Ana va Zarra Risolasi

Badiuzzamon Said Nursiy

Koinot Tilsimini Kashf Qilgan, Qurʼoni Hakimning Muhim Tilsimini Yechgan

OʻTTIZINCHI SOʻZ

"Ana" va "Zarra"dan iborat bir "alif" bir "nuqta"dir.

Bu Soʻz Ikki Maqsaddan iborat. Birinchi Maqsad "Ana"ning mohiyat va natijasidan, Ikkinchi Maqsad "Zarra"ning harakat va vazifasidan bahs yuritadi.

BIRINCHI MAQSAD

Bu oyatning buyuk xazinasidan bitta javhariga ishora qilamiz.

Osmon, zamin, togʻlar koʻtarishdan chekingan va qoʻrqqan “Omonat”ning koʻp jihatlaridan bir donasi, bir jihati أنا – “ana”, menlikdir. Ha, menlik, Hz. Odam (A.S.) zamonidan hozirgacha insoniyat olamining atrofiga shox-shoda solgan nuroniy Tubo daraxti bilan daxshatli Zaqqum daraxtining urugʻidir. Quyida bu azim haqiqatga kirishdan avval uning tushunilishini osonlashtiradigan bir muqaddima bayon qilamiz.

Menlik – maxfiy xazinalar hisoblangan Allohning Ismlarining kaliti boʻlgani kabi, koinotning tushinilishi qiyin tilsimining ham kaliti boʻlib, tushunilishi qiyin muammo va hayrat beradigan tilsimdir.

Menlikning mohiyatining bilinishi orqali ushbu gʻarib muammo, ajib tilsim boʻlgan أنا ochiladi va koinot tilsimini va Allohning zot, sifat va Asmosini ifodalagan olamining xazinalarini ham ochadi. Bu masalaga doir "Shamma" nomli bir arabcha risolamda quyidagicha yozganman: Olamning kaliti insonning qoʻlidadir va nafsiga taqilgan. Koinot eshiklari zohiran ochiq koʻrinsada, haqiqatda yopiqdir. Janobi Haq omonat sifatida insonga أنا nomli shunday bir kalit berganki, olamning butun eshiklarini ochadi va shunday tilsimli bir أنانية (anoniyat) menlik berganki, Xalloqi Koinotning maxfiy xazinalarini u orqali kashf qiladi. Lekin أنا ning oʻzi ham juda mushkul muammo va ochilishi qiyin tilsimdir. Agar uning haqiqiy mohiyati va yaratilish siri bilinsa, oʻzi ochilgani kabi koinot ham ochiladi.

Soneʼi Hakiym insonning qoʻliga omonat sifatida Rablik sifati va muqaddas xususuiyatlarining haqiqatlarini koʻrsatadigan, tanitadigan, ishora va namunalarni jamlagan oʻlchov birligi, rububiyat sifatlarining va uluhiyat xususiyatlarining bilinishi uchun أنا ni bergan. Lekin oʻlchov birligi haqiqiy mavjud boʻlishi kerak emas. Balki andozadagi faraziy chiziqlar kabi, faraz va tasavvur bilan oʻlchov birligini tashkil qiladi. Ilm va isbotlanganidan soʻng, haqiqiy vujudi shart emas.

Savol: Nima uchun Janobi Haqning sifat va ismlarini bilish أنانية menlikka bogʻliq?

