Hutbai Shomiya
Ushbu Hutbai Shomiya asari Ustoz Badiuzzamon Said Nursiy Hazratlarining oʻttiz besh yoshida Shomda, Shom ulamolarining talabi bilan Ummaviy Masjidida nutq qilgan hutbasidir. Juda buyuk ahamiyatga ega boʻlgani uchun oʻsha vaqtda Shomda bir hafta ichida ikki marta chop etilgan edi. Keyinroq muallif Badiuzzamon Said Nursiy tomonidan tarjimasi nashr qilingan.
Arab tilidagi Hutbai Shomiyaning Muqaddimasi
Aziz, siddiq qardoshlarim!
Qirq yil avval Shomdagi Ummaviy Masjidida Shom ulamolarining talabi bilan, ichida yuz ahli ilm boʻlgan oʻn ming kishiga yaqin azim jamoatga berilgan bu arab tilidagi darsning risolasidagi haqiqatlarni Eski Said avvaldan sezish hissi orqali bilgan edi. Kamoli qatʼiyat bilan hushxabar bergan va juda yaqin vaqtda ushbu haqiqatlar koʻrinadi deb oʻylagan edi. Lekin ikki jahon urushi va yigirma besh yil mutlaq istibdod u avvaldan sezish hissining qirq-ellik yil kechikishiga sabab boʻldi.
Hozir Islom olamida oʻsha vaqtdagi bergan xabarlar aynan yuzaga chiqishni boshladi.
Demak ushbu juda ahamiyatli dars oʻtib ketgan eski hutba emas, balki toʻgʻridan-toʻgʻri 1327 yil oʻrniga, 1371 yili va Ummaviy Masjidi oʻrniga Islom olami masjidida uch yuz yetmish million jamoatga berilgan haqiqatli va yangi ijtimoiy dars hisoblanadi. Shuning uchun tarjimasini nashr qilish vaqti keldi deb tahmin qilaman.
Said Nursiy
Bu yerda oʻta muhim bir savolga berilgan juda ahamiyatli javobni yozishga munosabat keldi. Chunki qirk yil avval Eski Said oʻsha darsida avvaldan sezish hissi bilan Risola-i Nurning gʻaroyib darslarini va taʼsirlarini koʻrgandek gapirgan edi. Shuning uchun quyida oʻsha savol va javobni yozamiz.
Koʻpchilik tomonidan ham menga ham baʼzi Nur qardoshlarimga berilgan, “Nima uchun Risola-i Nur buncha dushmanlarga qarshi, qaysar faylasuflarga va zalolat yoʻlini tutganlarga magʻlub boʻlmayapti? Millionlab qiymatdagi haqiqiy iymonga va Islomga oid kitoblarning tarqalishiga bir daraja toʻsiq qoʻyilgan. Lekin, kayf-safo va dunyoviy hayotning lazzatlari bilan bechora yoshlarni va insonlarni iymon haqiqatlaridan mahrum qilishmoqda. Shunga qaramay eng qattiq hujum, eng ayyor muomala, eng koʻp yolgʻonlarga va zarariga qilingan tashviqotlar bilan Risola-i Nurni sindirishga, odamlarni undan qoʻrqitish va voz kechirishga harakat qilinmoqda. Lekin, hech bir asarda kuzatilmagan tarzda Risola-i Nur yoyilyapti. Hatto koʻpi qoʻlyozma bilan yuz ming nusʼha risolalarni kamoli ishtiyoq bilan parda ortida yoyilmoqda. Yurt ichi va tashqarisida oʻzini kamoli ishtiyoq bilan oʻqitishining hikmati nimada? Sababi nima?”, maʼnosidagi koʻp savollarga javoban aytamiz:
Qurʼoni Hakimning iʼjoz sirri bilan haqiqiy tafsiri boʻlgan Risola-i Nur, zalolatda hatto bu dunyoda maʼnaviy jahannam borligini koʻrsatgan. Huddi shuning kabi, iymonda ham bu dunyoning oʻzida maʼnaviy jannat borligini isbotlaydi. Gunohlar, yomonliklar va xarom lazzatlar ichida maʼnaviy alamli azoblarni koʻrsatadi. Hasanot, goʻzal hislatlar va shariat haqiqatiga amal qilishda jannat lazzatlari kabi maʼnaviy lazzatlar borligini isbotlaydi. Kayf safo va zalolat yoʻliga kirganlarni bu jihatda, aqli joyida boʻlgan kishilarni qutqaradi. Chunki hozirgi davrda ikki daxshatli holat bor:
Birinchisi: Oqibatni koʻrmaydigan, bir dirham lazzatni kelajakdagi bir botmon lazzatdan ustun qoʻygan inson hislari, aql va fikrga gʻalaba qilgan. Shuning uchun kayf safo yoʻlidagilarni olgan lazzatida azobni koʻrsatib hislarini magʻlub qilish undan qutqarishning yagona chorasidir.
