltigʻi bilan taʼyin qilgan. Agar uning miltiq otmasligini faraz qilsang, unda qadar taalluqli emasligini faraz qilyapsan. Unda oʻlmasligini nima bilan xulosa qilasan? Yo Jabariylar kabi sababga boshqa, natijaga boshqa qadar tasavvur qilsang yoki Moʻʼtazila kabi qadarni inkor qilsang, Ahli Sunnat va Jamoatni tashlab zalolat firqasiga kirasan. Shunday ekan, biz haq ahli, "Miltiq otmaganida, oʻlishi bizningcha majhul boʻladi", deymiz. Jabariylar, "Otmasa ham oʻlar edi", deydi. Moʻʼtazila, "Otmaganida, oʻlmas edi", deydi.
OLTINCHISI: Juzʼiy ixtiyorning tamal asosi boʻlgan moyillik, Moturidiy aqidasiga koʻra haqiqatda yoʻq boʻlsada mavjud hisoblangan hodisa boʻlib, quldan deb bilinishi mumkin. Lekin Ashʼariy eʼtiqodi unga mavjud nazari bilan qaragani uchun quldan deb bilmagan. Lekin oʻsha mayldagi tasarruf Ashʼariy aqidasiga koʻra haqiqatda yoʻq boʻlsada mavjud hisoblangan hodisadir. Shunday ekan oʻsha mayl, tasarruf nisbiy yaʼni boshqa birovga koʻra borligi qabul qilingan ishdir. Aniq bir moddiy vujudi yoʻq. Haqiqatda boʻlmasada borligi qabul qilingan holat esa, borligi uchun oraga kerak boʻlishi, zarurat va lozim ekani kirib ixtiyorni olib tashlashi uchun bor boʻlishiga kerakli butun sabablarni taqozo qilmaydi. Balki haqiqatda boʻlmasada borligi qabul qilingan holatning natijasi ustunlik qiulsa, u yuzaga kelishi mumkin. Shunday ekan oʻsha onda uni tark qiladi. Qurʼon unga u onda, "Bu yomonlik, qilma!", deydi.
Agar qul ishlarining yaratuvchisi va ijodga iqtidori boʻlsa edi, ixtiyori boʻlmas edi. Chunki hikmat va usul ilmida مَالَمْ يَجِبْ لَمْ يُوجَدْ asosida "Bir narsa majburiy boʻlmasa, vujudga kelmaydi" qoidasi muqarrar. Yaʼni, bir narsaning bor boʻlishiga kerakli butun sabablar boʻladi, soʻng vujudga kela oladi. Barcha sabablar esa natijasini istar-istamas va shart boʻlishini taqozo qiladi. Unda ixtiyor kolmaydi.
Agar, Tanlangan nasra tanlovchisiz yuzaga kelish imkoni yoʻq. Xolbuki, haqiqatda boʻlmasada, mavjud deb hisoblangan insonning amalni, baʼzan qilish va baʼzan qilmaslik, agar kerakli tanlov sababi boʻlmasa, tanlangan narsa tanlovchisi boʻlishi mumkin. Bu esa kalom ilmi usulining eng muhim bir asosini buzadi? deb soʻrasang,
Javob: Bir narsaning boshqa tanlovlardan ustun boʻlgan xususiyati boʻlmasa ulardan ustun boʻlishi imkonsiz. Yaʼni, tanlangan xususiyati boʻlmasa, sababsiz ustun boʻlishi imkonsiz. Tanlangan nasra tanlovchisiz yuzaga kelishi mumkin va amalda boʻlgan. Iroda bir sifatdir. Uning xususiyati bunday ishni qilish.
Agar, “Modomiki qatlni Alloh yaratgan ekan, nima uchun menga qotil deyiladi?” desang,
Javob. Chunki Sarf Ilmi qoidasiga asosan ega boshqasiga koʻra borligi qabul qilingan ish masdar (infinitiv)dan kelib chiqqan. Aniq ish masdardan kelib chiqib, boʻlinmaydi. Masdar – bizning qilgan ishimiz. Qotil unvonini ham biz olamiz. Masdardan kelib chiqqan narsa Haqning maxluqidir. Javobgar boʻladigan narsa masdardan kelib chiqqan narsadan yuzaga kelmaydi.
YETTINCHISI: Insonning juzʼiy irodasi va juzʼiy ixtiyori zaif, haqiqatda boʻlmasada mavjud hisoblangan ish boʻlsada, Janobi Haq va Hokimi Mutlaq zaif juzʼiy irodani kulliy irodasiga taʼalluqli oddiy sabab qilgan. Yaʼni maʼnan, "Ey qulim! Ixtiyoring bilan qaysi yoʻlni istasang, seni oʻsha yoʻlda yuritaman. Shunday ekan javobgarlik senga oid!" deydi.
Tashbehda xato boʻlmasin, sen iqtidorsiz bolani yelkangga olsang, tanlov haqqini berib "Qayerni istasang seni oʻsha yerga olib boraman", deding. Bola yuksak togʻni istadi, olib bording. Bola titradi yoki yiqildi. Albatta "Sen istading" deb, tanbeh berib, taʼzirini berasan. Janobi Haq Ahkamul Hakimiyn oʻta zaif qulning irodasini oddiy sabab qilib, kulliy irodasi unga qaraydi.
Natija. Ey inson! Sening qoʻlingda oʻta zaif, faqat yomonlik va buzgʻunchilik qilishda qoʻli juda uzun, hasanotda qoʻli juda qisqa juzʼiy ixtiyor degan irodang bor. Uning qoʻliga duoni berginki, hasanot silsilasining bir mevasi boʻlgan Jannatga qoʻli yetsin va qoʻli bir guli boʻlgan abadiy saodatga uzansin. Ikkinchi qoʻliga istigʻforni berginki, uning qoʻli yomonlikdan qisqarsin va laʼnatlangan daraxtning mevasi boʻlgan Jahannam Zaqqumiga yetmasin.
Demak duo va tavakkal xayrga moyilikka buyuk quvvat bergani kabi, istigʻfor va tavba yomonlik ishtiyoqini kesadi, tajovuzlarini sindiradi.
UCHINCHI BOʻLIM. Qadarga iymon keltirish iymonning asoslariga kiradi. Yaʼni, "Hamma narsa Janobi Haqning taqdiri bilan amalga oshadi". Qadarga qatʼiy dalillar shu qadar koʻpki, haddu-hisobi yoʻq. Biz oddiy va zohiriy iymon asosini qay daraja kuchli va kengligini bir muqaddima bilan koʻrsatamiz.