Javob: Chunki mutlaq va keng narsaning hududi va oxiri boʻlmagani uchun unga bir shakl berilmaydi va ustiga surat chizish va aniqlash uchun hukm qilinmaydi, mohiyati nima ekani tushunilmaydi. Masalan, doimiy zulmatsiz ziyo bilinmaydi va his etilmaydi. Qachon haqiqiy yoki tasavvurda bir qorongʻilik bilan xat chizilsa, oʻshandagina bilinadi. Demak, Janobi Haqning ilm va qudrati, Hakiym va Rahiym kabi sifat va ismlari, keng, hududsiz, sheriksiz boʻlgani uchun ularga hukm qilinmaydi, nima ekani bilinmaydi va his qilinmaydi. Shunday ekan haqiqiy soʻnggi va chegarasi boʻlmagani uchun, faraziy va tasavvurda bir chegara chizish kerak boʻladi. Uni esa أنانية qiladi. Oʻzida yolgʻonchi rububiyat, malikiyat, qudrat, bir ilm tasavvur qilib, chegara chizadi. U orqali keng sifatlarga hayoliy hudud qoʻyadi. "Bu yergacha meniki, undan soʻng unikidir" deb, taqsimlaydi. Oʻzidagi kichik oʻlchovlar bilan ularning mohiyatini asta-asta tushunadi. Masalan, mulk doirasida mavhum rububiyati bilan mumkinot doirasida Xoliqining rububiyatini anglaydi. Zohiriy egaligi bilan Xoliqining haqiqiy malikiyatini tushunadi. "Bu uyga sohib boʻlganim kabi, Xoliq ham bu koinotning sohibi", deydi va cheklangan ilmi bilan uning ilmini fahm qiladi. Egallagan tajribasi bilan Soneʼi Zuljalolning sanʼat yaratishini anglaydi. Masalan, "Men shu uyni qanday qilgan va tartiblagan boʻlsam, huddi shuning kabi bu dunyo uyini ham bir zot qilgan va tartiblagan", deydi va hokazo... Allohning butun sifatlari va xususiyatlarini bir daraja bildiradigan, koʻrsatadigan minglab sirli holatlar, sifat va hissiyotlar أنا “men”da joylashtirilgan.

Demak, أنا oyna-misol, oʻlchov birligi, kengayish asbobi, “harfiy maʼno” kabi maʼnosi oʻzida boʻlmagan va boshqa Zotning maʼnosini koʻrsatgan, insoniyat vujudining qalin ipidan idrokli bir sim, bashariyat mohiyatining koʻylagidan mayin bir ip va yoʻqlikka oid kitobidan bir alif hisoblanadi. Alifning "ikki yuzi" bor. Biri xayrga va vujudga qaraydi. U yuzi faqat fayzga qobil. Berganni qabul qiladi, oʻzi ijod qila olmaydi. Bu jihatda yaratuvchi emas, qoʻli ijod qilishga qisqa.

Keyingi yuzi esa yomonlikka qaraydi va yoʻqlikka ketadi. Bu yuzida u qiluvchi, amal sohibidir. Uning mohiyati “harfiy”, yaʼni boshqa zotning maʼnosini koʻrsatadi. Rububiyati hayoliydir. Vujudi shu qadar zaif va nozikki, shaxsan oʻzida hech narsaga chiday olmaydi va boʻyniga ola olmaydi. Balki ashyolarning darajalari va miqdorlarini bildirgan issiqlik harorati va havoning oʻlchanishi kabi mezonlardan bir mezon boʻlib, Vojibul Vujudning mutlaq, keng va hududsiz sifatini bildiradigan bir mezondir.

Mohiyatini shu tarzda bilgan va anglagan va unga koʻra harakat qilgan inson قَدْ اَفْلَحَ مَنْ زَكّٰيهَا (91:9) bashoratiga doxil boʻladi. Omonatni loyigʻidek ado etadi va أنا “men”ning durbini bilan koinot nima ekanini va qanday vazifa bajarishini koʻradi. Tashqi maʼlumot nafsga kelgan payti, أنا da bir tasdiqlovchi koʻradi. U ilmlar nur va hikmat boʻlib qoladi. Zulmat va gʻoyasizlikka aylanmaydi. Qachonki أنا oʻz vazifasini bu suratda ifoda qilsa, oʻlchov birligi boʻlgan mavhum rububiyatini va faraziy sohibligini tark etadi. لَهُ الْمُلْكُ وَلَهُ الْحَمْدُ وَلَهُ الْحُكْمُ وَاِلَيْهِ تُرْجَعُونَ deydi.

Haqiqiy qulligining kiyimini kiyadi. "Ahsani taqvim" maqomiga chiqadi.

Agar أنا yaratilish hikmatini unutib, tabiiy vazifasini tark etib, oʻziga ismiy maʼno bilan qarasa, yaʼni oʻzini sohib deb eʼtiqod qilsa, omonatga xiyonat qiladi, وَقَدْ خَابَ مَنْ دَسّٰيهَا (91:10) oyatiga dohil boʻladi.

