Latif Hikmatlar
Sadoqatda nomdor, qalb sofligida ajralib turadigan Sulaymon Rushdiy bilan goʻzal bir suhbat munosabati bilan katta bir oyatning kichik bir nuktasi
Kuz faslida, pashshalarning uyquga ketishiga yaqin vaqtda, xudbin kimsalar oʻzlarining kichik bezovtaligi uchun pashshalarni yoʻq qilish maqsadida qamoqxonadagi xonamizga dori sepishdi. Bu mening juda rahmimni keltirdi. Xonamda kiyim yoyish uchun ip bor edi. Keyinchalik, ularning aksiga, pashshalar yanada koʻpaydi. Shom vaqti, u kichik qushlar ip ustida gʻoyat tartibli tizildi. Kiyimlarni yoyish uchun Rushdiga, “Bu kichik qushlarga tegma, boshqa joyga yoy”, dedim. U ham, kamoli jiddiyat bilan, “Bu arqon bizga kerak, pashshalar oʻziga boshqa joy topsin”, dedi. Nima boʻlsa ham... Bu latif suhbat munosabati bilan, sahar vaqtida pashsha va chumoli kabi koʻp sonli kichik hayvonlardan gap ochildi. Unga aytdimki, bunday nusxalari koʻpaygan sinflarning muhim vazifalari va qiymatlari bor. Ha, bir kitob qiymati darajasida nusxalari koʻpaytiriladi.
Demak, pashsha jinsining ham muhim vazifasi va katta qiymati borki, Fotiri Hakiym kichik qadariy maktublarni va qudrat soʻzlarining nusxalarini koʻpaytirgan. Ha, Qurʼoni Hakiymning,
(22:73) yaʼni, “Janobi Haqdan boshqa, butun sabablar va ilohliklari zalolat yoʻlidagilar tomonidan daʼvo qilingan soxta ilohlar toʻplansa ham, bir pashshani yarata olmaydi. Yaʼni, pashshaning yaratilishi shunday Rabboniy moʻjiza va koinotdagi bir qonunki, butun sabablar toʻplansa, uning mislini yasay olmaydi.
U Rabboniy oyatga qarshi chiqa olmaydi, taqlidini qila olmaydi” maʼnosidagi oyatiga muhim bir mavzu tashkil etgan va Namrudni magʻlub etgan, Hazrati Muso (a.s.) ularning bezovta qilishini shikoyat qilib, “Yo Rab, bu bezovta qiluvchi mahluqlarni nima uchun bunchalik koʻpaytirding?” deganda, ilhom bilan javob kelganki, “Sen bir marta pashshalarga eʼtiroz bildirding. Bu pashshalar koʻp marta, 'Yo Rab, bu katta kallali inson Seni yolgʻiz bir til bilan zikr etadi. Baʼzida esa gʻaflatda boʻladi. Agar yolgʻiz kallasidan bizlarni yaratganingda edi, minglab til bilan Seni zikr qiladigan bizdek mahluqlar boʻlar edilar'” deb, Hazrati Musoning (a.s.) shikoyatiga ming eʼtiroz quvvatida yaratilish hikmatini himoya qilgan pashshaning, ham poklikni juda sevuvchi, har doim tahorat oladigandek yuzini, koʻzini, qanotlarini tozalaydigan bu toifaning, albatta, muhim vazifasi mavjud.
Insoniy hikmatning eʼtibori ojizdir. Hanuz u vazifani qamrab ola olmagan. Ha, Janobi Haq, dengiz yuzini tozalash va har kuni milliardlab halok boʻlgan dengiz hayvonlari jasadlarini yigʻish va dengizni jasadlar bilan ifloslangan, yoqimsiz manzaradan qutqarish uchun, sogʻliqni saqlash xodimlari kabi oʻta tartibli bir qism goʻshtxoʻr hayvonlarni yaratgan. Agar dengizda sogʻliqni saqlash xodimlari gʻoyat tartibli vazifalarini bajarmaganida, dengiz koʻzgudek porlamas edi. Balki hazin va azob beradigan loyqa tarzida boʻlar edi.