(14:3) oyatining ishorati asosida, bu davrda oxiratning olmos kabi neʼmatlarini, lazzatlarini bilsada, inson dunyoviy, sinadigan shisha boʻlaklarini ustun qoʻyadi. Ahli iymon boʻlishiga qaramay dunyo sevgisi va mazkur oyatning sirri asosida zalolat yoʻlidagilarga tobeʼ boʻlish tahlikasidan yagona yoʻl orqali, yaʼni hatto dunyoda ham jahannam azobini va alamlarini koʻrsatish orqali qutqarish mumkin. Risola-i Nur bu yoʻldan yuradi.
Yoʻqsa hozirgi davrdagi mutlaq kufrning va fandan kelib chiqqan zalolatning, kayf-safodan kelib chiqqan koʻnikib qolishning qaysarligi oldida Janobi Haqni tanitgandan soʻng va jahannamning mavjudligini isbotlab, uning azobi bilan oʻndan balki yigirmadan bir odamni yomonlikdan, gunohlardan voz kechirishi, dars oldirishi mumkin. Dars olgandan soʻng ham “Janobi Haq Gʻafuru Rahiymdir, jahannam esa hali uzoq”, deb kayf safosida davom etishi mumkin. Qalbi va ruhi hislariga magʻlub boʻladi.
Risola-i Nurdagi aksar qiyoslashlar kufr va zalolatning dunyodagi azob beruvchi va qoʻrqitadigan natijalarini koʻrsatish orqali hatto eng qaysar va nafsparast kimsalarni yomon, xarom lazzatlardan va kayf-safodan nafratlantiradi. Aqli joyidagi kishilarni esa tavba qilishga turtki beradi. Oltinchi, Yettinchi, Sakkizinchi Soʻzlardagi kichik taqqoslar va Oʻttiz Ikkinchi Soʻzning Uchinchi Mavqifidagi uchun taqqos eng kayfga mukkasidan ketganlar va zalolat yoʻlidagi kimsani ham qoʻrqitadi, darsini qabul ettiradi. Masalan Nur Oyatidagi hayoliy sayohat orqali koʻrgan haqiqiy holatlarni juda qisqacha ishorat qilamiz. Tafsilotini xohlaganlar Gʻaybiy Muhrning oxirini oʻqisin.
Jumladan, hayoliy sayohatda rizqqa muhtoj boʻlgan hayvonlar olamini koʻrgan vaqtim moddiy falsafa bilan qaradim. Sanoqsiz ehtiyojlar va qattiq ochligi bilan birga zaiflik va ojizligi, jonlilar olamini menga juda och va azobda koʻrsatdi. Zalolat va gʻaflat yoʻlidagilarning koʻzi bilan qaraganim uchun faryod etdim. Birdan Qurʼoniy hikmat va iymonning durbini bilan qaradim.
Rahmon Ismi Razzoq burjida, porloq quyosh kabi chiqdi. Och, bechora jonzotlar olamini Rahmat nuri bilan yoritdi.
Soʻng hayvonot olami ichida, bolalarning zaiflik, ojizlik va ehtiyoj ichida tipirchilagan hazin, azobda va barchani mehrini joʻshtiradigan va achintiradigan qorongʻulik ichida boshqa bir olamni koʻrdim. Zalolatdagilarning nazari bilan qarab “Ey voh” dedim. Birdan iymon menga bir koʻzoynak berdi. Rahiym Ismi shafqat burjida chiqqanini koʻrdim. Achchiq olamni shu qadar goʻzal va shirin suratda sevinchli olamga aylantirib nurlantirdiki shikoyat, achinish va huzndan kelgan koʻzyoshlarimni, sevinch va shukrning lazzatlaridan kelgan tomchilarga aylantirdi.