Butun shirklar, yomonliklar va zalolatlarni vujudga keltirgan أنانية menlikning bu jihatidan, osmonlar, yer va togʻlar daxshatga tushgan, faraziy shirkdan qoʻrqqan. Ha, أنا men nozik bir alif, tor, faraziy bir xat hisoblanadi. Agar mohiyati bilinmasa, yashinish tuprogʻi ostida koʻkaradi, tobora qalinlashadi. Inson vujudining hamma tomoniga yoyiladi. Katta ajdarho kabi inson vujudini yutadi. Inson butun tuygʻulari bilan xuddiki أنا men boʻladi.

Soʻng sinfning menligi va jinsi va millatiga boʻlgan bogʻliqlik jihati bilan menligiga kuch berib, أنا tarafdorlarning menligiga tayanib, shayton kabi Soneʼi Zuljalolning amrlariga qarshi kurashga chiqadi. Soʻng nafsini qiyoslash orqali hammani, hatto hamma narsani oʻziga qiyos qilib, Janobi Haqning mulkini ularga va sabablarga taqsimlaydi. Juda azim shirkka tushadi. اِنَّ الشِّرْكَ لَظُلْمٌ عَظِيمٌ (31:13) maʼnosini koʻrsatadi.

Davlat molidan qirq soʻmni oʻgʻirlagan odam doʻstlarining yuz soʻmdan oʻgʻirlashini qoʻllab-quvvatlaydi. Xuddi shuning kabi, "Men oʻzimga egaman" degan odam, "Hamma narsa oʻziga sohib", deyishga va eʼtiqod qilishga majbur.

Demak, أنا men bu xoin vaziyatda ekan, mutlaq jaholatda boʻladi. Minglab fanlarni bilsada, bilmasligini bilmagan kimsaning johilligi holatidadir. Chunki tuygʻulari, fikrlari koinotning maʼrifat nurlarini keltirgan payti, nafsida uni tasdiqlaydigan, nurlantiradigan va davom ettiradigan modda topmagani uchun soʻnadi. Kelgan hamma narsa nafsidagi ranglar bilan boʻyaladi. Hikmatning oʻzi kelsa, nafsida mutlaq gʻoyasizlik suratini oladi. Chunki bu holdagi أنا ning rangi shirk va iymonsizlikdir, Allohni inkor qilishdir. Butun koinot porloq oyatlar bilan toʻlsa ham, “men”dagi qorongʻi bir nuqta ularni oʻsha qarash orqali soʻndiradi, koʻrsatmaydi.

Oʻn Birinchi Soʻzda inson mohiyati va undagi menlikning harfiy maʼno jihatida qanchalik xassos mezon, toʻgʻri miqyos va keng mundarija, mukammal xarita va qamrovli oyna, koinotda goʻzal taqvim, roʻznoma ekani oʻta qatʼiy suratda izoh etilgan. Unga murojaat etilsin. Oʻsha Soʻzdagi tafsilotga binoan qisqa qilib, muqaddimaga nihoyat berdik. Agar muqaddimani tushungan boʻlsang kel, haqiqatga kiramiz.

Qara, insoniyat olamida Hz. Odam (A.S.) zamonidan hozirga qadar ikki azim jarayon, ikki fikrlar silsilasi hamma tarafda va insoniyatning xar tabaqasida shox-shoda solgan, ikki buyuk silsila hisoblanadi.

Biri nubuvvat va diyonat silsilasi, keyingisi, falsafa va hikmat silsilasi, kelib ketayapti. Qachon bu ikki silsila birlashgan va ittihod etgan boʻlsa, yaʼni falsafa silsilasi diyonat silsilasiga qoʻshilib itoat qilib unga xizmat qilgan boʻlsa, insoniyat olamining ijtimoiy hayoti porloq saodatda erishgan. Qachon boshqa-boshqa yoʻldan ketgan boʻlsa, butun yaxshilik va nur – nubuvvat va diyonat silsilasi atrofiga toʻplangan, yomonlik va zalolatlar falsafa silsilasining atrofiga jamlangan. Biz bu ikki silsilaning ildizlarini, asoslarini topishimiz kerak.

Diyonat silsilasiga itoat qilmagan falsafa silsilasi – zaqqum daraxti suratini olib, atrofiga shirk va zalolat zulmatini tarqatadi. Hatto aql tuygʻusi shoxida insonga dahriylar, moddaparastlar, tabiatparastlar mevalarini bergan. Gʻazab tuygʻusi shoxida inson boshiga namrudlarni, firʼavnlarni, shaddodlarni solgan. Hayvoniy shahvat tuygʻusi shoxida botil ilohlarni, sanamlarni va ilohlik daʼvo qilganlarni samara bergan, yetishtirgan.

