Risola-i Nur haqida oʻtkazilgan
KONFERENSIYA
Tishriyni Soniy 1950 yil
Anqara Universiteti
Izlaganimni topdim
Men qirq yildan beri Islom olamida izlagan narsamni Turkiyada topdim. Badiuzzamon faqatgina buyuk turk millatiniki emas, balki butun Islom olaminikidir. Undan Islom olamining taqdiriga doir juda koʻp soʻraydigan narsalarim bor edi. Barcha muammolarim u kishi bilan koʻrishgan bir soatim ichida hal boʻldi. Endi yurtimga katta xushxabarlar bilan qaytmoqdaman. Islom olamida bir qancha buyuk xizmatlar qilgan fazilatli va yuksak olimlar kelib-ketgan. Ularning koʻpchiligi mukofotlarini yo mulk va boylik, yoki eʼtibor va shuhrat shaklida qoʻlga kiritganlar. Lekin, xozir Badiuzzamonning uyida yoqishga bir chirogʻi ham yoʻq.
Pokiston Maorif Vaziri Oʻrinbosari
Ali Akbar Shoh
1950 yil noyabrda Anqara Universitetida professor, deputatlarimiz, Pokistonlik musofirlarimiz va turli fakultet talabalari huzurida fakultet Masjidida yarim tungacha davom etgan majlisda oʻtkazilgan, katta eʼtibor va ahamiyat bilan tinglangan konferensiyadir.
Iymon va Islomiyat obi hayotiga chanqagan qiymatli qardoshlarim!
Avvalo eʼtirof etayki, bu konferensiya nutq kursisida boʻlsam ham sizlardan farqim yoʻq. Sizning bir qardoshingizman. Bu konferensiya oʻzim juda muhtoj boʻlgan oʻta foydali darsimdir. Tinglovchi oʻzimman. Darsimni muzokara sifatida siz muborak qardoshlarimga topshiraman. Kamchiliklar mendan. Mukammallik va goʻzalliklar men foydalangan Risola-i Nur asarlariga oiddir. Boshimizga biror moneʼ kelmasa, haftada bir marta davom ettirmoqchi boʻlgan diniy konferensiyalardan bugun ilki – iymonga doirdir. Chunki Badiuzzamon Said Nursiyning Birinchi Millat Majlisida aytganidek, "Koinotda eng yuksak haqiqat iymondir, iymondan soʻng namozdir". Shuning uchun biz ham konferensiyamizning Qurʼon, Iymon, Paygʻambarimiz Rasuli Akram (Alayhissalotu Vassalam) Sarvarimiz haqida boʻlishini munosib koʻrdik. Ikkinchisi esa inshaalloh namoz va ibodatga oid boʻladi.
Bu mavzularni bizga dars beradigan bir asar izladik. Oxiri bu hayotiy va abadiy ehtiyojimizni asrimiz dunyoqarashiga mos va qoniqtiruvchi tarzda dars bergan va yarim asrga yaqin, katta bir ishonch va tayanchga sazovor boʻlib, eng moʻtabar diniy asar hisoblangan "Risola-i Nur"ni tanladik. Ilk konferensiyamizning nima uchun iymon mavzusida boʻlganini izohlab, quyida bu asar va uning muallifi haqida juda qisqa maʼlumot beramiz.
Bu asrda din va Islomiyat dushmanlari, dasturlarining birinchi moddasiga avvalo iymon asoslarini kuchdan qoldirish va yiqitish rejasini qoʻyishgan. Xususan soʻnggi yigirma besh yil ichida tarixda koʻrilmagan munofiqona va turli niqoblar ostida iymon ruknlariga qilingan juda dahshatli suiqasdlar qilishdi, koʻp buzgʻunchi ishlar tashkil qilindi.
Xolbuki, iymonning ruknlaridan birida hosil boʻladigan shubha yoki inkor dinning tafsilotlarida qilingan loqaydlikdan ancha falokatli va zararliroqdir. Shuning uchun hozir eng muhim ish taqlidiy iymonni tahqiqiy iymonga aylantirib iymonni quvvatlash, iymonni kuchga toʻldirish, iymonni qutqarishdan iborat. Hamma narsadan koʻra koʻproq iymonning asoslari bilan mashgʻul boʻlish qatʼiy zarurat va kerakli ehtiyoj, hatto majburiyat holiga keldi. Turkiyada boʻlgani kabi, umum Islom dunyosida ham shunday.