Xar kuni milliardlab jangli hayvonlari va qushlarning jasadlarini yigʻish bilan yer yuzini hidlanishdan tozalash va tiriklarni azob beruvchi, hazin manzaralardan qutqarish uchun, poklik va sogʻliqni saqlash xodimlari hisoblangan kaltakesaklar misoli, karomatlar koʻrsatib, yashirin va uzoq, besh-olti soatlik masofadan Rabboniy sezgi bilan jasadning joyini biladigan, boradigan va koʻtaradigan goʻshtxoʻr qushlarni va vahshiy hayvonlarni yaratgan. Agar quruqlikdagi sogʻliqni saqlash xodimlari oʻta mukammal, tartibni sevuvchi boʻlmagani va vazifa yuklanmaganida, yer yuzi yigʻlaydigan bir shaklni olar edi. Ha, goʻshtxoʻr hayvonlarning halol rizqi, oʻlgan hayvonlarning goʻshtlaridir. Hayotdagi hayvonlarning goʻshti ularga xaromdir. Agar yesa, jazo koʻradi.
yoki asl matndagidek. Yaʼni, “Qiyomatda shohsiz hayvonning qasosi shohlidan olinadi”, maʼnosidagi hadis ifodasi koʻrsatadiki, garchi jasadi yoʻq boʻlsa ham, ruhi boqiy qoladigan hayvonlar orasida ham, ularga munosib tarzda, boqiy diyorda jazo va mukofot mavjud. Bunga binoan, yirtqichlarga sogʻ hayvonlarning goʻshti harom, deyish mumkin.
Kichik hayvonlarning jasadini va neʼmatning kichik boʻlaklarini va donalarini yigʻish ishi orqali chumolilarni poklik xodimlari sifatida, ham Allohning neʼmatining kichik boʻlaklarini zoyeʼ boʻlishdan, toptalishdan, hurmatsizlikdan va bekorchilikdan saqlash bilan, kichik hayvonlarning jasadlarini yigʻish bilan, sogʻliqni saqlash xodimlari kabi vazifa yuklangan. Pashshalarga esa ulardan ham muhim, insonning koʻziga koʻrinmaydigan, kasalliklarning mikroblarini va zaharli moddalarni tozalash vazifa yuklangan. Nafaqat mikrob tashuvchilar, aksincha, zararli mikroblarni soʻrish va yeyish orqali mikroblarni yoʻq qilish, zaxarli moddani oʻzgartirib, koʻp yuqumli kasalliklarning oldini olishadi. Ham sogʻliqni saqlash askarlari, ham tozalash xodimlari, ham kimyogar ekaniga va keng hikmatga sazovor boʻlganiga dalil, ularning juda koʻpligidir. Chunki qiymatli, manfaatli narsalar koʻpaytiriladi.
(Xoshiya. Pashshaning qanoti va vujudi qanchalik ajoyib Rabboniy sanʼat ekaniga latif ishora sifatida, mashhur Yunus Emroning bu iborasi naqadar goʻzal aytilgan: Bir pashshaning qanotini qirq aravaga yukladim,
Qirqi ham torta olmadi, qoldi shunday yozilib.)
Ey xudbin inson! Pashshalarning minglab hayotiy hikmatlaridan boshqa, senga oid bu kichik foydasiga qara, pashsha dushmanligini tashla. Chunki, gʻariblikda, kimsasiz, yolgʻizlikda senga doʻstlik qilgani kabi, gʻaflatga botib fikringni parishon qilishdan seni ogohlantiradi. Va latif holati va tahorat olishi kabi yuzini, koʻzini tozalashi orqali, senga tahorat va namoz, harakat va poklik kabi insonlik vazifasini eslatadigan va dars beradigan pashshani koʻrasan.
Yana pashshaning bir sinfi boʻlgan arilar, eng shirin, eng latif asal neʼmatini changa yedirgani kabi, Qurʼoni Moʻjizul Bayonda Allohning vahiyiga sazovor boʻlish orqali bosh koʻtarganidan, ularni sevish kerak boʻlganda, pashsha dushmanligi, balki insonga doim doʻstona yordam beradigan va xar balosini chekadigan hayvonlarga dushmanlik zulmdir, haksizlikdir. Faqat zararli boʻlganlarining zararlarini daf qilish uchun kurash boʻlishi mumkin. Masalan, qoʻylarni boʻrilarning tajovuzidan himoya qilish uchun ularga qarshi chiqiladi.