Soʻng menga kino pardasi kabi inson olami koʻrindi. Zalolat ahlining durbini bilan qaradim. U olamni shunchalik qorongʻu, daxshatli koʻrdimki qalbimning tub-tubidan faryod qildim. “Ey voh”, dedim. Chunki insonlarda abadga uzanib ketgan orzular, istaklar va koinotni qurshagan tasavvur va fikrlar, abadiy boqiylikni, abadiy bahtiyorlikni va jannatni juda jiddiy istagan himmati, fitriy isteʼdodlari, tabiiy chegara qoʻyilmagan erkin hislari va cheksiz maqsadlarga yoʻnalgan ehtiyojlari, ziflik va ojizligi bilan birga hujumlarga uchragan sanoqsiz musibat va dushmanlari bilan birga juda qisqa umr, xar kun va xar soat oʻlim xavotiri ostida juda shovqinli hayot, yashash uchun juda abgor tirikchilik ichida qalbga, vijdonga eng azobli va eng daxshatli holat hisoblangan bardavom zavol topish va ayriliq balosini chekish ichida gʻaflatdagilar uchun abadiy zulmat eshigi suratida koʻringan mozor va qabristonga qaramoqda. Oʻsha zulmat qudugʻiga birin ketin va toifa-toifa tashlanmoqda.
Inson olamini zulmat ichida koʻrgan paytim qalb, ruh va aqlim bilan barcha insoniy hislarim balki vujudimdagi butun zarralarim faryod qilib yigʻlashga tayyor turgan holimda birdan Qurʼondan kelgan nur va iymon quvvati zalolat koʻzoynagini sindirdi, boshimga bir koʻz berdi. Janobi Haqning Odil Ismi Hakim burchida, Muhyi Ismi Muhsin burchida, Rab Ismi Molik burchida quyosh kabi bir bir chiqqanini koʻrdim. Koʻp olamlarni ichiga olgan qorongʻu inson olamining barchasini yoritdi, quvontirdi. Jahannamiy olovlarni tarqatib, nuroniy oxirat olamidan derazalar ochib abgor inson dunyosiga nur sepdi. Koinot zarralari adadicha اَلْحَمْدُ لِلّٰهِ ، اَلشُّكْرُ لِلّٰهِ dedim. Hatto bu dunyoda ham iymonda maʼnaviy jannat va zalolatda maʼnaviy jahannam borligini koʻrish aniqligida bildim. Aniq koʻrdim.
Soʻng yer kurrasi olami koʻrindi. Hayoliy sayohatimda dinga itoat qilmagan falsafaning qorongʻu ilmiy qonunlari, hayolimga daxshatli olamni koʻrsatdi. Zambarak oʻqidan yetmish marta tezroq harakati bilan yigirma besh ming yillik masofani bir yilda aylanib chiqqan, xar doim maydalanib ketishga va boʻlinishga tayyor boʻlgan, ichi zilzilali, juda keksaygan va qarigan yer kurrasi ichida, bu daxshatli kema ustida koinotning cheksiz boʻshligʻida sayohat qilgan bechora inson sinfining holati menga qoʻrqinchli qorongʻulik ichida koʻrindi. Boshim aylandi, qoʻz oldim qoraydi. Falsafaning koʻzoynagini yerga urdim, sindirdim. Birdam Qurʼoniy hikmat bilan nurlangan koʻz bilan qaradim.
Yer va samovotning Qodiyr, Aliym, Rab, Alloh, Rabbu-s Samavati val Arz va Musahhiru-sh Shamsi val Qamar Ismlari, rahmat, azamat, rububiyat burchlarida quyosh kabi chiqdi. Qorongʻu, qoʻrqinchli, daxshatli olamni shunday yoritdiki, oʻsha holatda mening iymonli koʻzimga yer kurrasi oʻta intizomli, boʻysungan, mukammal, hush, ishonchli, hammaning rizqlarini ichiga olgan sayohat kemasi, dam olish, istirohat va tijorat uchun muhayyo qilingan, ruh sohiblarini quyoshning atrofida, Rabboniy mamlakatda aylantirish, yoz, bahor va kuzning mahsulotini rizq istaganlarga keltiradigan kema, tayyora, poyezd sifatida koʻrdim. Yer kurrasining zarralari sanogʻicha اَلْحَمْدُ لِلّٰهِ عَلٰى نِعْمَةِ الْاٖيمَانِ dedim.