Poydevorlari zaiflagan binoning xonalarini taʼmirlash va bezashga harakat qilish binoning yiqilmasligiga qay daraja foyda beradi? Ildizlari chiritilishiga harakat qilingan bir daraxtning qurimasligi uchun shox va yaproqlarini dorilab tadbir olishga harakat qilish daraxtning hayotiga foyda bera oladimi?!
Inson saroy kabi binodir, poydevorlari iymon asoslaridir. Inson daraxtdir, ildizi iymon asoslaridir. Iymon ruknlaridan eng muhimi Iymoni Billoh – Allohga iymondir. Soʻng Nubuvvat va Hashrdir. Shuning uchun bir insonning avvalo qoʻlga kiritishi kerak ilm, ilmi iymon ilmidir. Ilmlarning asosi, ilmlarning shohi va podshohi iymon ilmidir.
Iymon faqat qisqa tasdiqdan iborat emas. Iymonning koʻp martabalari bor. Taqlidiy iymon, bu davrdagi zalolat, axloqsizlik boʻronlari qarshisida tez soʻnadi. Tahqiqiy iymon esa tebranmas, soʻnmas quvvatdir. Tahqiqiy iymonni qoʻlga kiritgan insonning iymon va Islomiyati daxshatli dinsizlik boʻronlariga uchrasa ham, bu iymon quvvati qarshisida taʼsirsiz qolishga mahkum. Tahqiqiy iymonni qozongan insnonni eng dinsiz faylasuflar ham vasvasa yoki shubhaga tushira olmaydi.
Bu haqiqatlarga binoan, biz ham tahqiqiy iymoniy dars berib, iymonni quvvatlab, insonni abadiy saodat va salomatga olib chiqdigan Qurʼon va iymon haqiqatlarini jamlagan asarni, sabot, bardavom va diqqat bilan oʻqishni qatʼiyat bilan lozim va shart deb bildik. Aks holda, bu davrda dunyoviy va uxroviy daxshatli musibatlar ichiga tushish shubhasiz haqiqatdir. Shuning uchun yagona qutulish choramiz Qurʼoni Hakimning iymoniy oyatlarini va bu asrga yuzlangan oyati karimalarini tafsir qilgan yuksak Qurʼon tafsirini mahkam tutishdan iborat.
Hozir "Bunday asar bu asrda bormi?" degan savolning ichingizda hosil boʻlgani nuroniy bir hayajonni ifodalagan siymolaringizdan anglashilmoqda.
Ha, bu tur ehtiyojimizni toʻliq qondiradigan asarni topish uchun koʻp diqqat va sinchkovlik bilan qidirdik. Oxiri, ham turk yoshlariga ham barcha Musulmonlarga va bashariyatga Qurʼoniy rahbar va komil murshid boʻladigan asarning – Badiuzzamon Said Nursiyning Risola-i Nur asarlari ekanini xulosa qildik. Biz bilan birga bu haqiqatga Risola-i Nur orqali iymonini qutqargan yuz minglab insonlar shohid.
Ha, yigirmanchi asrda qamrovli va umumiy bir rahbarlik vazifasini bajaradigan Qurʼoniy asar muallifining shu xususiyatlarga ega boʻlishini asos oldik. Bu xususiyatlar toʻliq Risola-i Nurda va muallifi Badiuzzamon Said Nursiyda mavjud ekanini koʻrdik:
Birinchisi: Muallifning faqat Qurʼoni Hakimni oʻziga ustoz deb qabul qilishi...
Ikkinchisi: Qurʼoni Hakim haqiqiy ilmlarni ichiga olgan muqaddas kitobdir. Barcha asrlarda insonlarning umum tabaqalariga xitob qilgan azaliy xutbadir. Shuning uchun Qurʼonni tafsir qilganda, haqiqatning sof ifodalanishi, bu shaklda haqiqiy tafsir boʻlishi uchun mufassirning oʻz xususiy yoʻl va yoʻnalishininig taʼsiri ostida qolmasligi va hislari qoʻshilmasligi lozim. Hamda Qurʼonning maʼnolarini kashf bilan koʻringan Qurʼon haqiqatlarining aniqlash uchun shart boʻlgan sifat – mufassir xar bir fanda ixtisoslashgan keng fikrga, nozik nazarga va tom ixlosga sohib alloma, oʻta oliy daho, nufuzli, chuqur ijtihod va iymon va Qurʼon haqiqiatlarini nozik va chuqur farosat va mahorat bilan tushuntirish kuchiga sohib boʻlishi...