Ajabo, issiqlik vaqtida vujudning boshqaruvidan ortiqcha boʻlgan qonning koʻpayishi va ifloslangan hamda baʼzi zararli moddalarni tashuvchi tomirlarda oqadigan iflos qonga yopishgan, balki vazifa boʻlgan chivin va burgalar tabiiy qon oluvchilar boʻlmasinmi?! Ehtimol...
Nafsim bilan kurashgan bir vaqtimda, nafsim oʻzida koʻrgan Allohning neʼmatini oʻz mulki deb gumon qilib, gʻaflatga, faxrlanishga, maqtanishni boshladi. Men unga, “Bu mulk seniki emas, omonat”, dedim. Shunda nafs magʻrurlik qilish va faxrlanishni tashladi, lekin dangasalikni boshladi. “Mening mulkim boʻlmagan narsaga nega qarayman? Zoyeʼ boʻlsa, menga nima?” dedi. Shunda bir pashsha qoʻlimga qoʻndi, Allohning omonati boʻlgan koʻzini, yuzini, qanotlarini goʻzal tarzda tozalashni boshladi. Bir askar davlat qurolini, kiyimini chiroyli tozalagani kabi, pashsha ham tozaladi. Nafsimga, “Qara”, dedim. Koʻrib toʻliq dars oldi. Pashsha esa, magʻrur va dangasa nafsimga ustoz va muallim boʻldi.
Pashsha axlati tibbiy jihatidan zarari yoʻq moddadir boʻlib, baʼzan shirin sharbatdir. Lekin pashsha, yegan minglab turli zararli moddalarning, mikroblarning va zaharlarning manbaʼi boʻlsada, pashshalar kichik oʻzgarish va tozalash mashinalari hisoblanishi Rabboniy hikmatdan uzoq emas, balki ishidandir. Ha, aridan boshqa pashshalarning baʼzi toifalari bor,
(Xoshiya. Ha, pashshaning kichik bir toifasini bahorning oxirida, bodom va oʻrik daraxtlarining shoxlarida, qora bir toʻp shaklida yaratilib, shoxga yopishib qoladi. Bardavom axlat oʻrniga ulardan tomchilar oqadi. Tomchilar bol kabi, boshqa pashshalar atrofiga toʻplanadi, soʻradilar. Boshqa bir toifasi esa oʻsimliklarning gullari va anjir kabi bir qism daraxtlarning changlanishida ishlatiladi. Pashsha toifasidan nurli, mumli, yorugʻlik sochuvchi yulduz qoʻngʻizi tomosha qilishga loyiq boʻlgani kabi, zarrin, oltindek porloq qismi ham eʼtiborga loyiq. Nayzali pashsha bilan, qaroqchi hisoblangan vahshiy arilarni ham unutmasligimiz kerak. Agar Xoliqi Rahmon ularning jilovini tortib turmaganida edi, bu nayzali toifalar burgalar kabi insonlarga hujum qilshanida, Namrudni oʻldirgani kabi, inson sinfini ham gʻajir edi.
oyatining ishoriy maʼnosini tafsir qilar edi. Bular kabi yuzlab nomdor xususiyatli toifalari boʻlgan pashsha jinsining katta bir eʼtibori borki, mazkur azim oyat uni mavzu qilgan.
(oyat toʻligʻicha) degan.)
turli va hidlangan moddalarni yeydi, axlat oʻrniga doim tomchi-tomchi sharbat tomizishadi. Zaharli, hidlangan moddalarni daraxtlarning barglariga yogʻadigan qudrat halvosidek shirin, shifobaxsh sharbatga aylantirib, oʻzgartirish mashinasi ekanlarini isbotlashadi. Bu kichik hayvonlarning qanchalik katta millati, toifasi borligini koʻzga koʻrsatishadi. Holat tili bilan, “Kichikligimizga qarama. Toifamizning kattaligiga qara, “Subhanalloh” degin”, deb aytishadi.
Katta eʼtibor qozongan, muhim va ilmli bir odam baʼzi domlalarni bu oyatga doir savol orqali mot qiladi. U savolga qisqacha javobdir.