Zaqqum daraxtining ildizi bilan nubuvvat silsilasining, qullik tubo daraxti hisoblangan silsilaning yer kurrasinning bogʻida muborak shoxlari bor. Aql tuygʻusi shoxida – anbiyo va mursalin, avliyo va siddiqiyn mevalarini yetishtirgani kabi, zararli narsalarni daf qilgan tuygʻu shoxida odil sudʼyalarni, malak kabi hukmdorlar mevasini bergan. Foydali narsalarni tortgan tuygʻu shoxida axloq goʻzalligi, maʼsum surat goʻzalligi, saxovat, xotamtoylar mevasini yetishtirgan. Inson bu koinotning eng mukammal bir mevasi ekanini koʻrsatgan oʻsha daraxtning ildizi bilan birga أنا “men”ning ikki jihatida mavjud. Ikki daraxtga ildiz va manbaʼ, asosli urugʻ sifatida quyida أنا ning ikki jihatini bayon qilamiz.

أنا “men”ning bir jihatini nubuvvat tutgan, keying jihatini falsafa tutib kelmoqda.

Nubuvvat tomonidagi birinchi jihat.

Sof qullikning asosidir. Yaʼni, “men” oʻzini qul deb biladi. Boshqa birovga xizmat qiladi deb biladi.

Mohiyati harfiy, yaʼni yakka oʻzi maʼnosi yoʻq, boshqa birovning maʼnosini koʻrsatadi. Yaʼni, boshqa birovning maʼnosini tashiydi deb tushunadi.

Vujudi boshqa narsaga tobeʼ hisoblanadi. Yaʼni boshqa bir zotning vujudi bilan qoim va ijodi bilan sobitdir deb eʼtiqod qiladi.

Sohibligi faraziydir. Yaʼni, oʻz sohibining izni bilan yuzaki, vaqtinchalik egaligi bor deb biladi.

Haqiqati soyali. Yaʼni, haq va vojib bir haqiqatning jilvasini koʻtargan mumkin va miskin soyadir. Vazifasi esa oʻz Xoliqining sifat va xususiyatlarga miqyos va mezon boʻlib, idrokli xizmatdir.

Anbiyolar va ularning silsilasidagi asfiyo va avliyolar أنا “men”ga quyidagi jihat bilan qaraganlar, shunday koʻrganlar, haqiqatni anglaganlar. Butun mulkni Malikul Mulkka taslim qilishgan va xulosa chiqarishgan.

Maliki Zuljalolning na mulkida, na rububiyatida, na uluhiyatida sherik va oʻxshashi yoʻq. Yordamchi va vazirga muhtoj emas, hamma narsaning kaliti uning qoʻlidadir, hamma narsaga Qodiyri Mutlaqdir. Sabablar zohiriy bir pardadir, tabiat Allohning yaratilishga oʻrnatgan va butun borliqlar unga tobeʼ boʻlgan qonun-qoidalarining majmuasi va qudratining jadvalidir.

Bu porloq nuroniy goʻzal yuz tirik va maʼnoli urugʻ hisoblanadi. Xoliqi Zuljalol qullik tubo daraxtini undan yaratgan boʻlib, uning muborak shoxlari insoniyat olamining hamma tomonini nuroniy mevalar bilan bezagan. Oʻtgan zamonidagi butun zulmatlarni tarqatib, uzun moziy, falsafa koʻrgani kabi katta mozor, yoʻqlik emasligini, balki istiqbolga va abadiy saodatga hatlash uchun oʻlgan ruhlarga nurlanish joyi, turli zinapoyali nurli meʼroj, ogʻir yuklarini tashlagan, ozod boʻlgan va dunyodan koʻchib ketgan ruhlarning nuroniy makoni va boʻstoni ekanini koʻrsatadi.

Ikkinchi jihat. Falsafa tutgan jihat.

Falsafa أنا “men”ga ismiy maʼno bilan qaraydi. Yaʼni oʻz oʻziga dalolat qiladi deb aytadi. Maʼnosi oʻzida, oʻzi uchun ishlaydi deb hukm qiladi.