Uchinchisi: Qurʼon tafsirining toʻliq ixlos bilan taʼlif etilgan boʻlishi – muallifning Janobi Haqning roziligidan boshqa hech qanday moddiy, maʼnaviy manfaatni maqsad qilmasligi va bu yuksak holat muallifning hayotidagi hodisalarda kuzatilishi...
Toʻrtinchisi: Qurʼonning eng buyuk moʻjizalaridan biri, yoshlik va yangiligini muhofaza qilishi. Hozir asrda nozil qilingandek, xar asrning ehtiyojini qondiradigan tomoni boʻlishidir.
Bu asrda maydonga keltirilgan tafsirda Qurʼoni Hakimning asrimizga yuzlangan tomonining kashf etilib, avomdan eng xoslargacha xar bir tabaqa foydalana oladigan uslubda izoh va isbot qilingan boʻlishi...
Beshinchisi: Mufassirning Qurʼon va iymon haqiqatlarini inkor etilmas dalil va hujjatlar bilan isbotlab dars berishi. Yaʼni, pozivitizm (isbotchilik)ni bir asos qabul qilishi...
Oltinchisi: Dars bergan Qurʼoniy haqiqatlarning ham aqlni ham qalbni ham ruh va vijdonni nurlantirishi, qondirishi, nafsni boysundirishi va shaytonni mot qiladigan darajada quvvatli va oʻta balogʻatli, nufuzli va taʼsirli boʻlishi...
Yettinchisi: Haqiqatlarni tushunishga moneʼ boʻlgan xudbinlik, gʻurur, kibr va “anoniyat” (menlik) kabi yomon xislatlardan qutqarib, tavozuʼ va kamtarlik kabi yuksak va goʻzal axloqlarga sohib qilishi...
Sakkizinchisi: Qurʼoni Karimni tafsir qilgan allomaning Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning sunnatiga tobeʼ boʻlishi, Ahli sunnat va jamoat mazhabida ilmi bilan boamal boʻlishi, eng yuksak zuhd va taqvo, aʼzamiy eng buyuk ixlos va dinga xizmatida eng yuqori sabot, eng ulugʻ toʻgʻrilik, sadoqat va fidokorlikka, juda yuqori tejamkorlik va qanoatga sohib boʻlishi shart.
Xulosa sifatida mufassirning Qurʼoniy risolalari orqali risolati Ahmadiyaning (S.A.V) eng yuqori taqvosi, eng yuksak qulligi, chuqur ijtihod va iymon va Qurʼon haqiqiatlarini nozik va chuqur farosat va mahorat bilan tushuntirish kuchiga egaligi bilan ham Ahmadiy valiylikning yogʻdulariga sazovor boʻlgan Qurʼon xodimi boʻlishi...
Toʻqqizinchisi: Mufassirning Qurʼoniy va Sharʼiy masalalarni bayon qilganda, maʼlum tazyiq va qiynoqni eʼtiborga olmasligi, xar qanday taʼsir ostida fatvo bermasligi, oʻlimni xor koʻrib, dunyoga bas keladigan iymon quvvati bilan haqiqatni beparvo aytgan Islomiy shijoat va jasoratga sohib boʻlgan mufassir boʻlishi kerak.
Qatl qilish rejalari tatbiq etilgan va birorta diniy risola nashr qilinmagan daxshatli davrda, xususan yoʻq etilishi va soʻndirilishi moʻljalga olingan Qurʼonni, Sharʼiy asoslarni taʼlif va nashr qilgan maydonda boʻlgan bir murshidi komil va Islomning bu asrda haqiqiy, komil rahbari va Qurʼonning moʻtabar buyuk mufassiri boʻlishi lozim.
Bu davrda yuqorida aytilgan toʻqqiz shart va xususiyatlarning muallif Said Nursiyda va asarlari Nur Risolalarida aynan mavjudligini haqiqiy va chuqur ilmli Islom olimlarining ijmoʻsi, tavoturi va ittifoqi bilan aniqlagan. Uygʻonishni boshlagan bu Islom millati, Ovrupa va Amerikada maʼlum va tasdiqlangan. Mana doʻstlar! Biz shunday Qurʼon tafsiri qidirayotgan va bunday mufassir istayotgan edik.
Qiymatli qardoshlarim! Bunday daxshatli asrda insonning eng buyuk masalasi – iymonni qutqarish yoki yoʻqotish daʼvosidir. Jahon urushlari insoniyatni uygʻotdi, dunyo hayotining foniyligini eslatdi. Boqiy bir olamda, abadiy bahtiyor yashash hissini uygʻotdi. Albatta bunday muazzam daʼvoni, chalkash va aldamchi davrda qozonish uchun, bir advokat topishda juda eʼtiborli boʻlishimiz lozim. Shuning uchun tadqiqotimizni yana bir oz kengaytiramiz.
Asrimizdan avvalgi Islomiyatning Kalom Ilmi dohiylari, dinimizning gʻaroyib imomlari va Qurʼoni Hakimning dohiy mufassirlari vujudga keltirgan asarlari qiymati, taqdirlash mumkin boʻlmaydigan darajada bebahodir. U zotlar Islomiyatning bir bir quyoshlaridir. Lekin bu davr u buyuk zotlar yashagan davr kabi emas.
Eski davrda zalolat bilimsizlikdan kelar edi. Uni yoʻq qilinishi oson edi. Hozirgi davrda esa zalolat (Qurʼonga, Islomiyatga va iymonga hujum) fan, falsafa va bilimdan kelayapti. Buni yoʻqotish esa mushkul. Eski davrda ikkinchi qismi mingdan bir boʻlar edi, ulardan faqat mingdan biri irshod bilann toʻgʻri yoʻlga kelar edi. Chunki undaylar ham bilmaydi ham oʻzini bilaman deb oʻylaydi.
Bundan avvalgi asrlarda tabiiy fanlar yigirmanchi asrdagi qadar taraqqiy etmaganini bilasiz. Demak bu asrda dunyoga yoyilgan dinsizlik va moddaparastlikni ildizini kesish, haq va haqiqat yoʻlini koʻrsatib, insoniyatni siroti mustaqimga yetkazish, iymonni qutqarish uchun faqat va faqat Qurʼoni Hakimning bu asrga yuzlangan tomonini kashf qilib, barcha foydalana oladigan bir shaklda tafsir qilinishi, albatta bu asrda mumkin.
Badiuzzamon Said Nursiy Qurʼoni Karimdagi bu asr muhtoj boʻlgan haqiqatlarni kashf etib, Nur Risolalarida hammaning qobiliyati nisbatida foydalana oladigan tarzda tafsir va izoh qilish muvaffaqiyatiga erishdi. Shuning uchun Risola-i Nur oʻxshashi koʻrilmagan shox asar degan xulosaga kelingan.
Risola-i Nurdagi bu imtiyoz sababli, bu muborak Islom millatidan millionlab bahtiyor kishilar ustun tutib, katta ehtiyoj sezib, buyuk ishtiyoq va sevgi bilan yillab davom etgan tazyiqlar ichida Risola-i Nurni oʻqishdi.
Risola-i Nur ehtiyoj vaqtida taʼlif etilgani bois Turkiya va Islom Dunyosi miqyosida kengaygan va dunyoni aloqador qilgan imtiyozga sazovor boʻlganini koʻzga koʻrsatdi...
Qiymatli qardoshlarim! Said Nursiy qirq yil avval Istanbuldalik vaqti, "Kim nima xohlasa soʻrasin" deb, gʻaroyib eʼlonot qilganlar. Oʻsha vaqtda davrning mashhur olim va allomalari Badiuzzamonning hujrasiga toʻda-toʻda boʻlib borib, xar sinf ilmlarga va turli mavzularga doir soʻragan eng mushkul, eng yopiq savol berilgan ondayoq Badiuzzamon toʻgʻri javob bergan.
Bunday haddu hududi yoʻq, yaʼni "shu yoki bu ilmda, falon mavzuda kim nima istasa soʻrasin" degan chegara qoʻymasdan eʼlon berish va natijada toʻliq muvaffaq boʻlish insoniyat tarixida kuzatilmagan. Bunday qamrovli va yuksak ilmga sohib Islom dohiysi hozirgacha chiqmagan (Asri Saodat mustasno).
Hatto oʻsha davrda, Misr Jomeʼul Azhar Universiteti raislaridan mashhur Shayx Bohid Afandi, Istanbulga sayohat uchun kelganida, Qurdistonning tik, chiqib boʻlmaydigan qoyalari orasidan chiqib, Istanbulga kelgan Badiuzzamon Said Nursiyni mot qiila olmagan Islom ulamolari bu yosh domlani (Badiuzzamonni) mot qilishni soʻraydilar. Shayx Bahid bu taklifni qabul qilib munozara zamini qidiradi. Bir namoz vaqti Ayasofiya Masjididan chiqilib "choyxona"da oʻtirishgan payt, buni fursat deb bilgan Shayx Bahid Afandi, Badiuzzamon Said Nursiyga xitoban,
Yaʼni, "Ovrupa va Usmonli Davlati haqida nima deysiz? Fikringiz qanday?" deb soʻraydi. Shayx Bahid hazratlarining bu savoldan maqsadi Badiuzzamon Said Nursiyning shaksiz bahri ummon kabi ilmini va tez va keskin zakovatini sinash emas edi. Maqsadi kelajakka oid qamrash kuchining shiddatini va dunyoning boshqaruvidagi siyosatini bilish edi.
Bunga javoban, Badiuzzamonnig bergan javobi shu boʻldi,
Yaʼni, Ovrupa bir Islom Davlatiga, Usmonli Davlati esa bir Ovrupa Davlatiga homiladir. Bir kun kelib tugʻajaklar.
Bu javobga qarshi Shayx Bahid Hazratlari, "Bu yigit bilan munozara qilinmaydi. Men ham ayni xulosada edim. Faqat bu qadar hikmatli va balogʻatli tarzda ifodalash faqat Badiuzzamonga xosdir", degan.
Haqiqatdan Badiuzzamonning degani kabi, xabarlarning ikki qutbi ham sodir boʻlmish. Bir-ikki sana soʻngra Konstitutsion boshqarilish davrida, Islomiylik alomatlariga muxolif koʻp ajnabiy odatlarini olmoq va borgancha Turkiyada yerlashtirmoq ila va hozir Ovrupada Qurʼonga va Islomiyatga qarshi koʻrsatilgan goʻzal aloqa, xususan baxtiyor Olmon millatida toʻda-toʻda Islomiyatni qabul qilish kabi hodisalar bu xabarni toʻliq tasdiqlagan.
Buyuk Islom olimlari va sharafli shayxlar koʻp tajriba va imtihonlar orqali Badiuzzamon nima desa, haqiqat ekani xulosasiga kelishgan. Badiuzzamonning asarlari qalbiy sunuhot maʼnolar boʻlib, olimlar jamoatining tasdiq va taqdiriga sazovordir.
Ilm ahli, tasavvuf ahli, fan va maktab ziyolilari Badiuzzamonning asarlaridan faqatgina fayz va foyda oladi. Ha,
• uch oylik tahsilga ega,
• qirq yilan beri Qurʼoni Karimdan boshqa kitob bilan mashgʻul boʻlmagan,
• bir yuz oʻttizta turk tilida, oʻn besh arab tilidagi asarlarini taʼlif qilayotib hech qanday kitobga murojaat etmaganini hanuz hayot boʻlgan kotiblari tomonidan shahodat etilgan,
• asosan kutubxonasi yoʻq,
• yarim ummiy zot shunday mislsiz bir eʼlon orqali, yangi ilmlar doxil, turli ilmlarda, yuksak olimlar va buyuk murshidlar bilan, yoshligida qilgan munozaralarning hammasida yutib chiqqani maʼlum,
• ittifoqli masalalarni tasdiqlagan va ixtilofli masalalarni toʻgʻrilagan,
• oʻzi uchun "Badiuzzamon javob berolmaydigan savol yoʻq" deb, allomalar tarafidan tasdiqlangan,