Savol: “Temir yerdan chiqadi; yuqoridan tushmaydi. Lekin,
deyilmoqda? Nima uchun,
Deyilmagan. Zohiran muvofiq boʻlmagan,
deyilmoqda?”
Javob. Qurʼoni Moʻjizul Bayon,
kalimasi orqali, temirdagi aziym va juda muhim neʼmat jihatini eslatish uchun
degan. Chunki “chiqardik” deyish uchun temirning faqat oʻzini eʼtiborga olmayapti. Balki temirdagi aziym neʼmatni va inson sinfining temirga qay darajada muhtoj ekanini eslatish uchundir. Neʼmat jihati esa pastdan yuqoriga chiqmaydi, balki Allohning rahmat xazinasidan keladi. Rahmat xazinasi albatta oliy, yuqori va maʼnan yuqori martabadadir. Albatta neʼmat yuqoridan pastga keladi va muhtoj insonning martabasi pastdadir. Albatta inʼom, ehtiyojning ustidadir. Shuning uchun, neʼmatning Allohning rahmat xazinasidan insonning ehtiyojiga yordamga kelishining haqiqiy ifodasi,
boʻladi, “chiqardik”, emas. Bosqichma-bosqich chiqarishlar insonning qoʻli bilan amalga oshgani uchun, “chiqardik” kalimasi ehson jihatini insonning gʻaflat nazariga his ettirmaydi.
Ha, temirning moddasi iroda qilinsa, moddiy makon eʼtibori bilan chiqarish boʻlar edi. Lekin temirning sifati va bu yerda maqsad qilingan maʼnosi boʻlgan “neʼmat”, maʼnaviydir. Bu maʼnaviy maʼno, makonga emas, balki maʼnaviy martabaga qaraydi. Rahmonning cheksiz yuqori martabasining bir tajalliyi boʻlgan rahmat xazinasidan kelgan neʼmat, albatta eng yuqori maqomdan eng past martabaga yuboriladi. Haqiqiy ifodasi
boʻladi. Bu ifoda orqadi inson sinfiga, temirning Allohning eng katta neʼmati ekanini eslatadi. Ha, inson sinfining butun sanʼatlarining koni va taraqqiyotlarining manbaʼi va quvvatining asosi temirdir. Bu aziym neʼmatni eslatish uchun, minnatdorchilik va inʼom maqomida, kamoli hashamat bilan
(57:25) deb farmon qiladi. Hazrati Dovudga eng muhim bir moʻjiza sifatida,
farmon qiladi. Yaʼni, katta bir paygʻambarga katta bir moʻjiza va katta bir neʼmat sifatida temirni yumshatishini koʻrsatadi.
Ikkinchidan.
“Yuqori” va “past” tushunchalari nisbiydir. Ular yer sharining markaziga nisbatan belgilanadi. Hatto bizga nisbatan pastda boʻlgan bir narsa, Amerika qitʼasidagilarga nisbatan yuqorida boʻlishi mumkin. Demak, yer markazidan yer yuziga qarab chiqadigan moddalarning holati yer sathidagilarga koʻra oʻzgaradi.
Qurʼoni moʻjizul bayon oʻz iʼjoz tili bilan, temirning shu qadar koʻp manfaatlari va keng foydalari borki, u insonning uyi boʻlgan yer sharining yer osti omboridan chiqariladigan oddiy bir modda emasligi ifoda qiladi. Shuningdek, u tasodifiy ehtiyojlarda ishlatiladigan oddiy maʼdan ham emas. Balki u Koinot Xoliqi tomonidan rahmat xazinasidan va koinotning buyuk ustaxonasida tayyorlangan bir neʼmat sifatida, “Osmonlar va yerning Robbi” degan ulugʻvor unvon bilan yer aholisining ehtiyojlarini qondirish uchun “nozil qilingan”.
Temirdagi umumiy manfaatni ifodalash uchun goʻyo uning osmondan keladigan rahmat, issiqlik va nur kabi qamrovli foydalari borki, yer sharining tor omboridan emas, balki koinot ustaxonasidan yuboriladi. Koinot saroyidagi buyuk rahmat xazinasida tayyorlanib yuborilgan va yer sharining omboriga joylashtirilgan. U yerdan esa asrlar ehtiyojiga koʻra parcha-parcha chiqarib olinadi.