Asliy vujudini, zotiy deb qabul qialdi. Yaʼni zotida shaxsan vujudi bor, deb aytadi. Yashash haqqi bor, qoʻli yetgan doirada haqiqiy sohib degan botil aqidadadir. Uni sobit haqiqat deb tushundai. Vazifasini, oʻzini sevganidan kelib chiqqan rivojlanish deb biladi va hokazo... Yoʻlini koʻp buzuq asoslarga bino qilgan. Asoslar esa naqadar asossiz va chirikligini boshqa risolalarimizda, xususan Soʻzlarda, boxusus Oʻn Ikkinchi va Yigirma Beshinchi Soʻzlarda qatʼiy isbotlaganmiz. Xatto falsafa silsilasining eng mukammal aʼzolari va silsila dohiylari boʻlgan Aflotun va Aristotel, Ibn Sino va Farobiy kabi odamlar, "Insoniyatning eng yuksak gʻoyasi – Hudoga oʻxshash”, deyishgan. Yaʼni Vojib-ul Vujudga oʻxshash, deb firʼavnlarcha xulosa chiqarib, “menlik”ni qamchilab shirk daralarida erkin yugurtirib sababparast, sanamparast, tabiatparast, yulduzparast kabi koʻp shirk toifalariga maydon ochishgan. Insoniyatning asosida joylashtirilgan ojizlik va zaiflik, faqirlik va ehtiyoj, kamchilik va nuqson eshiklarini yopib, qullikning yoʻlini toʻsishgan. Tabiatga botib, shirkdan toʻliq chiqa olmasdan, shukrning keng eshigini topa olishmagan.

Nubuvvat esa, insoniyatning gʻoya va maqsadi, insonlik vazifasi Ilohiy axloq va goʻzal xislatlar bilan axloqlanish bilan birga, ojizligini bilib Allohning qudratiga iltijo qilib, zaifligini koʻrib Uning quvvatiga tayanish, faqirligini koʻrib Allohning rahmatiga suyanish, ehtiyojini koʻrib Janobi Haqning boyliklaridan madad tilash, kamchiligini koʻrib Janobi Haqning afviga istigʻfor aytish, noqisligini koʻrib Ilohiy mukammallikka tasbehxon boʻlish deb, qulik qilib hukm qilganlar.

Diyonatga itoat qilmagan falsafaning yoʻlni yoʻqotgani sabab, tizginini أنا “men” qoʻliga olgan, zalolatning xar turiga kirgan. Bu jihatdagi أنا ning boshida bir zaqqum daraxti unib, insoniyat olamining yarmidan ortigʻini qoplagan.

Oʻsha daraxtning hayvoniy shahvat tuygʻusi shoxida insonning eʼtiboriga havola qilgan mevalari – sanamlar va botil ilohlardir. Chunki falsafaning asosida “kuch” yotadi. Hatto "Al hukmu lil gʻolib" dasturi bor. "Gʻalaba qilgan kimsada kuch bor. Quvvatda haq bor", deydi. Zulmni maʼnan olqishlagan, natijada zolimlarni jasoratlantirgan va jabborlarni ilohlik daʼvosiga chorlagan. Yaratilishdagi goʻzallikni va naqshdagi husnni yaratilganniki va naqshniki, Soneʼ va Naqqoshdan boshqa deb, muqaddas jamolining jilvasiga nisbat qilmay, "Qanday goʻzal yaratilgan" deyish oʻrniga "Qanday ham goʻzal", deydi. Mahliyo boʻlishga loyiq sanamga aylanatiradi. Hammaga sotilgan soxta, xudbin, koʻz-koʻz qilinadigan, riyokor husnni yoqtirgani uchun riyokorlarni olqishlagan, sanamga oʻxshagan narsalarni oʻz qullariga ibodat qilinadigan narsa qilgan.

Gʻazab tuygʻusi shoxida bechora basharning boshida kichik-katta Namrudlar, Firʼavnlar, Shaddodlar mevalarini yetishtirgan. Aql tuygʻusi shoxida insoniyat olamining miyasiga dahriylar, moddaparastlar, tabiatparastlar kabi mevalarni bergan, insonning miyasini ming boʻlakka boʻlgan.

Endi bu haqiqatni oydinlatish uchun falsafa yoʻlining buzuq asoslaridan kelib chiqqan natijalari bilan, nubuvvat silsilasining sodiq asoslaridan tavallud etgan natijalarining minglab qiyoslaridan namuna sifatida uch-toʻrt misol zikr qilamiz.