Bunga qiyosan Risola-i Nurda juda koʻp qiyoslar orqali kayf-safo va zalolat yoʻlini tutgalar hatto dunyoda ham maʼnaviy jahannam ichida azob chekkanini, ahli iymon va solih insonlarning hatto dunyoda ham maʼnaviy jannat lazzatlari tatishini, balki iymoni darajasiga koʻra foydalana olishi koʻrsatilgan.
Bizning shovqinli davrimiz, inson hislarini harakatasiz va falj holgan keltirgan va basharning eʼtiborini tashqi dunyoga qaratgan va bugʻgan jarayonlari, hislarni shol qilib telba holiga keltirdi. Shuning uchun zalolatdagilar maʼnaviy azobni vaqtincha toʻliq his qilmaydi. Ahli hidoyatni ham gʻaflat bosib, iymonning haqiqiy lazzatini qadriga yetmaydi.
Bu asrdagi ikkinchi daxshatli holat shuki, eski zamonlarda mutlaq kufr, fandan kelib chiqqan zalolatlar, qaysar kufrdan kelib chiqqan oyoq tirash hozirgi davrga nisbatan juda oz edi. Shuning uchun eski Islom muhaqqiqlari (haqiqatni izlanib, dalillari bilan bilgan olimlar)ning darslari, hujjatlari oʻz davriga toʻliq kifoya qilar edi. Shubha ichidagi kufrni ketkazar edi. Allohga iymon umumiy boʻlgani uchun Allohni tanitish va jahannam azobini eslatish orqali koʻpchilikni kayf-safo va zalolatdan voz kechirar edi.
Hozir esa, eski zamonda bir mamlakatda bitta oʻrniga, bir tumanda mingta mutlaq kofir topiladi. Eski vaqtlar fan va ilm bilan zalolatga tushib qaysarlik va oyoq tirash orqali iymon haqiqatlariga qarshi chiqqan kishiga nisbatan hozir sanogʻi yuz marta koʻpaygan. Oyoq tiragan qaysarlar, firʼavnlik darajasidagi gʻurur va daxshatli zalolati bilan iymon haqiqatlariga qarshi kurashayotshgani uchun albatta ularga qarshi atom bombasi kabi (bu dunyoda ularning tamalini parcha parcha qiladigan) ularning tajovuzlarini toʻxtatadigan va bir qismini iymonga keltiradigan muqaddas haqiqat lozim.
Janobi Haqqa hadsiz shukrlar boʻlsinki bu davrning yarasiga toʻliq tiryoq (har dardga davo boʻladigan darmon) sifatida Qurʼoni Moʻjizul Bayonning bir maʼnaviy moʻjizasi va nurlarini ichiga olgan Risola-i Nur, Qurʼoning olmos qilichi bilan juda koʻp qiyoslar bilan eng daxshatli oyoq tiragan qaysarlarni sindiryapti. Koinot zarralari sanogʻicha Allohning vahdoniyati, yagonaligiga va iymonning haqiqatlariga hujjatlar va dalillarni koʻrsatyapti. Yigirma besh yildan beri eng qattiq hujumlarga qarshi magʻlub boʻlmasdan gʻalaba qilyapti.
Risola-i Nurda iymon va kufr taqqoslari, hidoyat va zalolat qiyoslari mazkur haqiqatni isbotlayotgani ayon. Masalan, Yigirma Ikkinchi Soʻzning ikki maqomining burhonlari va yogʻdulariga, Oʻttiz Ikkinchi Soʻzning Birinchi Mavqifiga, Oʻttiz Uchinchi Maktubning derazalariga, Aso-i Musoning oʻn bir hujjatiga boshqa taqqoslar qiyoslansa va eʼtibor berilsa, Risola-i Nurda tajalliy etgan Qurʼoniy haqiqatlar bu davrda mutlaq kufrni va qaysar zalolatning oyoq tirashini sindirishi, parchalashi anglashiladi.