Qurʼoni Azimush shaʼn bu kichik ombordan boʻlak-boʻlak chiqarilgan temir haqida gapirganda, faqat uni “sarf qilish” maʼnosinigina nazarda tutmaydi. Balki oʻsha ulkan neʼmatni Buyuk Xazinadan yer shari bilan birga tushirilganini ifodalaydi. Yaʼni, yer shari uyi uchun eng zarur narsa temirdir. Xoliqi Zuljalol goʻyo yer sharini quyoshdan ajratib insonlar uchun tushirgan vaqtida, temirni ham birga nozil qilgan va inson ehtiyojlarining katta qismi u bilan taʼminlangan. Qurʼoni Hakim, “Temir bilan ishlaringizni bitiring va uni chiqarishga harakat qilib, undan foydalaning”, deb moʻjizakor tarzda amr etmoqda.
Ushbu oyatda ham dushmanlardan himoyalanishga, ham manfaatlarni qoʻlga kiritishga xizmat qiluvchi ikki neʼmat bayon etilgan. Qurʼon nozil boʻlishidan avval temir insoniyatning muhim ehtiyojlarini qondirishi maʼlum edi. Biroq kelajakda temirning gʻoyat hayratlanarli va aqlni lol qoldiradigan suratda dengizda, havoda va quruqlikda harakatlanib, yer sharini boʻysundirishi hamda oʻlim sochuvchi moʻjizaviy bir kuchni namoyish etishini bildirish uchun ف۪يهِ بَأْسٌ شَد۪يدٌ “unda katta quvvat (shiddatli kuch) bor” kalimasi bilan gʻaybdan xabar beruvchi moʻjizakor bir nur koʻrsatilgan.
Oʻtgan hikmatdan bahs yuritilganda Sulaymon alayhissalomning Hudhudi haqida soʻz ochildi. Talabchan va savol berishni xush koʻradigan bir qardoshimiz, “Hudhudning Janobi Haqni tavsiflashda يُخْرِجُ الْخَبْءَ فِي السَّمَاوَاتِ وَالْاَرْضَ U osmonlar va yerdagi yashirin narsalarni chiqaradigan Zotdir (27:25) deb, muhim maqomda va Allohning muhim sifatlari ichida nisbatan yengilroq koʻringan bu sifatni zikr qilishiga sabab nima?” deb soʻradi.
Javob. Balogʻatli kalomning fazilatlaridan biri shuki, soʻzlovchining koʻproq mashgʻul boʻlgan hunari yoki vazifasini bildiradi. Sulaymon alayhissalomning Hudhudi esa, suvi oz boʻlgan Arabiston sahrolarida yer ostidagi yashirin suv joylarini farosat bilan, karomatga yaqin bir tarzda kashf etuvchi badaviy oriflar kabi, hayvonlar va qushlarning orifi sifatida Hazrat Sulaymon alayhissalomga suv yoʻllarini topib beruvchi va suv chiqartiruvchi muborak va vazifa yuklangan qushdir.
Shu bois, u oʻz hunarining kichik oʻlchovi bilan Janobi Haqning osmonlar va yerdagi yashirin narsalarni chiqarishi orqali Uning maʼbudligi va sajda qilinishga loyiqligini isbotlaganini oʻz kasbi orqali bilib ifoda etmoqda.
Ha, Hudhud juda goʻzal koʻrgan. Chunki tuproq ostidagi son-sanoqsiz urugʻlarning, danak va maʼdanlarning tabiiy talabi pastdan yuqoriga chiqish emas. Ogʻir jismlar ixtiyorsiz va ruhsiz boʻlgani uchun oʻz-oʻzidan yuqoriga chiqa olmaydi. Balki yuqoridan oʻz-oʻzidan pastga tushishi mumkin. Pastdan, xususan tuproq ogʻirligi ostida yashiringan bir jismning, oʻzining jonsiz yelkasidagi ogʻir yukni silkitib tashlab yuqoriga chiqishi aslo oʻz-oʻzidan boʻlmaydi. Demak, u moʻjizaviy bir qudrat bilan chiqarilmoqda.