Tilsimlar majmuasida dinning muhim tilsimlari va olamning yaratilishining jumboqlarini ochgan boʻlimlar yigʻilgan. Huddi uning kabi zalolat yoʻlidagilarning hatto dunyoda ham jahannamini va ahli hidoyatning dunyoda ham jannatiy lazzatlarini koʻrsatgan, iymon – jannatning maʼnaviy urugʻi va kufr esa jahannam zaqqumining bir urugʻi ekanini koʻrsatgan Nurning boʻlimlari inshaalloh qisqa vaqtda majmua holida yoziladi va nashr etiladi.
Arab tilidagi Hutbai Shomiya asarining tarjimasi
Butun jonzotlar hayotining holat tili bilan Xoliqiga taqdim qilgan maʼnaviy hadyalarini, holat tili bilan hamd va shukrlarini biz ham Vojibul Vujud Zotga taqdim qilamiz. U Zot لَا تَقْنَطُوا مِنْ رَحْمَةِ اللّٰهِ yaʼni “Allohning rahmatidan umidingizni uzmang”, degan.
Paygʻambarimiz Muhammad Mustafoga (s.a.v.) salotu salom boʻlsin. U Zot, جِئْتُ لِاُتَمِّمَ مَكَارِمَ الْاَخْلَاقِ yaʼni, “Mening insonlarga Janobi Haq tomonidan biʼsatim va kelishimning ahamiyatli hikmati – goʻzal axloqni va chiroyli hislatlarni mukammallashtirish va basharni axloqsizlikdan qutqarishdir”, deganlar.
Hamd va salotdan soʻng, ey bu Ummaviy Masjidida ushbu darsni tinglagan arab qardoshlarim! Men haddimdan ortiq bu minbarga va shu maqomga sizni irshod qilish uchun chiqmadim. Chunki sizga dars berish mening haddimdan ancha yuqorida. Balki ichingizda yuzga yaqin ulomalar boʻlgan jamoatga mening misolim, madrasaga kirgan bir bolaning misoliga oʻhshaydi. Ertalab madrasaga borib oʻqib, toʻgʻri dars olganmi yoki yoʻqligini kechqurun otasiga kelib darsini topshiradigan yosh bola misolidir. U otasining irshodi yoki toʻgʻrilashini kutadi. Ha, biz sizga nisbatan bola hisoblanamiz va talabalaringizmiz. Siz bizning va Islom millatining ustozlarisiz. Men olgan darsimning bir qismini sizdek ustozlarimga quyidagicha bayon qilaman:
Men bu zamon va zaminda basharning ijtimoiy hayoti madrasasida dars oldim va ajnabiylar va ovrupaliklar taraqqiyotda kelajakka uchish bilan birga bizni moddiy jihatdan oʻrta asrlarda qoldirgan va toʻxtatib qoʻygan olti hastalik mavjudligini bildim. Ular quyidagilar:
Birinchisi: Yaʼs, umidsizlikning ichimizda hayot topib tirilishi.
Ikkinchisi: Sidqning ijtimoiy siyosiy hayotda oʻlishi.
Uchinchisi: Adovatga muhabbat qilish.
Toʻrtinchisi: Ahli iymonni bir-biriga bogʻlagan nuroniy aloqalarni bilmaslik.
Beshinchisi: Turli tuman yuqumli hastaliklar kabi tarqalgan istibdod.
Oltinchisi: Himmatini shahsiy manfaatiga qaratish.
Bu olti daxshatli hastaliklarning darmonini bir tibbiyot fakulteti hisoblanib, ijtimoiy hayotimizda men Qurʼon dorixonasidan dars olgan olti kalima orqali bayon qilaman. Ularni muolajaning asoslari deb bilaman.
Birinchi kalima: “Al-amal”. Yaʼni Allohning rahmatidan kuchli umid qilish. Ha, men olgan darsimga binoan: Ey Islom jamoati! Hushxabar beraman, hozirgi Islom olamining dunyoviy saodati, xususan Usmoniylarning saodati va bilxossa Islom taraqqiyi ularning uygʻonishi orqali arablarning saodatining fajri sodiqining, haqiqiy tongining belgilari yoyilishni boshlayapti. Saodat quyoshining ham chiqishi yaqinlashdi. Umidsizlikning kirib kelayotganiga qaramay men dunyoga eshittiradigan darajada qatʼiy qanoatim bilan aytaman: